2-topshiriq.
O‘zbekcha kurash bilan bog‘liq atamalarga diqqat qiling.
Dunyo tillariga kirib ulgurgan o‘zbek kurashi terminlari
(masalan, yonbosh, halol kabi)ni sanang.
Polvonlarda kurash hadislarining o‘z nomi bor, hammasini esa «chil»
deyishadi. Chilni ko‘p biladigan polvonni «ilmi ko‘p, amali ko‘p» deb
ham atashadi. Chillarning ba’zi birlari tojikcha, ba’zi birlari o‘zbekcha.
Masalan, «pushburdor» degan chil bor, bu – yelkadan oshirib otish usuli.
«Morpech» chili – raqibining oyog‘ini o‘z oyog‘ing bilan ilondek chirmab
olib, burab yiqitish. O‘zbekcha chillardan, «tuya chil» – mayda-chuyda
harakat qilib o‘tirmay, raqibini to‘g‘ridan to‘g‘ri oyoq qo‘yib ag‘darish
usuli. Chilning «ildirish», «qoqma», «siltov», «yotib otar», «cho‘nqaytma»
degan usullari ham bor. (Sh. Xolmirzayev)
Do'stlaringiz bilan baham: |