O‘zbekiston Milliy universiteti mustaqil tadqiqotchisi Norbo‘tayev Islombek Musurmonovichning


Download 36.25 Kb.
bet1/2
Sana17.06.2023
Hajmi36.25 Kb.
#1520816
  1   2
Bog'liq
Раҳбар хулосаси И.Норбўтаев


O‘zbekiston Milliy universiteti mustaqil tadqiqotchisi Norbo‘tayev Islombek Musurmonovichning 09.00.04. – Ijtimoiy falsafa ixtisosligi bo‘yicha “O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida milliy yuksalish g‘oyasini amalga oshirishning ijtimoiy-falsafiy asoslari” mavzusidagi falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertasiyasi ilmiy rahbar

XULOSASI

O‘zbekiston Milliy universiteti mustaqil tadqiqotchisi Norbo‘tayev Islombek Musurmonovichning “O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida milliy yuksalish g‘oyasini amalga oshirishning ijtimoiy-falsafiy asoslari” mavusidagi dissertasiya ishi nazariy va amaliy jihatdan asoslab berilgan.
Tadqiqot mavzuining dolzarbligi Jahon sahnida paydo bo‘lib, mustaqil taraqqiyot yo‘lidan borishga harakat qilgan har qanday xalq va davlat o‘zining milliy tiklanish, rivojlanish hamda yuksalish tamoyillarini belgilashi insoniyat tarixi va tamaddunining asosiy qonuniyatlaridan biri ekanligi nazariy asoslarda ifodalangan. Shu bilan birgalikda ilmiy ishga umuminsoniy tamoyillar asosida masalaga yondashilib, Prezidentimizning bugungi kunda Uchinchi renessans asoslarini barpo etishda Yangi O‘zbekistonni poydevorini mustahkamlash zarurligi haqidagi purma’no fikrlariga mos ilmiy yondoshuvlar keltrib o‘tilgan.
Muammoni o‘rganilgan darajasini o‘rganishda tadqiqotchi O‘zbekiston hamda horij olimlarining mavzuga oid bo‘lgan ishlariga murojaat etib ularni dissertasiya ishida batafsil tahlil etgan.
Tadqiqotning maqsadi Mustaqil O‘zbekistonda milliy yuksalish g‘oyasini amalga oshirishning ijtimoiy-falsafiy asoslarini yoritib berishdan iborat.
Tadqiqotning vazifalari
- “milliy tiklanish” va “milliy yuksalish” tushunchalarini ilmiy tadqiqot ob’yekti sifatida tahlil qilish, ushbu tushunchani falsafiy nuqtai nazardan ta’riflash va tavsiflash orqali uning mazmun-mohiyatini va o‘ziga xos jihatlarining umummetodologik asoslarini ochib berish;
- jamiyatimizning istiqlol yillaridagi milliy yuksalishi va unga ta’sir ko‘rsatgan jarayonlar tadrijini tahlil qilish asosida bu soha bilan bog‘liq tub o‘zgarishlar va yangilanishlarning umumiy qonuniyatlarini hamda uning mamlakatimizga xos xususiyatlarini ko‘rsatib berish;
- mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub islohotlar jarayonida milliy yuksalishga xos rivojlanish dinamikasini jamiyat taraqqiyotining ustuvor tendensiyasi sifatidagi ahamiyatini ko‘rsatish;
- mustaqillik davrida jamiyatning milliy yuksaltirish omillari va tamoyillari bilan bog‘liq faoliyatning ustuvor yo‘nalishlari va takomillashib borish mexanizmini tahlil qilish orqali ushbu jarayonning samarasini yanada oshirish yo‘llari va imkoniyatlarini ochib berish;
-bugungi kunda O‘zbekistonning milliy yuksalishiga qaratilgan tub islohotlar va o‘zgarishlar jarayonida xalqimiz taraqqiyotini ta’minlashning samarali yo‘nalishlariga doir amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Tadqiqotning ob’yekti qilib Yangi O‘zbekistonda ro‘y berayotgan milliy yuksalish jarayoni, uning omillari va shart-sharoitlari olingan.
Tadqiqotning predmeti Uchinchi renessans asoslari yaratish borasidagi milliy yuksalish qonuniyatlari hamda ushbu yo‘nalishdagi faoliyatning ustuvor yo‘nalishlari va ularning amaliy natijalari hisoblanadi.
Tadqiqotning usullari sifatida tahlil va kuzatish, umumlashtirish va mantiqiylik kabi usullardan foydalanilgan.
Tadqiqotning ilmiy yangiliklari: - “milliy yuksalish” atamasining ijtimoiy-falsafiy mohiyati, unga xos bo‘lgan intensivlik va innovasion xususiyatlari (ilmiy yangiliklarga barqaror hamda xilma-xillik asosida yondoshuv) ko‘rsatib berilgan;
- jamiyatimizning milliy yuksalishiga ta’sir ko‘rsatadigan yangilanishlar istiqlolning turli davrlari va voqealar tadriji misolida tahlil qilingan, bu soha bilan bog‘liq o‘zgarishlar va yangilanishlar jarayonining umumiy qonuniyatlari hamda uning mamlakatimizga xos jihatlari ochib berilgan;
- hozirgi jamiyatimiz yuksalishi bilan bog‘liq yangilanishlar va o‘zgarishlarining ustivor va konstruktiv tendensiyalari (tuzish, qurish yoki yasash jarayonlarini yuksaltirishga intilish) hamda ularning muhim natijalari ko‘rsatilgan;
- jamiyatimizning bugungi hayotiga xos yuksalish jarayonidagi optimallashuv tendensiyasini (ijtimoiy funksiyalarini raqobat muhitiga o‘tkazishga qaratilgan chora-tadbirlar majmui) yanada o‘stirish va uning samarasini oshirish imkoniyatlari ochib berilgan;
-O‘zbekistonning milliy yuksalishi jarayoniga xizmat qiladigan islohotlar samarasini oshirish bo‘yicha amaliy takliflar va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

Download 36.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling