Oʻzbekiston Milliy Universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti Milliy gʻoya, maʼnaviyat asoslari va huquq taʼlimi yoʻnalishi 1- bosqich talabasi Bahodirova Sevinchning Milliy gʻoya va etnomadaniy qadriyatlar fanidan Mustaqil ishi Mavzu
Mavzu boʻyicha adabiyotlar tahlili-
Download 21 Kb.
|
Milliy gʻoya va etnomadaniy qadriyatlar 2023 (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzuning predmeti
- Oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzlik va mustaqil davlatchilik timsolidir
Mavzu boʻyicha adabiyotlar tahlili-Oʻzbek tilshunosligida tilning ijtimoiy tabiati, jamiyatning tilga taʼsiri masalasiga oʻtgan asrning 80 yillarida “Tilshunoslikka kirish” qoʻllanmasida alohida toʻxtalgan boʻlsa ham til va jamiyat muammolari ancha avvalroq tilga olina boshlangan. Fitrat, Elbek, Botu singari jadidlarning asarlarida ozmi-koʻpmi shunga oid qaydlar bor. M.Mirtojiyev va N.Mahmudovning “Til va madaniyat” risolasida ham tilning ijtimoiyligi, davlat tili va til siyosati haqida soʻz ketgan oʻrinlar mavjud. Mutaxassislar S.Moʻminovning “Oʻzbek muloqot nutqining ijtimoiy-lisoniy xususiyatlari” nomli doktorlik dissertatsiyasini sotsiolingvistik aspektdagi ilk ish sifatida qayd etadi. Keyingi yillarda bu boradagi tadqiqotlar koʻlami ancha kengaydi.Hozirgi kunda ozbek tilshunosligini rivojlantirish, Ozbek tilini yangicha metodlar asosida har tomonlama oʼrganish otgan asrning 50-yillaridan boshlab fanga kirib kelgan Sh.Shoabdurahmonov, G.Abdurahmonov, M.Asqarova, A. Hojiev, A.Rustamov, A.M.Shcherbak, E.Fozilov, Sh.Rahmatullaev, M.Mirtojiev, M.Sodiqova, E. Begmatov, Q.Mahmudov, A.Nurmonov, H.Nematov va boshqalar tilshunoslar tomonidan amalga oshirilmoqda. Shuningdek, Germaniya, AQSh, Yaponiya, Janubiy Koreya va boshqalar mamlakatlarda ham Ozbek tilini oʼrganishga katta etibor berilmoqda.
Mavzuning predmeti . Har bir mavzuning predmeti boʻlgani kabi bu mavzuning ham predmeti bor. Bular : xalq,millat, jamiyat,davlat,til va boshqalar. Mavzuning obyekti. Bu mavzuning obyekti quyidagilar: tilning birlashtiruvchi kuchi, dunyo tillariga va u tilda soʻzlashuvchilarni hurmat qilish,til xususida qabul qilingan qonunlar va amalda oshirilgan ishlardir. ______________________________________________ 1.Ўзбекистон миллий энциклопедияси Ў ҳарфи. –Т.: “Ўзбекистон миллий энциклопедияси” Давлат илмий нашриёти, 200. -Б.10-12 Oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzlik va mustaqil davlatchilik timsolidir oʻzbek tili bugungi kungacha koʻp ming yillik tarixiy taraqqiyot yoʻlini mardonavor bosib kelmoqda. Oʻrxun-Enasoy yodgorliklaridagi bitiklardan tortib hozirgi davrgacha yaratib kelinayotgan ilmiy, adabiy, maʼnaviy-maʼrifiy manbalar oʻzbek tilining shakllanish va rivojlanish tendensiyalari, adabiy ifodasi, maʼno qatlamlari, lugʻat tarkibi toʻgʻrisida atroflicha va asosli maʼlumotlar bera oladi.Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari dadil odimlayotgan mamlakatimizda ona tilimiz ravnaqiga ham alohida eʼtibor qaratildi, yuksak ehtirom koʻrsatildi. “Davlat tili haqida“gi qonunning 30 yilligi tantanasi arafasida xalqimizning jon kabi aziz va bebaho qadriyati – oʻzbek tilining maʼnaviy maqomi takomillashdi.Til borasida yana bir yangilik. Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida koʻchadagi reklamalar,joy nomlari,firmalarning nomlanishi bilan shugʻullanadigan “Nomlash“ markazi ochildi. Hozirgi kunda ushbu markaz poytaxtimizdagi Chilonzor tumani boʻyicha tahlil olib boryapti.O‘zbek tili – o‘zbek xalqining milliy tili. Unda o‘zbek xalqining o‘zligi, tabiati, saviyasi, tafakkur tarzi o‘z tajassumini topar ekan, demak, mazkur tilni asrab-avaylash, uning nufuzini, obro‘-mavqeyini ko‘tarish shu tilda so‘zlovchi har bir shaxsnning insoniy burchi va huquqidir.Ustoz tilshunos Nizomiddin Mahmudov aytganlaridek, o‘zbek tili o‘zbek xalqining “o‘ziga xos tafakkur va taxayyul intizomining tarhi, o‘zgadan qarz olmagan izchil idrok tarzidir.Ajdodlarimiz biz avlodlarga o‘zining bаrchа qаdimiy mа’nаviy bоyliklаri bilаn bir qаtоrdа o‘zbek tilini hаm ko‘hnа tаriх qа’ridаn hоzirgа qаdаr аvаylаb, sаqlаb, аsrаb kеlgan ekan, biz ham kelajakka tilimizni butunligicha yetkazishimiz zimmamizdagi qarzdir. Boisi “Ona tilimiz – o‘zbek tili o‘zida xalqning qadriyatlari, milliy tafakkuri, tarixi, ruhiyati, ma’naviy dunyosi, o‘ziga xos urf-odatlarini in’ikos etuvchi noyob bir hodisa, buyuk bir ne’matdir. Lison deb atalgan hududda makon topgan noyob so‘z javohirlarini, uning betakror xususiyatlarini kelgusi avlodlarga bezavol yetkazishdek sharafli vazifani ado etish” (Durdona Xudoyberganova) muhim masaladir. O‘zbеkistоn mustаqillikkа erishgаch, хаlqimiz o‘zbek tiligа, o‘zbеk аdаbiy tilini yanаdа rivоjlаntirishgа, uning qоnuniy huquqlаrini tiklаshgа kаttа e’tibоr bеrdi. 1989-yil 21-oktabrda o‘zbеk tiligа dаvlаt tili mаqоmining bеrilishi mаnа shu ulug‘ muqаddаs ishning dеbоchаsi bo‘ldi. Hozirda “Dаvlаt tili hаqidа”gi qоnunni аmаlgа оshirish bo‘yichа bir qаnchа qаrоrlаr, dаvlаt dаsturlаri qаbul qilindi vа ulаr izchillik bilаn аmаlgа оshirilmоqdа. Mаnа shundаy ulkаn ishlardan biri 21-oktabrning “Oʻzbek tili bayrami kuni” sifatida belgilanishi bo‘ldi. Bu haqidagi Qonun 2020-yilning 10-aprel kunidan kuchga kirgan. “O‘zbek tili bayrami kuni”ning nishonlanishi o‘zini o‘zbek millati va xalqining vakili deb bilgan yurtdoshlarimiz qalbida cheksiz g‘urur va iftixor tuyg‘ularini uyg‘otdi. Doimo o‘zbek tili nufuzi va obro‘sini yanada oshirish, ona tilimizga mehr-muhabbatimizni amaliy faoliyatda namoyon etish har bir o‘zbek kishisining maqsadi hamda muhim vazifasi bo‘lishi zarur. Har birimiz “O‘z yurtida erkin bo‘lsin elim dedim, Yuragimda ungan gulim – tilim dedim…” (Mahmud Toir, Qodiriyning so‘nggi so‘zi) yashamog‘imiz zarur. Chunki davlatimiz Prezidenti muhtaram Shavkat Mirziyoyev taʼkidlaganlaridek, O‘zbekiston zaminida yashayotgan har bir fuqaroning zimmasida “Davlat tiliga bo‘lgan eʼtiborni mustaqillikka bo‘lgan eʼtibor deb, davlat tiliga ehtirom va sadoqatni ona Vatanga ehtirom va sadoqat deb bilish, shunday qarashni hayot qoidasiga aylantirish”dek sharafli masʼuliyat yotadi.Xalqni bir oliy aniq mаqsаd аtrоfidа birlаshtirish, jipslаshtirishni аdо etishdа tilning, оnа tilining hаm munоsib hissаsi bоr. Ona tilimiz orqali xalqimiz tarbiyalanadi. Demak, o‘z-o‘zidan til xalqni tarbiyalashning ham qurolidir. Download 21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling