Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi


Download 13.78 Kb.
Sana22.02.2023
Hajmi13.78 Kb.
#1219657
Bog'liq
Документ Microsoft Word


Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi — Oʻzbekiston Respublikasida chiqarilgan 14 jildli universal milliy ensiklopediya. Ensiklopediya kirill yozuvida yozilgan. OʻzME Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti tomonidan nashr etilgan. OʻzME dagi aksar maqolalar Sovet davrida chop etilgan 14 jildli Oʻzbek sovet ensiklopediyasidan olingan.
Ensiklopediyaning barcha 12 jildi 2000—2006-yillarda nashr qilingan. OʻzMEda Oʻzbekiston Respublikasi haqidagi materiallar bilan birgalikda umumbashariy maʼlumotlar ham berilgan. OʻzMEning 1-11-jildlarida umumiy hajmi 1600 nashriyot-hisob tabogʻini tashkil etgan qaryib 50 ming maqola berilgan. OʻzME har bir jildida 800-1200 atrofida rangli va oq-qora suratlar, xaritalar oʻrin olgan. Ensiklopediyani tayyorlashda besh mingga yaqin muallif va taqrizchilar qatnashgan. OʻzMEning 12-jildi maqolalari faqat Oʻzbekistonga tegishlidir.
Download 13.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling