Sublimatsiyali quritgich.
1-quritish kamerasi; 2-nasos; 3-isitgich; 4- kondensator-muzlatgich; 5-vakuum nasos.
Material tarkibidan namlikni chiqarib yuborish uch bosqichdan iborat: 1) quritish kamerasida bosim kamayishi bilan namlikning o’z-o’zidan muzlashi sodir bo’ladi va materialni uzidan chikkan issiqlik hisobiga muzning bug’ga aylanishi yuz beradi (bunda bor namlikning 15 % i ajraladi); 2) namlikning asosiy qismi sublimatsiya yo’li bilan ajralishi, bu quritishning o’zgarmas tezlik davriga to’g’ri keladi; 3) qolgan namlik materialdan issiqlik ta’sirida ajratiladi. Sublimatsiyali quritish paytida namlikning material yuzasidan bug’ holida tarqalishi effuziya (ya’ni bug’ malekulalarining bir-bir bilan o’zaro to’qnashmasdan erkin harakati) yo’li bilan boradi.
Sublimatsiyali quritish uchun past temperatura va kam miqdordagi issiqlik talab qilinadi, biroq energiyaning umumiy sarfi va qurilmani ishlatishga ketadigan umumiy mablag’ sarfi boshqa quritish usullariga qaraganda (dielektrik quritishdan tashqari) ancha yuqori. SHu sababli sublimatsiyali quritish ayrim paytlardagina ishlatiladi. Xozirgi kunda sublimatsiya usuli bilan asosan yuqori temperaturalarga chidamsiz va biologik xossalari uzoq vaqt saqlanib qolishi zarur bo’lgan qimmatbaho moddalar (penitsilin va boshqa meditsina preparatlari, yuqori sifatli kimyo mahsulotlari) quritiladi.
.
|