O‘zbekiston mustaqillikka erishgan dastlabki kunlardanoq barcha sohalarda
Download 41.39 Kb.
|
Tarix G\'afur
birinchidan, viloyatning iqtisodiy-industrial imknoyatlaridan kelib chiqgan
holda ushbu viloyatda yangi oliygoh ochish; ikkinchidan, viloyatda kadrlarga bo‘lgan talabni qondirish maqsadida yangi ta‘lim yo‘nalishlarini ochish. Masalan, fransuz tili, nemis tili, kasbiy ta‘lim v.h. uchinchidan, viloyatdagi ushbu ikki oliy ta‘lim muassasalarining fan va texnologiyalar bilan aloqasini kengaytirish maqsadda viloyatdagi korxona va tashkilotlar bilan shartnomalar tuzib zarur maqsadli kadrlar tayyorlash; to’rtinchidan, viloyat oliy ta‘lim muassasalarining xalqaro aloqalarini yanada kengaytirish v.h. O‘zbekiston mustaqilligi xalqimizning ko‘p yillik shonli va nurli sahifalarida tub burilish bo‘lib, insonparvarlik va demokratiya bilan yo‘g‘rilgan yangi bosqichni boshlab berdi. Istiqlol tom ma‘noda xalqimizning azaliy orzu umidlari va tarixiy mentalitetidan kelib chiqqan holda, xalq, millat falsafasiga aylanib ulgurdi. Bu haqda Birinchi Prezidentimiz I. A. Karimov yuksak faxr va iftixor bilan ―Bugun biz erkinlik havosidan nafas olib yashayotgan, o‘z qadr-qimmatini, insoniy sha‘nini, ne-ne ulug‘ zotlarning vorisi ekanini, o‘zligini anglagan, milliy g‘urur va iftixorini tiklagan jahon hamjamiyatida o‘ziga munosib o‘rin egallab, XXI asrga dadil qadam qo‘yayotgan buyuk xalqmiz- deb ta‘kidlagan edilar. Darhaqiqat, bu inkor etib bo‘lmas xaqiqat. Xalqimiz yangi mingyillikka tub islohotlar orqali o‘ziga xos yangilanishlar va modernistik taraqqiyot bilan dadil qadam tashlamoqda. Bu taraqqiyotning zamirida, ildizida, mafkuraviy-ma‘naviy negizlarida umummilliy va umuminsoniy qadriyatlar bilan yo‘g‘rilgan demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini qurish g‘oyasi, maqsadi yotadi. Bunda albatta ta‘lim-tarbiya sohasining ahamiyati katta. Download 41.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling