O‘zbekiston milliy taraqqiyoti yangi bosqichining asosi. Reja


Download 269.43 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/9
Sana05.01.2022
Hajmi269.43 Kb.
#212212
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-MAVZU MARUZA MATNI

Abu Nasr Forobiy 

 



rivojlan-  ish  qonuniyatlariga  asoslanadi.  U  yuksak  madaniyatga  asoslangan 

taraqqiyotning oliy shakli, demokratik jamiyat asoslarini faol barpo etishga imkon 

beruvchi,  Konstitutsiya  va  qonun  ustunligi,  umuminsoniy  qadriyatlar,  inson 

huquqlari to‘la ta’minlangan o‘ziga xos ochiq ijtimoiy jamiyatdir. 

Fuqarolik  jamiyatini  insonlarning  o‘zaro  totuv  va  hamjihatlikda  yashashlari 

ularning o‘z ongi va erki bilan yuzaga keladi.  

Fuqarolik  jamiyatini  shakllantirishga  xizmat  qiluvchi  omillar  ko‘p  bo‘lib, 

bularga: 

–  erkin  iqtisodiy  faoliyatni  kafolatlovchi  bozor  xo‘jalik  tizimi, 

tadbirkorlikning  rivojlanishi,  turli  mulk  shakllarining  mavjudligi  hamda  ularning 

jamiyat uchun foyda keltirishi; 

– insonning erkin yashashi uchun zaruriy muhit, ya’ni ijtimoiy himoyaning 

kafo- latlanganligi, sog‘lom turmush tarzi; 

– inson huquq va erkinliklarining ta’minlanganligi; 

–  o‘zini-o‘zi  boshqarish  institutlarining  mavjudligi,  tashabbus  erkinligi  va 

boshqa shu kabilar. 

Fuqarolik jamiyatining asosiy belgilari mavjud bo‘lib ular quyidagilardir: 

- erkin individlar uyushmasi; 

- o‘zaro hamkorlikka asoslangan ijtimoiy tuzilma

- murakkab tuzilishga ega bo‘lgan plyuratilstik tizim; 

- o‘zini o‘zi rivojlantiradigan va o‘zini o‘zi boshqaradigan tizim. 

Fuqarolik jamiyatining eng muhim omillari: 

1)iqtisodiy erkinlik, mulk shakllarining rang-barangligi, bozor munosabatlari; 

2)inson va fuqaroning tabiiy huquqlarini so‘zsiz e’tirof etish va himoya qilish

3)hokimiyatning qonuniyligi va demokratik xususiyati

4)qonun va odil sud oldida hammaning tengligi, har bir shaxsning yuridik jihatdan 

ishonchli himoyalanganligi; 

5)hokimiyatning  uchga  bo‘linishi  va  hokimiyatlarning  o‘zaro  aloqasi  printsipiga 

asoslangan huquqiy davlat; 

6)siyosiy va mafkuraviy plyuralizm, konstruktiv muxolifatning mavjudligi; 

7)so‘z va matbuot erkinligi, ommaviy axborot vositalarining mustaqilligi; 

8)fuqarolarning  shaxsiy  hayotiga  davlatning  aralashmasligi,  ularning  o‘zaro 

majburiyatlari va burchlari

9) sinfiy va milliy totuvlik, ijtimoiy sherikchilik; 

10)  odamlarning  munosib  turmush  darajasini  ta’minlovchi  samarali  ijtimoiy 

siyosat. 

 


Download 269.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling