O’zbekiston milliy universiteti fakulteti


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana15.01.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1093775
  1   2   3   4
Bog'liq
3-mavzu



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI
O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI 
________________________________ FAKULTETI 
________________________________ YO’NALISHI 
________________________________ FANIDAN 
 
 
 
 
 
 
AMALIY ISH 
Mavzu:  Magmatik tog’ jinslari tasnifi 
 
 
 
 
 
 
 
 
Bajardi: _______________________ 
Qabul qildi: _____________________ 
 
 
TOSHKENT-2022 


Reja: 
1. Magmatik tog jinslari haqida tushuncha 
2. Strukturalarning bo‘linish tartiblari 
3. Magmatik jinslarning teksturalari 
4. Tog‘ jinslardagi minerallarning shakli 
Foydalanilgan adabiyotlar 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 
Magmatik tog jinslari haqida tushuncha 
Magmatik togʻ jinslarining strukturasi magmaning tarkibi va uning sovish 
sharoitlariga bogʻliq. Otqindi, tomir va effuziv jinslarda ular turlicha boʻladi. Otqindi 
jinslar uchun toʻliq kristalli strukturalar xos boʻlib, unda jinslarning barcha moddalari 
qayta kristallanadi. Magma tarkibida uchuvchi komponentlarning boʻlishi kristallanish 
temperaturasini pasaytiradi va magmaning qayishqokligini kamaytiradi, bular esa 
kristallizatsiya jarayonini toʻliq boʻlishiga sabab boʻladi. Shuning uchun, nordon 
magmaning chuqur sharoitda, uchuvchi komponentlarni saqlagan holda sekin sovishi 
toʻliq kristallangan donador jinslar (masalan, granit) hosil boʻlishiga olib keladi. 
Idiomorfizmning turli darajadagi jins hosil qiluvchi minerallar yigʻindisi boʻlgan 
strukturalar — gipidiomorf donadorli (granit, sienit va dioritlar) deyiladi. Eritmadan bir 
vaqtning oʻzida dala shpati va kvarsning ajralishi pegmatitsimon yoki grafitsimon 
strukturalarning paydo boʻlishiga sabab boʻladi. Kristallarning nisbiy oʻlchamiga qarab, 
tekis donador va notekis donador boʻladi. Notekis donadorlari porfirli va porfir koʻrinishli 
boʻladi. Porfir koʻrinishli strukturalarda togʻ jinsining massasi mayda va oʻrta donali 
boʻlib, alohida minerallarning yirik porfirli boʻlakchalaridan tashkil topadi. 
Otqindi jinslardagi teksturalar orasida eng avvalo massivli yoki bir jinsli 
teksturalar boʻlib, ularda barcha minerallar jins boʻylab bir tekisda tarqalgan va hamma 
maydonlarda taxminan bir xil tarkib va strukturaga ega boʻladi. Har xil jinsli taksitli 
teksturalar ham keng tarqalgan. Yoʻl-yoʻl va flyuidal teksturalar minerallarning 
oriyentirli joylashuvi bilan kristallanayotgan magmaning harakatlari vaqtida vujudga 
keladi. Tomirli va effuziv togʻ jinslariga porfirli struktura xos boʻlib, u magmaning 
sovishi va uchuvchi komponentlarning yoʻqolishiga bogʻliq boʻlgan tez kristallanishini 
ifodalaydi. Baʼzan bu struktura otqindi jinslarning chekka qismlarida kuzatiladi, ular tog 
jinslarining asosini tashkil qiluvchi zich (afanitli) massasida minerallarning yirik xol-xol 
ajratmalari borligi bilan bogʻliq. Xol-xolligi boʻlmagan effuziv jinslarning strukturalari 
afanitli deb ataladi. Asosiy massaning strukturalari orasida shisha va kris. tallar 
(mikrolitlar) nisbatiga qarab shishali yoki vitrofirli, yarim kristalli va mikrolitli 


strukturalar fark, qilinadi. Effuziv jinslarning kristallanish darajasi magmaning tarkibi va 
uning kristallanish geologik sharoitiga bogʻliq. Yer yuzasida lavaning sovishi va 
uchuvchi komponentlarning yoʻqolishi birgalikda tez sodir boʻladi. Nordon va oʻrtacha 
lavalar (liparitli, andezitli) yarim kristallangan va asosiy massalarida ingichka (mm ning 
oʻndan va yuzdan bir kismi) mikrolitlar boʻlgan shishasimon jinslar (obsidian, pemza) 
hosil qiladi. Asosiy va suyuqroq lavalar yer yuzasida yarim kristallangan jinslar 
koʻrinishida soviydi. Effuziv jinslarning teksturalari orasida: massivli, flyuidal, yoʻl-yoʻl 
flyuidallilar boʻlib, ular turli rangdagi vulkanik shisha, xol-xollilik va mikrolitlar parallel 
chiziqchali joylashuvi bilan bogʻliq boʻladi. Lavadagi gazli pufakchalarning miqdoriga 
qarab gʻovakli, pufakchali va pemzali teksturalar farq qiladi. Boʻshliqlar ikkilamchi 
minerallar (kvars, opal, seolit, karbonatlar va boshqalar) bilan toʻldirilganda bodomtoshli 
teksturalar hosil boʻladi. 
Metamorfik togʻ jinslarining struktura va teksturasi birlamchi choʻkindi va 
magmatik togʻ jinslarining qattiq holatda katta chuqurlikda litostatik bosim taʼsiri ostida, 
temperaturalar va eritmalar (flyuidlar) taʼsirida koʻpincha deformatsiya vaziyatida qayta 
kristallanishi mobaynida mineral donalarining maʼlum yoʻnalishda yotishi, gneysli va 
slanetsli teksturalarga qonuniyatli tarzda olib keladi. Metamorfik togʻ jinslari strukturalari 
qattiq yoki egiluvchan muhitda minerallarning oʻsishi natijasida paydo boʻlsa, kristall 
oblastli deyiladi. Tekis donali va notekis donali strukturalar boʻlib, ular mayda donali 
jinslar massasi orasida minerallarning yirik kristallari koʻpligi bilan tavsiflanadi. Mineral 
donalarining shakliga qarab metamorfik jinslar orasida granoblastli yoki donali 
(kvarsitlar, marmarlar), lepidogranooblastli yoki bargsimon shaklga ega boʻlgan mineral 
donalaridan tarkib topgan (slyudali slanetslar, fillitlar) bargli, lepidogranoblastli yoki 
dona barglilar farq qilinadi. Agar metamorfik togʻ jinslari boshlangʻich strukturasining 
relikti saklangan boʻlsa, strukturaning nomi birlamchi struktura nomiga blast soʻzi 
qoʻshilib (blastporfirli, blastpeammitli va b.) aytiladi. Metamorfik togʻ jinslari dastlabki 
jinslar teksturasining relikti ham saklanib qolishi mumkin. 

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling