O‘zbekiston milliy universiteti z. Z. Abdushukurova, S. Q. Zakirova, S. Sidiqov, S. Abdullaev O‘zbekiston tuproqlarining agrokimyoviy tavsifi


Kationlarning umumiy singdirish sig‘imini tuproqning organik va mineral qismlari o‘rtasida taqsimlanishi


Download 1.31 Mb.
bet36/52
Sana06.11.2023
Hajmi1.31 Mb.
#1752418
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   52
Bog'liq
Ozbekistontuproq.agr.tavsifi-09.12.16

Kationlarning umumiy singdirish sig‘imini tuproqning organik va mineral qismlari o‘rtasida taqsimlanishi
(M.M.Kononova ma’lumoti)



Tuproq qismi

Bo‘z tuproq-lar

To‘q sur tusli tuproq

Qora tuproqlar

Chimli podzol tuproq

Kashtan tuproq

Yuvilgan

Kuch-
li

Od-diy

Janu-biy

Mineral

52

39

42

38

45

58

62

65

Organik

48

61

58

62

55

42

38

35

Tuproqning yuza qatlami ko‘p miqdorda chirindi tutganligi sababli kationlarning sindirish sig‘imi ham mazkur qatlamlarda katta bo‘ladi.


Kationlarning singdirish sig‘imi shuningdek tuproq muhitida undagi manfiy zaryadlangan kolloidlar (atsidiodlar) ning amfoter kolloidlar (amfolitoidlar) ga bo‘lgan nisbatiga bog‘liqdir. Shuning uchun ham eritmada vodorod ionlarining (N) qonsentratsiyasi qanchalik kichik bo‘lsa, kationlarning singdirish sig‘imi shuncha katta bo‘ladi.
Tuproqlar kationlarning umumiy singdirish sig‘imi bo‘yicha emas, singdirilgan kationlarning tarkibi bo‘yicha ham bir-birlaridan farq qiladi. Ko‘pchilik tuproqlarda singdirilgan kationlar ichida kalsiy ustunlik qilib, ikkinchi o‘rinda magniy turadi. Kalsiy va magniy kationlarining yig‘indisi tuproqdagi umumiy almashinib singdiriladigan kationlarning 90% ga yaqinini tashkil qiladi.
Tuproqda almashinib singdiriladigan kationlardan o‘simliklar uchun eng muhim ozuqa moddalari hisoblanib, ular tuproq eritmasidan oson siqib chiqariladi va o‘simliklar tomonidan yaxshi o‘zlashtiriladi.
Singdirilgan kationlarning tarkibi tuproq xossalari va o‘simliklarning o‘sishi hamda rivojlanishiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Kalsiy, magniy kationlari organik va mineral kolloidlarni koagulatsiyalaydi, tuproqda to‘planib boradi va yaxshi saqlanadi. Shunga ko‘ra singdirilgan kationlar ichida kalsiyning ustunligi tuproq singdirish sig‘imini oshishiga, strukturasining yaxshi saqlanishiga, umumiy fizikaviy xossalarini yaxshilanishiga va oziqa rejimi uchun qulay sharoitlarni yaratilishiga olib keladi. Tuproqning natriy bilan to‘yinishi kolloidlarning peptidlanishiga olib keladi, bu esa tuproqdagi oziq moddalarning yo‘qolishiga, ularning miqdorini kamayishiga, tuproq donadorligini buzilishi va fizikaviy xossalarining yomonlashishiga olib keladi. Bundan tashqari TSK da natriy mavjud bo‘lsa, uni boshqa kationlar siqib chiqaradi va eritmada soda hosil bo‘ladi. Bu o‘z navbatida o‘simliklar uchun noqulay (zararli) bo‘lgan ishqoriy muhitni yuzaga keltiradi. TSK da vodorod va alyuminiy ionlari ko‘payib ketsa, suvda eriydigan tuzlar kationlar bilan ta’sirlashadi va uni nordon qilib qo‘yadi. Tuproq eritmasining nordonlashishi ayniqsa, ularning tarkibida alyuminiy miqdorining ortib ketishi o‘simliklarning rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Tuproqdagi singdirilgan kationlarning nisbati va tarkibini mineral o‘g‘itlar qo‘llash orqali boshqarish mumkin. Masalan, kislotali tuproqlarga ohak solinsa, TSK dan vodorod va alyuminiy kationlari, sho‘rtoplarga gips solinsa, natriy kationi siqib chiqariladi va buning natijasida tuproqlardagi singdirilgan kalsiy kationlarning miqdori oshadi.

Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling