O’zbekiston milliy universiteti fakulteti
Download 0.76 Mb. Pdf ko'rish
|
3-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tekstura quyidagi belgilar bilan aniqlanadi
Struktura quyidagi belgilar bilan aniqlanadi: 1. Kristallanish darajasi. 2. Tarkibidagi minerallarning absolyut (mutloq) o‘lchami. 3. Tarkibiy qismining nisbiy o‘lchami. 4. Tarkibiy qismining shakli va ularning bir-birlari bilan munosabati. Tekstura quyidagi belgilar bilan aniqlanadi: 1. Tarkibiy qismining fazoda joylanishi. 2. Jins massasining (xajmining) fazoni to‘ldirish usuli. Strukturalarning bo‘linish tartiblari a). Kristallanish darajasi asosida bo‘linishi. Magmatik jinslar kristallardan, vulkanik shishadan yoki ham kristallardan ham vulkanik shishadan tashkil topgan bo‘lishi mumkin. Ko‘pchilik vulkanik jinslarda juda mayda kristallar uchraydi, ularni mikroskop orqali ko‘rish mumkin. Bunday ko‘rinishdagi minerallarni mikrolitlar deb atashadilar. Mikrolitlardan ham kichigini kristallitlar deyishadi (kristall o‘simtalari - 0,005 mmga yaqin). Vulkanik shisha magmatik eritmaning tez sovushidan hosil bo‘ladi va u metastabil holatda turadi va vaqt o‘tishi bilan u kristallanishi mumkin (devitrifikatsiyaga uchraydi). SHunday qilib kristallanish darajasiga ko‘ra magmatik jinslar to‘liq kristallangan, vulkanik shishasi va mikrolitlari bo‘lmagan va to‘liq kristallanmagan strukturalarga bo‘linadi. To‘liq kristallanmagan strukturalar uch guruhga ajratiladi: 1) mikrolitli, 2) kriptokristalli- - kristall o‘simtalaridan (felzitli, sferolitli - 0,005 mm), 3) shishali yoki gialinli (vitrofirli). b). Strukturalarni tarkibiy qismining absolyut (mutloq) o‘lchami asosida bo‘linishi: 1) gigant donali (2 sm dan katta) va yirik donali (2 sm - 5 mm); 2) o‘rta donali. Donalari 1 mmdan katta. Ko‘pchilik intruziv jinslar uchun xarakterli struktura; 3) mayda donali struktura - 1 mmdan kichik, lekin oddiy ko‘z bilan mineral donalarini ko‘rish mumkin; 4) afanitli, tashqi ko‘rinishidan donalarini ko‘rish qiyin, lekin mikroskop tagida kristallarini ajrata olinadi. Bunday struktura bazalt va andezitlar va boshqa vulkanik jinslar uchun xarakterli hisoblanadi. v). Strukturalarni tarkibiy qismining nisbiy o‘lchamiga qarab bo‘linishi: 1) donalar o‘lchami teng bo‘lgan struktura; 2) donalar o‘lchami teng bo‘lmagan struktura. Bulardan eng tarqalgani porfirsimon va porfirli strukturalar hisoblanadi. Porfirsimon strukturada to‘liq kristallangan asosiy massasida porfirsimon minerallar borligi bilan ajralib turadi. Porfirli strukturalar porfirsimon strukturalardan asosiy massasining to‘liq kristallanmaganligi bilan farqlanadi. Bunda porfirli ajralmalar shishasimon, kriptokristall va mikrolitli asosiy massasi ichida ajralib turadi. Porfirli struktura bazalt, riolit va boshqa vulkanik jinslar uchun xarakterli. To‘liq kristallanmagan strukturalarda porfirli ajralmalari bo‘lmasa bunday strukturalarni afirli struktura deyiladi. g). Strukturalarning tarkibiy qismining shakli va ularning bir-birlari bilan munosabati asosida bo‘linishi. Bu belgi tog‘ jinslarni strukturalarini aniqlashda asosiy omillardan hisoblanadi. Minerallar o‘zlarining qirralarining mukammallik darajasi bilan ajraladi. Kristallografik ko‘rinishi yaxshi rivojlangan minerallarni idiomorfli deb yuritishadi. +isman rivojlanganlarini - gipidiomorfli, va kristallarini shakli boshqa dastlabki mineral shakliga bog‘liq bo‘lsa, ya’ni o‘ziga hos shakl bo‘lmasa, bunday minerallarni ksenomorf yoki allotriOmorfli deyiladi. Tog‘ jinslardagi minerallarning shakli va uning idiomorflik darajasi ularning eritmadan ajralib chiqishini ketma-ketligi, kristallanish qobiliyati va eritmaning fizik- ximik hossalariga bog‘liq. Magmatik jinslarning teksturalari a). Bir xillik tekstura. Bu teksturada jinsning hamma yo‘nalishi bo‘yicha mineral tarkibi va strukturasi bir xil. b). Taksitli yoki turli xil tekstura. Jinsning har bir qismida uning strukturasi va mineral tarkibi o‘zgarib turadi. v). SHarsimon tekstura. Jinsda minerallar ma’lum bir markaz atrofida konsentrik holda joylashgan bo‘ladi, natijada sharsimon yoki ellipsoidli teksturaga ega bo‘lgan jinslar hosil bo‘ladi. g). Yo‘l-yo‘l (polosataya tekstura) - jinsda har-xil tarkibdagi minerallar yo‘lyo‘l bo‘lib joylashgan bo‘ladi. d). Direktiv tekstruktura - minerallari ma’lum yo‘nalish bo‘yicha joylashgan bo‘ladi. Bunday teksturalar intruziv va effuziv jinslarda uchraydi. Traxitli tekstruktura ham shunga yaqin. e). Flyuidal tekstura. Bu atama to‘liq kristallanmagan jinslar uchun ishlatiladi va boshqa teksturalar. Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling