«O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»


Download 0.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/161
Sana29.12.2021
Hajmi0.98 Mb.
#183323
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   161
Bog'liq
10 sinf ona tili darslik

98-mashq.
  Berilgan gaplardagi kiritmalarda ifodalangan qo‘shim 
 
-
cha ma’lumot va izohlarning badiiy-mantiqiy  
qimmatini 
izohlang.
1. Hovli tomonda qo‘y ma’raydi (Valijonning to‘yiga atab boqilayotgan 
qo‘y).  (O‘. Hoshimov) 2. Qizining o‘g‘irlanishi (aynan o‘g‘irlanganiga 
Asadbek shubha qilmaydi) ana shu yomg‘irdan nishon edi. (Tohir Malik) 
3. Ertalab muzlatgichni (uning birdan bir boyligi) ochib, nonushtaga 


85
arzigulik hech vaqo yo‘qligini ko‘rib, ta’bi xira bo‘ldi. (Zulfiya Quroboy 
qizi)  4. Jarohat o‘rniga qov (kuydirilgan paxta) qo‘ydi. (G‘afur G‘ulom) 
5. Nihoyat, jo‘jalar tuxumlarni yorib chi 
qibdi, voy, biram nozik, biram 
chiroyli ekanlarki, ota-onalari sevinib, bedazorni boshlariga ko‘tarib sayrab 
yuborishibdi.  (X. To‘xtaboyev) 6. Otaqo‘zi darvozadan kirib keldi-yu, 
to‘g‘ri quduqqa o‘tib, salkam bir paqir (Oliya buni o‘z ko‘zi  
bilan 
ko‘rdi!), salkam bir paqir suv ichdi. (O. Yoqubov) 7. Bir kuni (Birinchi 
kursda o‘qir edik) Muzaffar odatdagidek baqaterak tagida xayrlashib ketdi. 
(O‘. Hoshimov) 8. Oyim bir nima deyayotgan bo‘lsa kerak (Uning ovozi 
eshitilmas edi), Sulaymon Akramovich bir necha daqiqa sukut qildi. 
(O. Yoqubov) 
99-mashq.
  Kirish va kiritmalarni subyektiv munosabat yoki qo‘shimcha 
ma’lumot ifodalashiga ko‘ra farqlang. 
1. Bir kuni kirsa (Endi kelin bo‘lib tushgan paytlari edi), yana muk 
tushib o‘tiribdi. 2. Erining jahli tez chiqi 
shini yaxshi bilgan (Xudo biladi, 
hozir ham xayoliga nimalar keldi!) Gulbahor cho‘zib o‘tirmadi. 3. Unda 
nega og‘iz solishma 
yapti? To‘xta, to‘xta... kuni kecha uylanish haqida 
(hazillashib, albatta) gap ochganida... Yo‘q, hech narsa demadi, xuddi 
qiz lardek uyalib ketdi. 4. Guzarda ham uni ko‘rmagach (Yo‘lida uchragan 
uch-to‘rtta odamdan so‘rashga iymandi), birdan qaror qabul qildi – 
opalarinikiga o‘tadi! 5. Chaqirilganlar (Hozircha ular ko‘p emasdi) yig‘ilib 
bo‘lgunga qadar Sanam odatiga ko‘ra tashabbusni o‘z qo‘liga oldi. 6. Sal 
o‘ziga kelgan Nodira oqsoch amakining ustidan kulgan bo‘lib (G‘alati 
odam ekan, ammo  uning o‘rnida boshqa bo‘lganida ham shunday o‘ylashi 
tabiiy edi!), taqdirga tan berish, hammasi joy-joyida qolishi kerakligini 
aytdi. 7. Oldinda nimalar kutayotganini (Hali qaynona-qaynotasi qanday 
qabul qiladi!) bilmay turib, bolalaring och-yupun bo‘lib turganda, uzatilgan 
qo‘lni siltab tashlash aqldanmi? 8. Paytdan foydalangan Yashar masjidni 
tomosha qila boshladi. Naqadar mahobatli! Lekin (uzoqdan bilinmagandi) 
ancha ta’mirtalab bo‘lib qolibdi, ayrim joylarida suvoqlari ko‘chib tushgan. 
(G‘ulom Karimiy)
A. Hojiyevning «O‘zbek tili sinonimlarining izohli lug‘ati»dan 
olingan 

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling