O‘zbekiston milliy universiteti jizzax filliali “amaliy matematika “ fakulteti “iqtisodiyot” kafedrasi


Pandemiya davrida tibbiyot sohasidagi islohotlar, o‘zgarishlar, kamchiliklar va ularning bartaraf etilishi


Download 189 Kb.
bet9/12
Sana09.04.2023
Hajmi189 Kb.
#1345990
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Kurs ishi

2.2.Pandemiya davrida tibbiyot sohasidagi islohotlar, o‘zgarishlar, kamchiliklar va ularning bartaraf etilishi

Mamlakatimizda 15-mart rasman ilk bor koranavirus holati qayd etilgan kundan e'tiboran davlat rahbari tomonidan katta loyihalar — 20 ming kishilik karantin zonasi va 10 ming kishilik kasalxonalarning birinchi navbatlari foydalanishga topshirish maqsadida qurilish jadal davom ettirilmoqda. Virusni aniqlash uchun testlarni o'tkazishda kerak bo'ladigan reagentlar, PSR apparatlari hamda o'pkani suniy nafas berish apparatlari xarid qilindi va haligacha mamlakatimiz aholisi sog‘ligini saqlash borasida qilinayotgan ishlar davom etmoqda.


Shu bilan birga ushbu qiyin sharoitlarda xizmat qilayotgan tibbiyot xodimlarimizni qo‘llab-quvvalash maqsadida 26-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashishga jalb qilingan tibbiyot va sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlarini qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risi” da PQ-4652-sonli qarori qabul qilindi. Ushbu qarorga muvofiq koronavirusdan zararlangan bemorlar bilan muloqotga kirishadigan, zararlangan bemorlar joylashtirilgan ob'yektlarda hamda koronavirus infeksiyasini aniqlash laboratoriyalarida faoliyat olib borayotgan tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati va boshqa xodimlarga har 14 kunlik faoliyat davri uchun maxsus qo'shimcha rag'batlantirish to‘lovi belgilandi. O‘z-o‘zidan ko‘rinib turibdiki albatta bularning hammasi katta xarajat talab qiladi. Ushbu xarajatlarni boshqarish va maqbullashtirish katta mas’uliyatni yuklaydi. Hozirgi pandemiya sharoitida mamlakatimizda sog’liqni saqlash tizimiga alohida e’tibor qaratilmoqda yuqorida keltirib o‘tganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi qaroriga muvofiq koronavirusdan zararlangan bemorlar bilan muloqotga kirishadigan, zararlangan bemorlar joylashtirilgan ob’yektlarda hamda koronavirus infeksiyasini aniqlash laboratoriyalarida faoliyat olib borayotgan tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati va boshqa xodimlarga har 14 kunlik faoliyat davri uchun quyidagi miqdorlarda (soliqlardan tashqari) maxsus qo’shimcha rag’batlantirish to’lovi belgilandi:

  • Vrach xodimlarga, vrach-laborantlarga – 25 million so’m;

  • O’rta tibbiyot xodimlariga, hamshira-laborantlarga –15 million so’m;

  • Kichik tibbiyot xodimlariga – 10 million so’m;

  • Boshqa xodimlarga – 5 million so’m.

Shuningdek, koronavirus infeksiyasini yuqtirgan tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati va boshqa xodimlarning sog‘lig‘iga shikast yetkazilganligi yoki ularning og‘ir ahvolga tushishi va sog‘lig‘i tiklanmaganligi munosabati bilan bir yo‘la qo‘shimcha to‘lovlar beriladigan bo‘ldi.
“Koronavirus pandemiyasi davrida sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlarini yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarorida ham qator

rag‘batlantirish choralari nazarda tutilgan. Jumladan, ushbu hujjatga ko‘ra mehnatning sog‘liq uchun xavfliligi sharoitlari uchun – 15 foizdan 50 foizgacha; mehnatning og‘ir sharoitlari uchun – 40 foizdan 75 foizgacha mehnatga haq to‘lash razryadlari bo‘yicha tarif koeffitsiyenti 5 foizga oshirgan holda qo‘llaniladi. Bunda ular uchun oylik lavozim maoshiga nisbatan 6 foiz miqdorida kunlik qo’shimcha to‘lov va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa ustamalar saqlanib qoladi.


O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirligi axborot xizmati asosida tayyorlangan ma’lumotga ko’ra, yil boshidan 27-aprel holatiga ko‘ra, respublika bo‘yicha sog‘liqni saqlash muassasalari xodimlarning oylik lavozim maoshlariga 6 foiz miqdorida jami har kunlik qo’shimcha to‘lovlar quyidagicha bo‘lgan:

  • To‘langan xodimlar soni — 8623 nafar;

  • To‘langan mablag‘ — 13 mlrd 831 mln so’m.

Shuningdek, 14 kunlik faoliyat davri uchun maxsus qovshimcha rag‘batlantirish tovlovlari miqdori ham e’lon qilindi:

  • To‘langan xodimlar soni — 1040 nafar;

  • To‘langan mablag‘lar — 21 mlrd 980 mln so‘mni tashkil etgan.

Xorijiy davlatlarda ham ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, belarus hukumati pandemiya davrida ishga jalb qilingan xodimlar uchun qo‘shimcha 12 million rubl (131 ming aqsh dollari) ajratilganligini e’lon qildi. Tibbiyot xodimlarining
Oylik ish haqi esa 0,5 dan 1,5 baravargacha oshirildi.



Download 189 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling