O‘zbekiston milliy universiteti “tasdiqlayman” Mirzo Ulug‘bek nomidagi
Nazariy-metodologik kursni o‘zlashtirganlik darajasi uchun qo‘yiladigan talablar
Download 84.5 Kb.
|
назарий методологик курс Ойбек Lotincha
Nazariy-metodologik kursni o‘zlashtirganlik darajasi uchun qo‘yiladigan talablar.
«Jahon tarixi» o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida: - Jahon tarixining asosiy bosqichlari; Jahon tarixining ma’lum bir tarixiy hodisalari; -Zamonaviy jarayonlarda tarixiylik va xolislik nuqtayi nazaridan Jahon tarixi muammolarning ishlab chiqilishi jarayonlarini bilishi kerak; - Jahon tarixi muammolarini o‘rganish va ishlab chiqishda milliy mustaqillik g‘oyasining ahamiyati; Jahon tarixining turli davrlaridagi tarixiy jarayonlarning o‘ziga xosligi haqida; tarix fani ijtimoiy tafakkur mahsuli ekanligi, ijtimoiy fanlar rivojida tarix fanining muhim voqealar bilan bog‘liqligini bilish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak. - Jahon tarixini bilishi; ma’naviy-milliy va umuminsoniy masalalar bo‘yicha o‘z qarashlarini ilmiy asoslashni va ifodalashni bilishi, milliy mustaqillik g‘oyalariga amal qiladigan faol hayotiy dunyoqarashga ega bo‘lishi; yangi bilimlarni mustaqil egallay olishi, o‘z faoliyatini ilmiy asosda tashkil etishi va o‘zini kamolotga yetkazish ustida ishlay bilishi; ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma’lumotli shaxslarga tegishli lavozimlarning bo‘sh o‘rinlarida mustaqil ishlay olish tajribasiga ega bo‘lishi kerak. ASOSIY QISM YANGI TARIX (Yevropa va Amerika mamlakatlari) Yangi davrga o‘tishning iqtisodiy mazmuni. “Dastlabki kapitalni yig‘ish” jarayonining xususiyatlari. Burjua inqiloblari, ularning xususiyatlari va natijalari. Yevropa va Amerika mamlakatlarining mafkurasi va madaniyati. Ma’rifat, uning mazmuni va ijtimoiy-siyosiy yo‘nalishi. Angliya XVII-XIX asrlarda.Ingliz absolyutizmi va uning o‘ziga xos xususiyatlari. XVII asr o‘rtalaridagi ingliz burjua inqilobining zaminlari. Puritanizm va uning inqilobni mafkuraviy tayyorlashdagi tutgan o‘rni. Birinchi Styuartlar davrida absolyutizm va parlament muholifati o‘rtasidagi nizo. Shotlandiya va Irlandiyaning asoratga solinishi. Uzoq parlament. Presviterianlar va independentlar. O.Kromvelning roli. Levellerlar. Respublikaning e’lon qilinishi. Independentlar respublikasidan protektoratga o‘tish. “Boshqarish qurollari”. Yangi tuzumga qarshi norozilikning o‘sishi. Styuartlar monarxiyasining qayta tiklanishi. 1688 yildagi davlat to‘ntarilishi. Angliya XVII asr oxiri – XVIII asrda. Keyingi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish. Lendlordizmning hukmronligi. Qullar bilan savdo. Parlament sistemasining rivojlanishi. Konstitutsion-monarxiya tuzumining mustahkamlanishi. Partiyaviy-siyosiy guruhlarning shakllanishi: tori va viglar. Sanoat to‘ntarilishining boshlanishi. Angliyaning XVII-XVIII asrlardagi tashqi siyosati. Angliyaning XVIII asr 1871 yillardagi ichki va tashqi siyosati. Yevropa koalitsiyalarning inqilobiy Fransiyaga qarshi kurashida Angliyaning boshchiligi. Napoleon yurishlariga qarshi urushlar. Irlandiya XVIII asr oxirida. Irlandiyadagi qo‘zg‘olon. Angliya-Irlandiya “uniya”-si. Angliyaning XIX asr oxirlaridagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi. Yer zodagonlarning siyosiy ustunligi va burjuaziya mavqeyi. Chartizm harakati. 1847 yildagi iqtisodiy inqiroz va 1848 yil inqilobining Angliyaga ta’siri. Burjua partiyalari. Mustamlakachilik istilolari. Angliyaning “jahon ustaxonasi”ga aylanishi. Tred-yunionlar. Fan va texnika rivojlanishi.Download 84.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling