O’zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali oila psixologiyasi yo’nalishi 412-22-guruh talabasi Hakimova Sabinaning eksperimental psixologiya fanidan tayyorlagan taqdimoti


Download 0.8 Mb.
Sana18.06.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1555039
Bog'liq
eksperimental psixologiya

O’zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali oila psixologiyasi yo’nalishi 412-22-guruh talabasi Hakimova Sabinaning eksperimental psixologiya fanidan tayyorlagan taqdimoti.

Mavzu: Hissiyotning yuzaga kelishi,fiziologik harakat va hissiyot. Reja: 1.hissiyot haqida tushuncha. 2.hissiy emotsianal holatlarning fiziologik asoslari. 3.hissiyotning yuzaga kelishi. 4.pavlovning hissiyot haqidagi fikrlari.


Hissiyot
Shaxslarning voqelikka, narsa va hodisalarga, kishilarga bo’lgan munosabatidir.
Kishilar o’zlari ko’rayotgan ,eshitayotgan narsalariga befarq bo’lolmaydi.
Odam his-tuyg’ulari bilan hayvon hissiyotlari o’rasida farq juda kata.
Odamda juda ko’p his-tuyg’ular borki, bunday hissiyotlar hayvonlarda yo’q.
Odam o’z hissiyotlarini o’zi boshqaradi.
U lotincha so’zdan olingan bo’lib, “hayajonlanaman” degan ma’noni anglatadi.
Hissiyotning yuzaga kelishi
Hissiyot odamda sodir bo’layotgan hodisa va narsalardan shaxs sifatida odam uchun ahamiyatli bo’lganlari haqida darak beruvchi signallar tizimi hisoblanadi.
Natijada tassurot uyg’onib, biror hissiy nom bilan ifodalangan xotira obrazlari tariqasida saqlanib qoladi.
Hissiy kechinmalar insonning shaxsiy tajribasida tarkib topadigan reflekslar tizimini mustahkamlash sifatida namoyon bo’ladi.
Mazkur holda sezgi a’zolariga ta’sir qiluvchi cheksiz miqdordagi qo’zg’ovchilardan aniq bo’lib ajraladi,ba’zilari bir-birlari bilan qo’shilib ketadi.
Hissiyotning mana shu darak beruvchilik vazifasi psixologiyada hissiyotning impressiv tomoni deb ataladi.

Jeyms va lanj tuyg’ular nazariyasi Tuyg’ular psixologiyaning rivojlanmagan yo’nalishlaridan biridir.Mantiqning biron bir qonuniga bo’ysunmaslik ularni tasniflash,turlarga ajratish mumkin emasligining sababi hisoblanadi.Tuyg’ularga hamroh bo’lgan tashqi o’zgarishlarni birinchi bo’lib,Jeyms va Lanj payqagan.Ikkala olim ham tanada sodir bo’layotgan turli xil reaksiyalarga asoslanib hissiyotlar jarayoni haqidagi avvalgi tushunchalarni rad etishdi.Ular hissiyotlarni tushuntirishda uchta asosiy narsani aniqladilar: A- obyektni idrok etish; B- bunga sabab bo’lgan tuyg’u; C- bu hissiyotning tana ifodalari. Jeyms quyidagi nazariyani ilgari surdi- agar hissiyotning odatiy sxemasi ABC ketma-ketligida bo’lsa u holda Jeyms bu boshqa formulaga- ACB ga ko’proq mos keladi deb hisoblagan: idrok- yuz ifodalari- tuyg’u.


Jeyms va Lanjga ko’ra hissiyotlarga hamroh bo’ladigan fiziologik o’zgarishlar 3 guruhga bo’linadi.
1.Mimik o’zgarishlar (ko’zlar,og’iz,tanada).
3.Yashirin o’zgarishlar (ter, ko’z yoshi).
2.Somatik o’zgarishlar (yurak urishi, nafas olish)
Bosh miya hissiyotlarning kuchini va barqarorligini idora qilib turadi.Hissiyotlar bosh miya po’stining faoliyatidan tashqari organizmning ichki a’zolari faoliyati bilan bog’liq
Odam ma’lum hissiy holatni boshdan kechirayotgan paytda uning qon aylanish tizimi, nafas olish organlari, ichki sekretsiya bezlari ham qatnashadi.
Hissiyot boshqa hamma psixik jarayonlar kabi bosh miya po’sti qismining faoliyati bilan bog’liqdir.
Odamda uchraydigan yuksak ma’naviy hissiyotlar ham o’zining nerv-fiziologik asosiga ega bo’lishi kerak.
Bu jihatdan Pavlovning dinamik streotip haqidagi talimoti katta ahamiyatga ega.Bu haqda Pavlov shunday deydi:
Ko’pincha odatdagi turmush tartibining o’zgargan paytlarda odat bo’lib, qolgan mashg’ulot yaqin kishidan judo bo’lganda, aqliy
Iztirob chog’ida kechiriladigan og’ir hissiyotning fiziologik asosi xuddi eski dinamik streotipning o’zgarishi,yo’qolishi va yangisining hosil bo’lishidan iborat.

Vundtning “assotsativ” tuyg’ular nazariyasi. Tuyg’ular- bu hissiyotlarning spektakllar jarayoniga bevosita ta’siri bilan tavsiflangan ichki o’zgarishlar. Vundt “tana” reaksiyalarini faqat hissiyotlarning natijasi deb biladi.Vudtning fikriga ko’ra, yuz ifodalari dastlab, hissiyotlarning emotsianal ohangining aksi sifatida elementar hislar bilan bog’liq holda paydo bo’lgan,keyinchalik rivojlangan yuqori, murakkab hissiyotlar emotsiyalar biroq odamning ongida hissiyot paydo bo’lganda, u doim sabab bo’ladi assotsatsiya tomonidan tarkibiga yaqin, unga mos keladigan pastki tuyg’u yoki hissiyot.Aynan shu hissiyotlarning hissiy ohangiga mos keladigan taqlid harakatlarini keltirib chiqaradi.Misol mensimaslik yuz ifodalari (pastki labni oldinga siljitish) odam og’ziga tushgan yoqimsiz narsani tupurganida ham shu harakatga o’xshaydi.Tuyg’ular ichki tajribalarning tashqi korrelatsiyasidir.


Hislar- bu inson ongida yuksak ehtiyojning qondirilishi yoki qondirilmasligida paydo bo’ladigan voqelikka nisbatan munosabatining aks etishi.
Hissiyot va tuyg’ular o’rtasida umumiylik ko’p, farqi hissiyotlar- bu kengroq tushuncha, hislar emotsianal kechinmalarning ifodalanishlaridan biri.
Xayme Peipets miya tuzilmalarida “emotsianal qo’zg’alish aylanishi” haqidagi ilmiy kashfiyotida tuyg’ular Peipets fikriga ko’ra ba’zi miya tuzilmalari bilan bog’liq.
Hislar mazmuniga ko’ra quyidagi turlarga bo’linadi:
Axloqiy hislar
Intelektual testlar
Estetik
hislar
Proksis hislar
KAYFIYAT- jadalligi past, ammo ancha davomiy va tushunarsiz sabablarga ega emotsianal holat.
AFFEKT- qisqa muddatli hissiy portlash,jo’shqin kechadigan va boshqarilishi qiyin bo’lgan emotsianal holat.
STRESS- uzoq va kuchli psixik zo’riqishni his etishdan iborat emotsianal holat.
FRUSTRATSIYA- (lotincha – aldanisih, haddan tashqari kutish, xafa bo’lish).Maqsadga erishishga xalaqit beradigan sabablar ostida paydo bo’lgan holat.
Emotsianal holat turlari:
Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling