O’zbekiston mustaqilik davrida;erishilgan yutuqlar va ularning tarixiy ahamyati. «O‘zbekiston Respublikasining mustaqillik davrida erishgan yutuqlari va ularning tarixiy ahamiyati» mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. - «O‘zbekiston Respublikasining mustaqillik davrida erishgan yutuqlari va ularning tarixiy ahamiyati» mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
- Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Markaziy Osiyo xalqaro instituti vakillari, ekspertlar, akademik doira va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
- Tojikiston Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi A.Rahmonzoda O‘zbekiston tarixan qisqa davrda ulkan yutuqlarga erishayotgani hamda bugungi kunda yuqori sur’atda rivojlanayotgan mamlakatga aylanayotganini ta’kidladi.
- Elchining so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning oqilona siyosati tufayli mamlakatda barcha ustuvor yo‘nalishlar jadal rivojlanmoqda. Jumladan, so‘nggi besh yilda Prezidentimiz tomonidan qator davlat dasturlari, konsepsiyalar va milliy strategiyalar qabul qilinishi samarasida iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida muhim natijalar qo‘lga kiritilmoqda.
bugungi kunda yurtimizda turli millat va elat vakillari ahil-inoq yashamoqda. Ularning madaniyati, tili, urf-odatlari va an’analarini asrab-avaylash yo‘lida barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan. A.Rahmonzoda ta’kidlaganidek, O‘zbekiston qo‘shni davlatlar, jumladan, Tojikiston Respublikasi bilan do‘stona munosabatlarni mustahkamlashga katta e’tibor qaratmoqda. Tojikistonda xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik va birodarlik aloqalari yuksak qadrlanadi hamda davlatlararo ko‘p qirrali o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish yo‘lida barcha sa’y-harakatlar amalga oshirilmoqda. - Tojikistonda xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik va birodarlik aloqalari yuksak qadrlanadi hamda davlatlararo ko‘p qirrali o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish yo‘lida barcha sa’y-harakatlar amalga oshirilmoqda.
- Tadbirda Markaziy Osiyo xalqaro instituti direktori A.Nosirov mamlakatimiz mustaqillik yillarida yangi davlat va jamiyat barpo etishda tarixiy yo‘lni bosib o‘tib, olijanob xalqimizning cheksiz irodasi va ulkan salohiyati tufayli yuksak marralarga erishayotganini alohida qayd etdi.
- Keyingi yillarda Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida davlat va jamiyat hayotining barcha jabhalarida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish bo‘yicha besh yilga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasi mamlakatimiz taraqqiyotini yangi bosqichga olib chiqishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Ikki davlat rahbarining siyosiy irodasi tufayli bugungi kunda Markaziy Osiyoda mutlaqo yangicha siyosiy muhit yaratilib, o‘zaro ishonch va hurmat an’analari mustahkamlandi. A.Nosirovning qayd etishicha, bularning barchasi jahon siyosiy lug‘atida «Markaziy Osiyo ruhi» atamasining paydo bo‘lishiga yordam berdi. - Ikki davlat rahbarining siyosiy irodasi tufayli bugungi kunda Markaziy Osiyoda mutlaqo yangicha siyosiy muhit yaratilib, o‘zaro ishonch va hurmat an’analari mustahkamlandi. A.Nosirovning qayd etishicha, bularning barchasi jahon siyosiy lug‘atida «Markaziy Osiyo ruhi» atamasining paydo bo‘lishiga yordam berdi.
- Markaziy Osiyo xalqaro instituti direktori Tojikiston bilan ko‘p asrlik do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash O‘zbekiston tashqi siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri ekanini ta’kidladi.
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 10-11 iyun kunlari Tojikiston Respublikasiga rasmiy tashrifining tarixiy ahamiyati va muzokaralar natijalari alohida qayd etildi.
Jumladan, Dushanbe va Xo‘jandda ikki mamlakat rahbarlari Sh.Mirziyoyev va E.Rahmon tomonidan o‘zaro munosabatlar tarixida ilk marotaba savdo-sotiq, energetika, sanoat, transport, qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorlik bo‘yicha jami 35 ta shartnoma va investitsion bitimlar imzolangani ta’kidlandi. Bularning barchasi O‘zbekiston - Tojikiston munosabatlarining sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilishiga xizmat qiladi. - Jumladan, Dushanbe va Xo‘jandda ikki mamlakat rahbarlari Sh.Mirziyoyev va E.Rahmon tomonidan o‘zaro munosabatlar tarixida ilk marotaba savdo-sotiq, energetika, sanoat, transport, qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorlik bo‘yicha jami 35 ta shartnoma va investitsion bitimlar imzolangani ta’kidlandi. Bularning barchasi O‘zbekiston - Tojikiston munosabatlarining sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilishiga xizmat qiladi.
- Tadbirda ekspertlar, ilmiy va jamoatchilik doiralari vakillari so‘zga chiqib, ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning hozirgi holati, O‘zbekistonda millatlararo totuvlikni ta’minlashga qaratilgan siyosatni yuqori baholadilar.
- Tadbir doirasida elchixona tomonidan «O‘zbekiston Respublikasi mustaqillik davrida» nomli fotoko‘rgazma ham tashkil etildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |