O‘zbekiston milliy universiteti


Korporativ tuzilmalarda personalni boshqarish strategiyasi20


Download 302.19 Kb.
bet15/22
Sana18.06.2023
Hajmi302.19 Kb.
#1567375
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22
Bog'liq
Korxonalar faolyatiga doir hodimlar strategiyasitt

Korporativ tuzilmalarda personalni boshqarish strategiyasi20
Har qanday korxona iqtisodiyotda samarali harakat qilishi uchun o‘ziga kerak bo‘lgan strategiyasini tanlab olishi lozim. Bunda korxonaning imkoniyatlari bozor talablariga muvofiqlashtirilib, bozorni tadqiq qilish va istiqbolini belgilash, tovar va iste’molchilarni o‘rganish asosida ishlab chiqiladi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni yanada chuqurlashtirish borasida «... nafaqat iqtisodiyotning tayanch tarmoqlarini, balki, eng avvalo, hududlarni kompleks rivojlantirish va mamlakatimiz barcha fuqarolarining hayotiy manfaatlarini ta’minlashga va ularning daromadlarini ko‘paytirishga doir istiqboldagi muhim vazifalar turishi kerak»21. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning 2017-2021 yillarga O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning harakatlar strategiyasini “Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari”da - “korporativ boshqaruvning zamonaviy standartlar prinsiplari (ISO:9001) va usullarni joriy etish, korxonalarni strategik boshqarishda aksiyadorlarning rolini kuchaytirish”22 muhim vazifalardan hisoblanadi.
Klassik maktab dorisida boshqaruv nazariyasi rivojlanishiga M. Veber muhim xissa ko‘shgan. U tezlik, aniqlik, tartib, muayyanlik, uzluksizlik va bashorat
Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 1, yanvar-fevral, 2019 yil
qilish mumkinligini ta’minlash lozim bo‘lgan tashkilot ma’muriy tuzilmasi nazariyasini ishlab chiqgan23.
A. Maslou ta’limotiga ko‘ra esa, “inson ierarxik joylashtirilgan ehtiyojlarning murakkab tuzilmasiga ega” - deb o‘z qarashini isbotlagan24. Personalni boshqarish strategiyasi tushunchasi 80-yillarning boshlarida G‘arb Yevropa mamlakatlari korxonalarida yuzaga kelgan sharoitlar boshqaruv nazariyasini yanada rivojlantirish zaruratini talab qilgan, tashkilotlar xodimlarga yangicha yondoshuv paydo bo‘lishi, personalni boshqarishda strategik yondashuvni qo‘llashni kengayishiga xizmat qilgan. Personalni strategik boshqarish sohasi bo‘yicha esa Devanna M.A., Fombrun C.J., Tishy N.M.25 o‘z tadqiqotlarini olib borishgan.
Personalni boshqarish korxona boshqaruvi umumiy strategiyasining eng muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Bozor munosabatlariga o‘tish sharoitida bunday strategiyaning asosiy maqsadi quyidagilar sanaladi: hisob kitob qilingan miqdorda foyda olish, mehnat unumdorligini oshirish, mahsulot yoki xizmatlarni belgilangan xajmda va bir maromda sotish, xodimlarning ijtimoiy extiyojlarini qondirishning belgilangan darajaga erishish.
Tadqiqotda personalni boshqarish strategiyasi tizimini nazariy metodologiyasi va uning yo‘nalish qismlari yoritilgan. Ilmiy tadqiqot olib borishda qiyosiy va tizimli tahlil, tizimli yondashuv, sintez, umumlashtirish, mantiqiy va taqqoslama tahlil hamda ma’lumotlarini guruhlash kabi uslublardan foydalanildi.

Download 302.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling