Faoliyat sohasi
|
Nimaga yo‘naltirilgan?
|
Tipik vazifalar
|
Bajarilishihaqida kimga ma’lum qilinadi?
|
• resurslarni boshqarishda (strategik jihat); • personal bilan ishlash (tezkor faoliyat).
|
• global;• uzoqmuddatli,butunlay yangivazifalarni halqilishga;• ma’muriyaralashuvnitalabqiladigan, kundalik muammolarni hal qilishga.
|
• inson resurslarinirejalashtirish;• alohida qobiliyatlilarnirivojlantirish va malakanioshirish;• firmaning umumiyharajatlari strategiyasidoirasida personalgaqilinadigan harajatlarnirejalashtirish va hokazo;• kadrlarni tanlash va joyjoyiga qo‘yish;• mehnat sabablarini boshqarish. Xavfsizlik texnikasiholatini nazorat qilish.
|
• korporatsiyaprezidentiga;• korporatsiyavitseprezidentiga
|
3-jadval. Inson resurslarini boshqarish sohasidagi faoliyat jadvali
Kadrlarni boshqarishni tashkil etishning tarkibiy tuzilishi
4-chizma. Kadrlarni boshqarish bazaviy atamalari mazmunining nisbat chizmasi.
Personalni boshqarish (personal menejmenti) bu korxona / firma/ darajasida ishchi kuchi potensialining normal rivojlanishi, amal qilishi va undan samarali foydalanishda o‘zaro bog‘langan tashkiliy-iqtisodiy va ijtimoiy chora-tadbirlar tizimidir. Bu fikrni misol bilan tushuntiramiz, (4-chizmaga qarang).
Inson resurslarini boshqarish tajribasining o‘ziga xos eng asosiy elementlari quyidagilardir:
— band bo‘lgan xodimlarni tanlash, yollash va trenning sifatiga e’tibor qaratish;
— hamkorlik va qabul qilingan qarorlarni amalga oshirishda qulay muhit yaratish uchun guruhiy mehnat usullarini tatbiq etish;
— kadrlarni boshqarish;
— inson resurslarini boshqarish;
— xodimlarni vertikal boshqarish, «kadrlar» uchun alohida vazifadir;
— kadrlar bo‘limida markazlashgan kadrlar vazifasi;
— mutaxassislarni rejalashtiradi, asoslab beradi va h.k;
— muntazam rahbarlar mehnatini boshqaradi;
— kadrlarni rejalashtirish-ishlab chiqarish oqibatini rejalashtirish demak, bunga javob, ikki tomonlama munosabat;
— maqsad-kerakli o‘rinlarda va kerakli vaqtda kerakli kishilar borligini ta’minlash va ortiqcha kishilarni ozod qilish. Bandlar — ishlab chiqarish omillari bo‘lib, ular «shaxmat shaklida joylashtiriladi»;
— kadrlar siyosati iqtisodiy va ijtimoiy hamkorlik o‘rtasida murosa-madora o‘rnatishga qaratilgan. Gorizontal boshqarish va barcha resurslar to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish, buyruqni vaqtida bajarishga e’tibor berish;
— muntazam boshqarishda markazlashmagan kadrlar vazifasi. Boshqaruv bo‘linmalarining barcha resurslarini boshqarishga va maqsadga erishishga javob beradi. Personal bo‘yicha mutaxassislar muntazam menejerni qo‘llab-quvatlaydi;
— inson resurslarini rejalashtirish korporativ rejalashtirishga to‘liq qo‘shilib ketgan, bu aloqa ikki tomonlamadir;
— maqsad-mavjud inson resurslarini, malaka va potensiallarini kompaniyaning strategiyasi va maqsadlariga muvofiqlashtirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |