O’zbekiston oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi berdax nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/12
Sana25.02.2017
Hajmi5.01 Kb.
#1251
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
ishlab chiqaruvchilar va tadbirlar palatasi, Lizing kompaniyasi tashkil etildi. 
O’zbekistonning tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga qaratilgan 
siesati respublikaga xorijiy sarmoyalarning to’xtovsiz kirib kelishini 
ta`minlamoqda. O’zbekiston hukumati Kanada, XXR, Turkiya, Gollandiya, 
Germaniya, Shveytsariya banklari va firmalari bilan 1,5 milliard AQSh dollari 

hajmida 32 ta yirik kredit bitimi tuzdi va ular amalga oshmoqda. Faqat 1994 
yilda respublikaga 640 million AQSh dollar miqdorida investitsiya kreditlari 
berish to’g`risida xalqaro moliya muassasalari va xorijiy sarmoyadorlar bilan 
tuzilgan bitimlar asosida Amerikaning «N`yumont-Mayning» kompaniyasi bilan 
hamkorlikda oltin qazib oladigan  «Zarafshon-N`yumont» qo’shma korxonasi 
qurilib ishga tushirildi. Toshkentda xalqaro savdo-ko’rgazma kompleksi, 
Xorazmda qand-shakar zavodi qurildi. 
Janubiy Koreya sarmoyalari bilan «O’zDEU avto», «O’zDEU elektroniks» 
hissadorlik birlashmalari keng faoliyat ko’rsatmoqda. Germaniya va Janubiy 
Koreya bilan hamkorlikda telefon tarmoqlari yangilanmoqda. 
1997 yil oxirlarida O’zbekistonga kiritilgan investitsiya-larning umumiy 
hajmi 8 milliard AQSh dollarini tashkil etdi. Hozirgi kunda dunening xorijiy 
mamlakatlari sarmoyalari ishtiroqida 3200 dan ortiq qo’shma korxonaning qatta 
qismi faoliyat ko’rsatmoqda, bir qismi qurilmoqda. 
O’zbekistonning barcha rivoj topgan xorijiy mamlakatlar bilan tashqi 
iqtisodiy, siesiy, madaniy aloqalari kengayib bormoqda. 
O’zbekiston Respublikasi tashqi siesatida Hamdustlik mamlakatlari bilan 
ikki tomonlama hamkorlikni yo’lga qo’yish va rivojlantirish alohida axamiyatga 
egadir. O’zbekiston hamdustlik g`oyasini qullab, uning ta`sis etuvchilaridan biri 
bo’lib ular bilan iqtisodiy integratsiya hamda savdo aloqalarini mustahkamlash 
borasida faol ish olib bormaqda. O’zbekiston davlatlararo iqtisodiy ko’mita, 
davlatlararo iqtisodiy ko’mita,davlatlararo bank va boshqa hamdustlik iqtisodiy  
tuzilmalarining shakllanishida faol ishtiroq qilmoqda. 
O’zbekiston Respublikasi hamdo’stlik doirasida ikki tomonlama tashqi 
siesiy, savdo, iqtisodiy  va boshqa shartnoma hamda kelishuvlarni Rossiya, 
Ukraina, Belorussiya, Moldaviya, MDH ning boshqa mamlakatlari bilan imzolab 
uzaro manfaatli hamdo’stlik aloqalariga mustahkam asos yaratdi. 
MDH borasida ayrim davlat raxbarlarining tashabbuskorligi muxim rol` 
o’ynadi. 1992 yil mayda MDH davlat raxbarlari Toshkent uchrashuvida 
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov tashabbusi bilan kollektiv 
xavfsizlik to’g`risida shartnoma imzolandi. 
Hamdustlikka a`zo bo’lgan davlatlarga milliy mudofaani kafolatlashga, 
ilmiy texnika taraqqieti yutuqlari va aloqa vositalari, yangi texnologiyaga 
erishishga, xorijiy davlatlardan mahsulot tashish, zarur xom-ashe va tayer 
mahsulotlarni keltirish hamda o’z mahsulotini jahon bozoriga olib chiqish, 
ekologiya sohasida tadbirlarni birgalikda o’tkazish, tabiiy ofatlar oqibatini 
tugatish uchun imkoniyatlar yaratildi. 
MDH davlatlari orasida munosabatlar tizimi va yo’nalishining tubdan 
o’zgarishida O’zbekistonning mavqei mustahkamlanmoqda. Respublika bu 
davlatlarning ko’pchiligidan savdo to’lov sohasida  manfaatdorlikka ega. Shu 
bilan birga shuni alohida ta`kidlab aytish zarurki, sobiq Ittifoqni qayta tiklashga 
urinish, ma`muriy buyruqbozlik bosh-qaruv tuzumiga qaytish O’zbekiston uchun 
umuman to’g`ri kelmaydigan harakatdir. 

O’zbekiston tashqi siesatining muhim yo’nalishlaridan biri O’rta Osiedagi 
yangi mustaqil davlatlar - Qozog`iston, Qirg`iziston, Tojikiston, Turkmaniston 
bilan hamkorlik, qardoshlarcha do’stlik aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan. 
Qardosh xalqlarning tarixi, madaniyati, urf-odatlari, an`analari, turmush tarzi va 
boshqa ko’pgina tomonlari bir-biri bilan chambarchas bog`liq. Bugungi kunda 
O’rta Osie davlatlarining siesiy, iqtisodiy, madaniy, ekologik muammolari 
o’zaro aloqalarni ko’chaytirishni talab qiladi. Shularni hisobga olib 1994 yil 10 
yanvarda O’zbekiston Respublikasi bilan Qozog`iston Respublikasi o’rtasida 
tovarlar, xizmatlar, sarmoyalar va ishchi kuchlarining erkin o’tib turishini 
nazarda tutuvchi hamda o’zaro kelishilgan kredit, hisob-kitob, byudjet, soliq, 
narx, boj va valyuta siesatini ta`minlovchi yagona iqtisodiy makonni tashkil etish 
to’g`risida shartnoma imzolandi. Bu shartnomaga Qirg`iziston, keyinchalik 
Tojikistonning ham kirishi O’rta Osie mintaqasida iqtisodiy integratsiya 
jaraenining chuqurlashuviga katta imkoniyat yaratdi. Kelishuvda qatnashgan 
mamlakatlar vakillarining davlatlararo ijroiya qo’mitasi Olmaota shahrida 
joylashgan bo’lib, Toshkent shahrida hududiy Markaziy bank faoliyat 
ko’rsatmoqda. 
1995 yil 15 dekabrda Qozog`iston, Qirg`iziston va O’zbekiston 
Respublikalari davlatlararo Kengashining navbatdagi majlisi bo’ldi. Prezidentlar 
2000 yilgacha bo’lgan iqtisodiy integratsiya va birinchi navbatda sarmoya 
sarflanishi lozim bo’lgan loyihalar dasturlarini haetga joriy etish, 
kommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish masalalarini muhokama etdilar. 
Integratsiya dasturi yuzasidan 53 ta loyiha ishlab chiqildi. O’rta Osie davlatlari 
rahbarlarining Qizil O’rda (1993), Nukus (1994), Tashhovuz (1995) shaharlarida 
bo’lib o’tgan uchrashuvlarida Orol dengizi muammosiga bag`ishlangan chora-
tadbirlar ko’rildi. 
O’rta Osie davlatlari hamdo’stligining tuzilishi ularning boshqa 
davlatlardan uzoqlashishini ko’rsatmaydi, balki murakkab o’tish davrida mintaqa 
mamlakatlarining o’zaro erdam va hamkorligini chuqurlatishga qaratilgandir. 
Xulosa qilib aytganda, O’zbekistonda tarixiy jihatdan qisqa bir davrda 
xalqaro munosabatlarni yo’lga qo’yish va rivojlantirish borasida bir necha o’n 
yillarga arziydigan ishlar amalga oshirildi. O’zbekiston o’zining tinchliksevar, 
yaxshi qo’shnichilik, o’zaro foydali hamkorlikka qaratilgan siesati va faoliyati 
bilan butun dunega tanildi, jahon hamjamiyatida o’zining munosib o’rnini 
egalladi, uning mavqei yildan-yilga mustahkamlanib bormoqda. 
 
 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling