O‘zbekiston milliy universiteti


Boshqaruvning ijtimoiy vositalari


Download 302.19 Kb.
bet19/22
Sana18.06.2023
Hajmi302.19 Kb.
#1567375
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
Korxonalar faolyatiga doir hodimlar strategiyasitt

Boshqaruvning ijtimoiy vositalari. Ijtimoiy borliqning ba‘zi haqiqatlari borki, ularning mohiyatini tushunib, oʻz foydangiz uchun ishlatishingiz mumkin. Bu kabi narsalarning insonlarning oʻzaro munosabatlariga qanday ta‘sir koʻrsatishini anglamasak, oʻzimiz bilmagan holda boshqaruv vositalari ta‘siriga tushib qolishimiz mumkin. Boshqaruvning ijtimoiy vositalariga quyidagi kategoriyalarni kiritish mumkin.
Leksika. Oʻz fikrimizni qanday soʻzlar bilan ifodalaymiz? Ishlatadigan soʻzlarimizga qarab, kishilarning qaysi toifasidanligimiz tez bilinadi. Bu - biz har doim ―yuqori stilda‖ gaplashishimiz zarur degani emas soʻzlar vaziyatga toʻgʻri kelishi kerak. ―Mening goʻzal xonimim‖ myuziklida professor Xiggins shunday degan edi: Eliza Dulittl oʻz talaffuzi bilan ―koʻchaga maxkum qilingan‖. Uning nutqi oʻzgardi - Eliza boshqa insonga aylandi.
Toʻgʻri, yaxshi tilda ganiring - oʻzingizga ishonchni, fikrlarni erkin ifodalash qobiliyatingizni namoyon qiling.
Jargon. Bu tilning alohida qismi, uning leksikasining boʻlinmasi. Har bir kasb, etnik guruh, bir yerlik kishilar shunday soʻzlar va iboralarga ega boʻlib, ularni ―oʻziniki‖lar orasida ishlatishi odatga aylangan. ―Oʻziniki‖ boʻlishni istaysizmi - shu guruhning, shu insonning jargonini (ommaviy tilini) oʻrganing, undan foydalanishga tayyorlaning. Agar bu juda qiyin, maxsus jargon boʻlsa, Sizning bilimlaringiz suhbatdoshingiz uchun kutilmagan hol boʻladi va bu Sizning yutugʻingiz. Lekin ommaviy soʻzlarni me‘yorida ishlating, oshirib yubormang. Jargon soʻzlari koʻpayib ketganini sezsangiz, iloji boricha tabiiylikni saqlang, chunki Sizni ―soxta deb tushunishlari mumkin. Oʻzingizni bilimdon qilib koʻrsatmang.
Mashhur ismni aytish. Jargondan qanday maqsadda foydalansangiz, raqibingiz uchun hurmatli boʻlgan mashhur ismni aytib ham shunday natijaga erishishingiz mumkin. Siz ish orasida shunday kishini tanishingizni aytib koʻysangiz, Sizga e‘tibor va hattoki, hurmat ta‘minlangani. Ammo, bunda ham oshirib yubormaslik kerak, Sizga tanish kishilar qatoriga boshqa notanish kishilarni ham qoʻshib yubormang.

Download 302.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling