O’zbekiston milliy universiteti fakulteti


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana15.01.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1093775
1   2   3   4
Bog'liq
3-mavzu

Cho’kindi tog’ jinslari 


Choʻkindi togʻ jinslarining tuzilishi bilan genezisi orasidagi aloqa otqindi 
jinslarnikiga qaraganda yanada yaqqolroq koʻrinadi. Chaqiq togʻ jinslari donalarining 
oʻzaro joylashishi bilan aniqlanadigan teksturasi 3 xil asosiy tipda; tartibsiz, qatlamli va 
flyuidalli boʻladi. Chaqiq toshlar sementlangan (kvars, opal, kaltsit) yoki oʻzaro 
bogʻlanmagan boʻlishi mumkin. Organogen togʻ jinslarining tuzilishi, ayniqsa, keng 
tarqalgan karbonat jinslar (ohaktosh, dolomit) da xilmaxil boʻladi. Bu jinslar tarkib 
topgan organik qoldiqlar yaxshi saqlanganda, struktura butkul shu organizmlarning 
tavsifi bilan aniqlanadi: bu strukturalar biomorfli va yaxlit chigʻanokli deb ataladi. Biogen 
jinslar uchun qayta kristallanish va metasomatizm strukturalari xos. Xemogen togʻ 
jinslarining tuzilishi turli oʻlchamdagi kristall donalarining oʻsishi bilan tavsiflanadi. 
Xemogen togʻ jinslarining teksturasi orasida oolitli, massivli va qatlamlilari koʻp 
tarqalgan. 
Magmatik tog‘ jinslarni aniqlashda ximyoviy va mineralogik tarkibi bilan bir 
qatorda uning muhim diagnostik va tasnifiy belgilari sifatida jismlarning strukturalari va 
teksturalari hisoblanadi. SHuning bilan bir qatorda struktura va teksturaga qarab ularning 
genezisi va shakllanishidagi termodinamik sharoiti to‘g‘risida fikr yuritish mumkin. 
To‘liq kristallanmagan va shishali jinslar magmaning tez sovushi natijasida shakllanadi 
yani uning Er ustiga oqib chiqishida yoki bo‘lmasa magmatik jismning sovuq yon tog‘ 
jinslar kontakti yonida hosil bo‘lishida yuzaga keladi. To‘liq kristallangan jinslar abissal 
va gipabissal sharoitda magmaning sekin sovushidan hosil bo‘ladi.
Struktura (ichki tuzilishi) va tekstura (tashqi tuzilishi) magmaning ximyoviy 
tarkibiga ham bog‘liq. Undan tashqari uchuvchi elementlarning ham ta’siri katta.
Petrografik adabiyotlarda ikkita atama ishlatiladi: struktura va tekstura.

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling