O‘zbekiston milliy universiteti o‘zbek filologiyasi fakulteti nurullayeva gulshan sunnatullayevna bitiruv malakaviy ishi


Zamonaviy she’rshunosligimizda uchramaydigan badiiy san’atlar tasnifi


Download 121.47 Kb.
bet20/23
Sana14.12.2022
Hajmi121.47 Kb.
#1007408
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
“Fununu-l-balog‘a” asarida badiiy san’atlar

2.2 Zamonaviy she’rshunosligimizda uchramaydigan badiiy san’atlar tasnifi.
Shayx Ahmad Taroziyning “Funun ul-balog‘a” (“Balog‘at fanlari”) asari turkiy adabiyotshunoslikning eng dastlabki asaridir. Asar, avvalo, turkiy tilda yozilganligi bilan xarakterlidir. Ya’ni Taroziy turkiy tilda nazariy adabiyot yaratish an’anasini ilk bor boshlab berdi. Shu bois ilk tajribada ba’zi kamchiliklar, to‘ldirilishi lozim bo‘lgan ayrim o‘rinlar bo‘lishi tabiiy holdir. “Funun ul-balog‘a” faqat badiiy san’atlar jihatidan emas, balki o‘zbek tilidagi aruz, qofiya va radif, she’r navlari jihatidan ham muhim manba sanaladi. Risolada zamonaviy adabiyotshunosligimizda uchramaydigan o‘rinlar talaygina bo‘lib, shulardan she’riy san’atlargagina taaluqlilarini ifodalashga harakat qildik. Ya’ni zamonaviy she’rshunosligimizda uchramaydigan badiiy san’atlar.
“Funun ul-balog‘a”da ta’rifi keltirilgan 90 dan ortiq san’atlarning ba’zilari zamonaviy she’rshunoslik uchun tamomila uchramaydi, ba’zi turlari esa Atoulloh Husayniy talqinida ham keltiriladi. Ammo bugungi nazariy adabiyotshunoslikda uchramaydi. Ular quyidagilar:
1. Al-iltifot
2. Al-intiboh
3. Al-istifhom
4. Al-istidlol
5. Al-istidrok
6. Al-mutadorif
7. Al-maqlubot (Y. Is’hoqov asarida maqlubotning faqat mustaviy turi uchraydi)
8. Al-mutalavvin
9. Al-mutasalsal
10. Al-mutazalzil
11. Al-muhtamilu li-ziddayn
12. Al-muvajjah
13. Al-muqatta’
14. Al-muvassal
15. Al-mushajjar
16. Al-murabba’
17. Al-mujarrad
18. Al-muammo
19. Al-mug‘olata
20. Al-lug‘z
21. Al-raqto
22. Al-xayfo
23. Al-baroati istihlol
24. Radd ul-ajz-alos-sadr
25. Mushavvash
26. Al-radd ul-aks
27. Al-hashviyot
28. As-sehr-ul-hilol
29. As-siyoq-ul-e’dod
30. Al-jam’-ul-mufrad
31. At-ta’rif-ul-mufrad
32. At-taqsim-ul-mufrad
33. Al-jam’ maat-tafriq
34. Al-jam’-ul-maat-taqsim
35. Al-jam’ maat-tafriq at-taqsim
36. Al-husn-ut-talab
37. Al-husn-ul-maqta’
Shu xususiyatga ega bo‘lgan badiiy san’atlarni shartli ravishda jadvallashtirishga harakat qildik. Quyidagi jadvalda 37 san’at turi sanaladi. Ulardan 14 san’at faqat “Funun ul-balog‘a”da uchraydi, ya’ni ular sof turkona, 23 ta san’at har ikkala asarda bor. Bugungi adabiyotshunosligimizdauchramaydigan badiiy tasvir vositalaridir:


Download 121.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling