70-mashq.
Inkorning
na.., na
yordamchisi bilan ifodalanishidagi o‘ziga
xosliklarni izohlang.
1. Kel-e! Qaylarda yuribsan? Odamni sog‘intirib yubording-ku! Uka
degan ham shunday bo‘ladimi? Uch oydan beri na xat, na xabar! (Ahmad
A’zam) 2. Karim egilib boshmog‘ining bog‘ichini bo‘shatdi, lekin yechmay,
shundoq eshikka taqalgan karavotga o‘tirib oldi. Na Karimdan gap chiqdi,
na Mohbibidan. (Ahmad A’zam)
3. Mayli, unga bitmasam, mayli,
Na bir g‘azal, na bir musaddas,
Uning o‘zi she’rdan muqaddas. (E. Vohidov)
4. Seni bir zum tutmoqqa endi
Na haqqim bor, na huquqim bor. (E. Vohidov)
63
5. Sen na zardusht, sen na buddiy,
Senga na otash, na sanam,
Odamiylik dini birla
Toza imon, o‘zbegim. (E. Vohidov)
Do'stlaringiz bilan baham: |