O‘zbekiston milliy universiteti jizzax filliali “amaliy matematika “ fakulteti “iqtisodiyot” kafedrasi


Download 55.26 Kb.
bet1/12
Sana09.04.2023
Hajmi55.26 Kb.
#1345995
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Kurs ishi


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIMI VAZIRLIGI


MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI
O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILLIALI

AMALIY MATEMATIKA “ FAKULTETI


IQTISODIYOT” KAFEDRASI
IQTISODIYOT NAZARIYASI” FANIDAN


KURS ISHI


MAVZU: Koronavirus pandemiyasi va glabal moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida O'zbekistonda aholini ijtimoiy qo'llab-quvatlash va turmush darajasini oshirishning ustuvor yo'nalishlari
BAJARDI: _____________________________________________________________

ILMIY RAHBAR:_______________________________________________________




Jizzax-2022


MUNDARIJA


KIRISH………………………………………………………………………...….….5
I BOB. Koronavirus pandemiyasining global iqtisodiyotga hamda mamlakatimiz iqtisodiyotiga ta’siri………………………………………………………….…….....6
1.1. Koronavirus pandemiyasigacha bo‘lgan davrdagi iqtisodiy rivojlanish.….….6
1.2. Koronavirus pandemiyasining mamlakatimiz iqtisodiyotiga salbiy ta’siri….10
II BOB. Koronavirus pandemiyasi davrida O‘zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy tizimda yuzaga kelgan o‘zgarishlar………………………………………………………….14
2.1. COVID-19 pandemiyasi davrida O‘zbekistonda ijtimoiy sohada amalga oshirilgan islohotlar…………………………………………...………….……..14
2.2. Pandemiya davrida tijorat banklarining daromadini pasayishi………………….………………………………………………...…...18
2.3. Pandemiya davrida bank tizimidagi o‘zgarishlar………..………..……20
Xulosa……………………………………………………………………………….24
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘ yxati………………………………………………26


KIRISH


Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. Jamiyat a’zolarining ehtiyojlari yuksalib borar ekan, ana shu ehtiyojlarni qondirishning yagona yo‘li iqtisodiy o‘sishdir. Iqtisodiy o‘sish tufayligina ijtimoiy taraqqiyotga erishiladi. Iqtisodiy o‘sish mamlakatning kuch-qudrati o‘sayotganini ko‘rsatadi. Mikroiqtisodiy o‘sish firma, korxona va ayrim sektor (tarmoq) miqyosidagi rivojlanishni ifoda etadi va ularda o‘sish yaratilgan tovarlar va xizmatlarning bozor narxida hisoblangan hajmiga qarab aniqlanadi. Mikroiqtisodiy miqyosda tadbirkorlar o‘z oldilariga iqtisodiy o‘sish orqali maksimal darajada foyda olishni qo‘yadilar. Makroiqtisodiy o‘sish milliy iqtisodiyot, ya’ni muayyan mamlakat miqyosidagi iqtisodiy taraqqiyotni ifoda etadi va yalpi milliy mahsulotning (YAMM) ko‘payishini bildiradi. Makromiqyosda iqtisodiy o‘sishga erishishning optimal maqsadi barcha aholini hayot kechirishini yaxshilash, turmush darajasini ko‘tarishdir. Ekstensiv iqtisodiy o‘sishga ishlab chiqarishning avvalgi texnikaviy asosi saqlanib qolgan holda ishlab chiqarish omillari miqdorining ko‘payishi tufayli erishiladi. Ekstensiv rivojlanishda, agar u sof holda amalga oshirilsa, ishlab chiqarish samaradorligi o‘zgarmay qoladi, chunki har bir ishlovchiga to‘g‘ri keladigan mahsulot miqdori, ya’ni mehnat unumdorligi avvalgicha qoladi. Ekstensiv o‘sishning afzalligi shundaki, u iqtisodiy o‘sishni ta’minlashning eng oson yo‘li. Bunda tabiiy resurslarni tezda o‘zlashtirish hamda nisbatan tez fursatda ishsizlikni qisqartirish mumkin. Iqtisodiy o‘sishning intensiv turi yanada progressivroq ishlab chiqarish vositalarini va yangi texnikani qo‘llash, ishchi kuchi malakasini oshirish, shuningdek mavjud ishlab chiqarish potensialidan yaxshiroq foydalanish yo‘li bilan erishiladi. Real hayotda ekstensiv va intensiv omillar sof holda, alohida-alohida mavjud bo‘lmaydi, balki bir-biri bilan qo‘shilgan tarzda bo‘ladi. Birinchi Prezidentimiz Islom karimov istiqlolning ilk yillaridan odamlarning mulkdor bo‘lishini kafolatlash , o‘z aqli va salohiyati bilan mahsulot yarataman degan insonni qo‘llab quvvatlash yo‘lida kurashdi. Bunda , avvalo , bozor iqtisodiyotining asosi bo‘lgan xususiy mulk ustuvorligini mustahkamlaydigan barqaror qonunchilik bazasi , uni jadal amalga oshirish uchun qulay ishbilarmonlik muhiti yaratishga kirishildi . Natijada bugun tadbirkorlik sohasining mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 56.5 %ga yetdi. Ish bilan band aholi soning 78%i aynan shu tarmoqda mehnat qilib , ro‘zg‘or tebratmoqda , el-yurtimiz rivojiga munosib hissa qo‘shmoqda.Davlatimiz rahbari Sh. Mirziyoyev Birinchi Prezidentimiz g‘oyalarini izchil davom ettirish yo‘lida yangi strategik vazifalarni kun tartibiga qo‘ydi. Xalqimiz bugun izchil va barqaror rivojlanayotgan , erkin va farovon , demokratik O‘zbekiston davlatini barpo etish yo‘lini , avvalo, o‘zi va oilasi uchun yanada barqaror va to‘kin hayotga erishishning mustahkam zaminini yaratish uchun ter to‘kib harakat qilmoqda. Bunday kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning subyektlari hajmining ortib borishi mamlakatning iqtisodiy o‘sishini ta’minlaydi. Mamlakatda iqtisodiy o‘sishning ta’minlanishi orqali biz ishsizlikning kamayishiga erishamiz . Ishsizlikning kamayishi esa ishlab chiqarishni ko‘payishiga olib keladi, va buning natijasida aholi turmush tarzining farovonligining oshishiga erishamiz. Zero , Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev aytganlaridek “Xalq boy bo’lsa , davlat ham boy va qudratli bo‘ladi” . Shuning uchun hozirgi kunda ishsizlik muammosi bartaraf etilishi lozim bo‘lgan eng katta muammolardan biridir.
Mamlakatimizda iqtisodiyotni yanada liberallashtirish, uni rivojlantirishda bilimlar iqtisodiyotiga asoslanishi jahon hamjamiyatida milliy iqtisodiyotning o‘rnini mustahkamlashning muhim omili hisoblanadi. O‘zbekistonda amalga oshirib kelinayotgan islohotlar aynan shu maqsadni o‘zida aks ettirgan holda, rivojlanish tendensiyasiga ega bo’lmoqda.
Hammamizga ma’lumki, 2019 yilning noyabr-dekabr oylarida Xitoy Xalq Respublikasining Uxan shahrida paydo bo‘lgan koronavirus pandemiyasining jahon miqyosida keng tarqalishi global inqirozni vujudga keltirdi. Bu jahon inqirozlaridan turli jihatlari bilan farq qilib, iqtisodiyotga salbiy ta’siri juda kuchliligini ko‘rsatmoqda. Iqtisodiy tilda aytadigan bo‘lsak, bu pandemiya yalpi talab va yalpi taklifga, makroiqtisodiy barqarorlikka tashqi “zarba” bo‘lib, oldingi iqtisodiy inqirozlardan ko‘lami va zarari jihatidan katta farq qiladi. Qisqa vaqt ichida COVID-19’ning global miqyosda keng tarqalishi deyarli barcha davlatlardagi iqtisodiy va ijtimoiy vaziyatga salbiy ta’sirini ko‘rsatdi va bu jarayon hali ham davom etmoqda.
Iqtisodiyotlarda kuzatilayotgan iqtisodiy harakatsizlik natijasida xalq xo‘jaligining qator tarmoqlarida sezilarli muammolar kuzatilayotgani hech kimga sir emas. Ta’kidlash lozimki, bu kabi salbiy oqibatlarni iqtisodiyotimiz tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish maqsadida hukumatimiz tomonidan tezkor chora-tadbirlar ishlab chiqilib, hayotga tadbiq etildi. Xususan, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2020-yil 19-martdagi “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 5969-sonli farmoni bunga yorqin misol bo‘la oladi. Farmonga muvofiq, makroiqtisodiy muvozonatni barqarorlashtirishga qaratilgan qator chora-tadbirlar belgilandi. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev “ Mamlakatning xalqaro maydondagi raqobatbardoshligi darajasini va innovatsion jihatdan taraqqiy etganini belgilovchi asosiy omil sifatida inson (intellektual) kapitalini rivojlantirish – strategiyaning bosh maqsadidir” – deb ta’kidlab o‘tganlar.

Download 55.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling