O’zbekiston oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi berdax nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/12
Sana25.02.2017
Hajmi5.01 Kb.
#1251
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12

 
 
 
TURKISTONDA MUSTABID SOVET XOKIMIYaTINING 
URNATILIShI.  ISTIQLOLChILAR HARAKATI 
 
REJASI: 
1. 1917 yil fevral` inkilobining Turkistonga ta`siri 
2. Turkistonda mustabid Sovet xokimiyatining urnatilishi 
3. Istiqlolchilar xarakatining boshlanashi, uning moxiyati,  xarakatga 
keltiruvchi kuchlari 
4. Xiva xonligi va Buxoro amirligining  tugatilishi 
 
ADABIETLAR: 
1. Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. T., 1998 
2. O’zbekiston tarixi (1917-1993). Toshkent. O’qituvchi, 1994. 
3. O’zbekiston tarixining dolzarb muammolariga yangi chizgilar. Sharq, 
Toshkent, 1999/ 
4. Tursunov I.Y. O’zbekiston muarifchilarining istiqlol yo’lidagi ishlari 
tarixidan (1917-1939) T. 1995. 

5. Bosmochilik: haqiqat va uydurma. Sharq yo’lduzi. 1991, 2-3 sonlari. 
6. Yo’ldoshev M. Ok Qizil imperiya va musulmonlar. Xalq so’zi. 1992, 17 
yanvar`. 
7. Xasanov M. Turkiston muxturiyati. Fan va turmush. 1990, 8-son. 
8.O’zbekistonning yangi tarixi.2-kitob.O’zbekiston sovet mustamlakachiligi 
davrida. T.2000 
9.O’zbekiston tarixi. T.2003,2006 
 
1917 yil fevral oyida Rossiyada demokratik inkilob g`alaba qozondi, 
podshox xokimiyati ogdorilib tashlanib demokratik ko’p partiyali Muvakkat 
xukumat tuzildi. Jaxon urushi xamda Rossiyadagi inkilobiy vokeyalar ta`siri 
Turkistonga xam etib keldi. Ulkada yangi xokimiyat tuzulmalari barpo qilish 
yuzasidan kuchli jaraen boshlanib ketdi. Joylarda ishchi va soldat deputatlari 
sovetlari tuzula boshladi. Ular inkilobiy demokratiyani ta`minlash va Muvakkat 
xukumat maxalliy muassalarining xatti xarakatlari ustidan nazorat olib borish 
xuquqini da`vo qiladigan qurallangan xalq organlari ta`riqasida tashkil topib 
bordi. Bu sovet xay`atiga asosan evropalik axoli vakillari kirdi. Muvakkat 
xukumatining 1917 yil 7 apreldagi qarori bilan ulkaga raxbarlik qilish uchun 9 
kishidan iborat Turkiston ko’mitasi yuborildi. Ulkaning maxalliy axolisi ham 
siesiy kurash javxasiga tortildi. Jadidlar paydo bo’lib kelaetgan milliy-
demokratik kuchlarning etakchisi bo’lib maydonga chiqdilar. Ular demokratik 
inkilobga katta umid bog`lab, uning g`oyalarini amalga oshirishga xarakat qilish 
bilan birgalikda milliy birlikni mustaxkamlashga kirishdilar. 1917 yil 9 martda 
Toshkentda Munavvarkori Abdurashidkonov boshchiligida «Shuroy islom» 
tashkiloti tuzuldi. 14-martdagi bo’lib utgan  yig`ilishida «Shuroy islom»ning 15 
kishidan iborat raesati tuzildi. Uning xay`atiga Munavvarkoridan tashqari 
Abdurauf Fitrat, Ubaydulla Xojaev va boshqalar kirdi. «Shuroy islom»ning 
asosiy maqsadi Turkiston musulmonlarini birlashtirishga doir ishlarni avj 
oldirish, Ta`sis  majlisiga taerganlik kurish, Turkistonga milliy-diniy muxtariyat 
berdirish, shaxsiy mulk egaligini saqlab qolish va boshqalardan iborat edi. Tezda 
ulkaning boshqada joylarida ham «Shuroy islom»ning shu`balari tuzildi. 1917 yil 
iyun oyida «Shuroiy islom»ning bir guruhi (kuproq ruxoniylar) bu tashkilotdan 
ajrab chiqib, uzining «Shuron ulamo» tashkilotini tuzdi, 1917 yil mart-aprel 
oylarida Toshkent, Samarqand, Farg`ona va boshqa shaxarlarda musulmon 
mexnatkashlari kasaba uyushmalari tuzildi. Shu tarzda milliy demokratiya tobora 
usib bordi. 
1917 yil 16-aprel`da Toshkentda «Shuroiy islom» tashabbusi bilan 
Butunturkiston musulmonlari 1 qurultoyi bo’lib utdi. Qurultoy Rossiyada 
Federativ demokratik respublika ta`sis etish, barcha  xalqlarga, jumladan 
Turkiston xalqlariga ham milliy muxtariyat berish g`oyasini kullab-kuvvatladi. 
Qurultoyda Turkiston ulkasi  musulmonlari soveti (Ulkamussovet) tuzuldi. 
Shunday qilib 1917 yil 1 yanvarga (14-noyabrga qadar ulkada siesiy vaziyatni 3 
ta asosiy kuch belgiladi. Bular : Muvakkat xukumatning  Turkiston kumitasi , 

Ulkamusovet, Ulka ishchi va soldat deputatlari Soveti. Milliy demokratiyaga 
etakchilik qilgan Ulka mussoveti Muvakkat xukumatni qullab-quvvatlasa da, 
Ishchi va soldat depuptatlari Sovetidagi bolsheviklar faoliyatiga qarshi turdi. 
Ulkadagi evropalik aholiga tayangan Ishchi va soldat Sovetlari sinfiylik 
zaminida turib bolsheviklarni ekladilar. 1917 yilda sul unsurlar Toshkent Yangi 
shaxar soveti raxbariyatini o’zgartirib, uni qo’lga oldilar. Natijada ulkadagi 
siesiy muxit keskinlashib bordi. 1917 yil oktyabrda Toshkent soveti soldatlarini 
o’z tomoniga og`dira boshladilar. Asli Rossiyalik ishchilar ham unga erishdilar. 
«Turkiston Bosh komissari» qilib tayinlangan general P.A.Korovichenko 
kumondanlgidagi jazo otryadi bolsheviklashgan Toshkent soveti urtasida qurolli 
tuxnoshuvlar bo’ldi. 1 (14) noyabrda Tashsovet Turkistonda Sovet-Shuro 
xokimiyati urnatilganligini e`lon qildi. 1917 yil 1 noyabrda Sovetlar Termiz va 
Kattagkurgonda 25 noyabrda Yangi Buxoro da 28 noyabrda Samarqandda, 7 
dekabrda  Namanganda xokimiyatni o’z qo’liga oldi. 
Ishchi va soldat deputatlari Sovetlarning 3 -Ulka s`ezdi (15-22 noyabr) 
Turkiston ulkasini tuzdi, bu xukumatga 8 sul eser va 7 bolshevik kirdi. 
Xukumatga maxalliy axolidan bironta ham vakil kiritilmadi. 
Rossiyaning bolsheviklar  xukumati avvaliga Rossiya imperiyasidagi 
musulmon xalqlar, shu jumladan  Turkiston xalqlari ham, uz tag`dirlarini uzlari 
belgilash xuquqiga ega, bu xalqlarning urf-odatlari, dini, milliy an`analari 
xurmat qilindi, deb ishontirdi. Lekin amalda Turkistonda, shuningdek Buxoro 
amirligida Xiva xonligida mustaqillikga qaratilgan xar qanday sa`y-xarakatlar 
qat`yan rad qilinib borildi. 
Turkiston XKS 1917 yil oxirlarida o’z qarori bilan «Shuroi islom», «shuroi 
ulamo» va boshqa mahalliy demokratik tashkilotlarni tarqatib yubordi. Bu 
tashkilotlarning raxbarlari keyinchalik «turkiston muxtariyati»ga qo’shilib, 
istiqlolchilik harakatini olib bordilar. Rossiya bolsheviklari Ulka xalqlarining 
madaniy-ma`rifiy va iqtisodiy kalokligi sababli ularga rivojlangan xalqning 
erdami shart, degan asossizshovinistik akidalar tarqatdi. Markaz yuborgan 
vakolatli tashkilotlar va  bolsheviklar boshqaruv tizimini o’z qullarida saqladilar. 
Ulkani  avvalgidek xom ashe, birinchi navbatda  paxta  etishtiradigan xolatda 
tutish g`oyasi shakllanib, amalga tatbik etila boshladi. 
Sovet xokimiyati e`lon qilgan shiorlarga amal qilib va ulkadagi 
bol`sheviklar tutgan yo’lga javoban erli xalq vakillari Turkiston mustaqilligiga 
qaratilgan chora-tadbirlarni kurdilar. 1917 yil 26-28 noyabrda Quqon shaxrida 
Ulka musulmon axolisi  jamoatchiligining  favkulodda 4 qurqltoyi bo’ldi, unda 
qariyb 200 vakil qatnashdi. Asosiy masala -Turkistonni demokratiya yo’li bilan 
boshqarish tomon qadamlarni belgilash, deb topildi. Turkiston muxtariyati 
Turkistonning tula mustaqilligini eqladi, o’ziga  butun berilishini talab qilib 
chiqdi. Vakillar Butunrossiya ta`sis majlisi xokimiyat shaklini belgilaydi, degan 
umumiy fikrni qulladilar va ungacha ulkani boshqarib turish uchun Turkiston 
Xalq majlisi va ijro etuvchi xokimiyat - Turkiston Muvakkat kengashini 
sayladilar. Muvakkat xukumatga Muxammadjon Tojibaev (bosh vazir, ichki 

ishlar vaziri), Islom Shoaxmedov (bosh vazir o’rinbosarai), Mustafa Chukaev 
(tashki ishlar vaziri), Ubaydulla Xujaev (harbiy vazir) va boshqalar saylandi. 
Evropalik axoli vakillarining bu xukumatiga qarshi uchun 4 o’rin qoldirildi. 
Ulkadagi Ishchi va soldat Sovetining  boshida turgan bolsheviklar Muxtar 
Turkiston xukumatini tan-olmadilar, uning odilxona dasturi, ya`ni erli xalq 
manfaati inkor qilindi. Quqon soveti Turkiston muxtariyatiga qarshi asosiy kuch 
bo’ldi. 1918 yil 14 fevralda Turkiston XKS Farg`ona vodiysida harbiy xalot 
e`lon qildi. Qo’qonning Eski shaxar qismida joylashgan Mu`tariyat xukumatini 
zo’rlik bilan yo’q qilishga kirishildi, dastlabki tuxnashuvlar bo’lib o’tdi. 1918 yil 
fevral oyi boshida Turkiston XKS Qo’qon sovetiga madad berib 11 eshelon 
harbiy kuch yubordi. 18-19  fevralda Qo’qon muxtariyatiga qarshi xujum 
xarakatlari boshlab yubordi. 
Muxtar xukumati faoliyatida ham  kiyinchiliklar yuzaga chiqa boshladi. 
Yanvar oyi boshida M.Chukaev bosh vazir etib tayinlandi. Oziq-ovqat, moliya-
pul muamolasi, xarbiy masalalar jiddiy  muammolarga aylanib bordi. Muxtariyat 
militsiyasiga boshchilik qilgan Ergash va uning tarafdorlari bol`sheviklarga 
qarshi xarbiy  xarakatlarni boshlashga oshiqdilar. Qo’qon Ishchi va soldatlari 
Soveti Skobelevdan etib kelgan otryadga tayanib Muxtariyat xukumatiga qat`iy 
ul`tumatum quyadi. Qo’qon soveti Eski shaxarni to’plardan ukka tutdi. Kucha 
janglari, ko’plab talofatlar, enginlar axolini vaximaga soldi, sarosimaga tushgan 
odamlar shaxarni tark eta boshladilar. Shunday sharoitda Ergash xokimiyatni o’z 
quliga oldi, Muvakkat xukumat a`zolarining ba`zilari kamokka olindi, ba`zilari 
Qo’qondan  chiqib ketdi. 
1918 yil 8 fevralda Qo’qon soveti  kuchlari va Toshkentdan yuborilgan 
harbiy qismlar Eski shaharga  bostirib kirdilar, muxtariyatchi kuchlar qarshiligi 
sindirildi va ular shaxardan chekindi. Muxtar xukumat vakillarining ko’pchiligi 
otib toshlandi. Bolsheviklar xukumati tinch ohalini qirg`in qilishdi. Arman 
dashnoklaridan foydalandi. Turkiston muxtariyati erli xalqlar orzu-umidi va 
maqsad irodalarini, milliy demokratiyani royabga chiqarishga qaratilgan amaliy 
urinishlaridan biri edi. Uning zo’rlik bilan tugatilishi o’lkada keng aks soda 
berdi. 
Turkistonda Oktyabr tuntarishidan keyin istiqlol uchun harakat  1918 yili 
Qo’qon (Turkiston) muxtariyatining yo’q qilinishi va undan keyingi zurovonlik 
va shafqatsizliklar, Buxoro xonligiga qarshi Kolesev avantyurasi va uni 
sharmandalarcha barbod bo’lishi bilan boshlandi.  Ayni vaqtda istiqlol uchun 
kurashganlarning zo’lim va zurovonlikka taqot qilmasligi,  istiqlolga intilish 
irodasi kuchli ekanligi nomaen  bo’ldi. Farg`ona vodiysida o’nlap guruxlar 
janbozlik  ko’rsatdi, kurboshilar soni yuzdan ortdi. 1918 yilning ezida  
Muxammad Aminbek xam uzi boshliq Marg`ilon militsiyasi otryadi bilan 
kurboshilar tomoniga utdi. Ergashlar, Muxammad Aminbek, Shermuxammadbek 
va boshqalar istiqlol xarakatiga boshchilik qildilar. 1918 yilda Ergash kurboshi  
etakchiligidagi yigitlar soni 1800 kishi edi,  qarshilik ko’rsatuvchilar soni 
15000ga etdi.  Faol xarakatlar Qo’qon va Namangan shaxarlari atrofida kengayib 

bordi. Bashir qishlog`ida musulmon qo’shinlarining bosh kumondani etib Ergash 
saylandi. Muxammad Aminbek va Shermuxammadbek uning o’rinbosarlari 
bo’ldi. Istiqlolchilar Qizil Armiya qismlari va bolsheviklar bosqinidan o’z Vatani 
ozodligi, Islom dini va urf-odatlarini ximoya qildilar. Ularning 
murojatnomalarida axolini, 1-navbatda dexkonlarni talash, ularga nisbatan Qizil 
Armiya zurovonligini, din va milliy urf-odatlar toptalishini qat`yan tuxtatish, 
xokimiyat idoralarini shakllantirishda erli-axoli xuquqini cheklamaslikka va 
ilgari surulgan. Bunga javoban Turk komissiya, Turkiston Respublikasi 
inqilobiy, xarbiy kengashi, Farg`ona vodiysiga ko’shimcha xarbiy qismlar, qurol 
aslaxa yuborishni jadallashtirdi.  
1919-yil 25-fevralda Turkiston MIK bolsheviklar xokimiyatini saqlab 
qolish uchun Farg`ona frontini tuzishga qaror qildi. Usha yili ez oylarida 
istiqlolchilar xarakati yana avj oldi. Yirik kurboshilar kuchi birlashtirildi. Xar 
ikkala tomon jiddiy taergarliklarni kuchaytirib yubordi. Xitoy chegarasi ekinida 
1919-yil oktyabrda kurboshilar kurultoyi bo’ldi. Unda Madaminbek boshliq 
Farg`ona muvakkat xukumati tuzildi. Shuningdek vodiyda xarakat qilib turgan 
kariyb 150 mayda gurux Madaminbek, Ergash, Shermuxammadbek va Xalxo’ja 
boshchiligida to’rt yirik qismga birlashtirildi. Ikki tomon o’rtasida qurolli 
tuqtashuvlar asosan dexkonlarga ko’p kulfat keltirdi. Shu sababdan dexkonlar 
ayanchli axvolni engillashtirish xaqida bolsheviklarning bergan vadalariga 
ishondilar. Shu asnoda 1920-yilning boshida istiqlolchilik kuchlarga jiddiy zarba 
berildi. Madaminbek bilan 2-Turkiston diviziyasi kumondonligi o’rtasida 
1920yil 6 martda sulx bitimi imzolandi. Madaminbek vodiyda tinchlik o’rnatish 
uchun vosiytachilik qilishga kirishdi, lekin u 1920 yil may oyida Kurboshi 
Xalxo’ja tomonidan xoyinona o’ldirildi.  
Qarlishik ko’rsatish xarakatining pasayib borishi uning natijasiz tugashi 
emas edi. Qishloqda sinfiy tabakalanishni amalga oshirish bir necha yilga 
kechiktirildi, Islom dini qozixonalarni ta`qib qilish tuxtatildi, dexkonlarga 
munosabatda ixtietgarlik choralari ko’rildi.  
1017 yil 7 aprel kuni Said Olimxon mamlakatda isloxotlar utkazish 
to’g`risida farmon chiqardi. Bir qadar demokratik tartib urnatish kuzda tutildi. 
Lekin amirlikdagi ijtimoiy xarakatning kuchayishi tomonlar urtasidagi 
kelishmovchilik va ziddiyatlarni keskinlashtirib yubordi. Oktyabr tuntarishidan 
keyin Rossiya bilan Buxoro urtasida munosabatlar emonlashdi. 1918 yil 9 iyulda  
Buxoroda  Turkiston ASSRning ma`sul muxtor vakili ta`zis etildi. Turkiston 
bolsheviklari Buxoro xukumatina ganimlik qilib, amirlikdagi sud aryuoblarini 
kuvvatladilar va amir xukumatini ag`darishga urindilar. 1918 yil mart oyida 
Turkiston XKS raisi  F.Kolesov kumondonligida mamlakat poytaxxti Buxoroga 
qilingan avantyuristik barbod bo’lsa xam Buxorodagi siesiy tuzumni  uzgartirish 
uchun urinish tuxtamadi. 
Sul arbobning amirga qarshi  tashkilotlari kuchaydi. Ichki xamda tashki 
muxolif kuchlar amir xokimiyatini ag`darish uchun taerganlik kura boshladi. 
Avolni barkorarlashtirish uchun sullardan kariyb 3 ming kishini katl qilindi. 

Qolganlari Samarkand va Toshkentga  qochib sovet xokimiyatidan madad 
kutdilar. Sullarning taraqqiy parvar-jadid zielilaridan tarkib topgan esh 
buxoroliklarning bir qismi 1918 yilning ezida Toshkentda Buxoro 
Kompartiyasini tuzdi. 1920 yil yanvarda Toshkentda Fayzulla Xujaev 
boshchiligida Esh buxoroliklar partiyasining Turkiston Markaziy byurosi tashkil 
etildi. Bolsheviklar Esh buxoroliklardan amirlik xokimiyatini ag`darishda 
foydalanildi. 
1920 yil avgust oyi oxirida Frunze kumondanligidagi Turkiston  frontining 
kushinlari «qo’zg`olon kutargan Buxoro mexnatkashlariga erdam ko’rsatish» 
nikobi ostida Buxoroga bostirib kirdi. Buxoro amiri uz tarafdorlarining bir qismi 
xamroxligida shaxarni tark etdi. 2 sentyabrda Buxoro ishgol qilindi. 14 
sentyabrda Umumbuxoro Inkilobiy kumitasi va xukumat - Xalq nazirlar 
kengashi tuzuldi. A.Muxiddinov va F.Xujaev  xokimiyat  boshliqlari bo’ldilar. 
1920 yil 8-oktyabrda Buxoro xalq Sovet respublikasi (BXSR) tuzildi. 1921 yili 
4-martda «Ittifok shartnomasi» va «Iktisodiy bitim» kabilar imzolandi. 1921 yil 
23-sentyabrda Konstitutsiya qabul qilindi. Fuqarolar teng xuquqligi, xurriyat 
e`lon qilindi. Lekin inkilobiy uzgarishlar - amirlar ma`muriyati urta va maxalliy 
avlodlarning  epposiga qibsga olinishi, kuplarning otib tashlanashi, amir  
xazinasining olib ketilishi, axolining sinflar va tabakalarga bo’lib muamola 
qilinishi, xususiy mulkni zurlik bilan tortib  olinishi, oziq-ovqat razvertkasining 
joriy qilinishi va uni kattikullik bian amalga oshirilishi, din axli, milliy zielilarga 
dushmanlik taziyki jiddiy ommaviy  narozilikni keltirib chiqardi. 
Buxoro Respublikasi xukumati xay`atida siesiy bulinish yuz berdi. «Sullar» 
guruxi markaz va uning Turkistondagi siesiy  organlari kursatmasi buyicha 
ishtutib inkilobiy yo’lni amalga oshirdi. F.Xujaev, A.Muxiddinov, A.Mansurov, 
A.Fitrat, Sattarxujaev, M.Saidjonov, M.Aminov, Otaxujaev va boshqalar 
xukumatda demokratik guruxni tashkil qildilar. Bular mu`tadl mavkeda turib  
Buxoro Respublikasining mustaqilligi, e`tikod  erkinligi, isloxotlarni eklab 
chiqdilar. 
Ammo tashqaridan qilingan tazyiklar kuchayib bordi. Inkilobiy ekstremistik 
unsurlar tomonidan 1923 yil avgust oyida konstitutsiyaviy xukumat xay`ati 
uzgartirildi, barcha savdogarlar, sobik amaldorlar fukarolik xukuklardan maxrum 
etildi. Buxoroning garbiy, markazi va sharkiy kismlarida bolsheviklar zulmligiga 
karshi istiklolchilar xarakati boshlanib shiddat bilan davom etdi. Qizil armiyaga 
qarshi 50 dan ortiq guruxlar xarakat qildi, ularga mulla Abdulkaxxor, 
Ibroximbek, Anvar poshsho raxbarlik qildilar. Ammo bolsheviklar qizil armiya 
kuchidan maxalliy guruxlarni qarama-qarshi quyishdan ustalik bilan foydalanib 
istiklolchilik xarakatiga zarba berdi. 
Buxoro Kompartiyasi 1922 il 1-fevral`da RKP (b) tarkibga kiritildi. 1923 
yilda Turkiston, Buxoro va Xorazm iktisodiy jixatdan birlashtirildi va uni 
boshkarish uchun Urta Osie Iktisodiy kengashi tuzuldi. 
1917 yil 5 aprel kuni Xivada Esh xivaliklarning talabi bilan xon 
xokimiyatini cheklovchi ma`nifest e`lon qildi. Lekin bu uzokga chuzilmadi. 

Iyun` oyida Esh xivaliklar mag`lubiyatga uchradi, noyabr` oxirida esa majlis 
tarqatilib yuborildi. 
Qizil armiya, sovet Rossiyasi Xorazmga xam taxdid solaverdi. 1917 yili 
turkmanlar evmut kabilasi sardori Junaidxon Kurbon Mamed muxojirlikdan 
Xivaga qaytib kelib, qisqa vaqt ichida bir yarim ming kishilik turkmanlar 
dastasini tupladi. Xonlikdagi bazi voqealar jaraenida Junaidxon  xukimronlikni 
qulga olib, 1918-20 yillarda  xon nomidan xokimiyatni boshqardi. Xiva 
xonligiga qarshi fitnlarni Turkiston KP va Turkiston Mik Petr 
Aleksandrovskdagi qizil armiya qismlari va u erda tuplangan muxolif guruxlar 
orqali boshqarib turdi. Junoidxonga rakib bo’lgan turkman kabilari boshliqlari 
Kushmamedxon va gulomxonlar xam bu fitnaga rag`batlantirildi. Esh xivaliklar 
va yangi tuzulgan Xiva Kompartiyasi bu kuchlarga kushildi. Kompartiya  
kuchlarni sinab kurish maqsadida 1919 yil noyabrda axolining bir qismini xonga 
qarshi aeklantirib galaen uyushtirdi. Qizil armiyaning katta kuchlari 1919 yilning 
sungi kunlari xonlikning chegaralariga shimoliy qismiga N.Shaydakov va 
janubiy qismga N.Sherbakov kumondonligida bostirib kirib, 1920 yilning 1 
fevralida poytaxtni ishgol qildi. Xiva xoni Sayd Abdullaxonni taxtdan voz 
kechishga majbur qildi. Xokimiyat Muvakkat inkilobiy xukumati deb atalmish 
gurux kuliga utdi. Usha yili 26 aprelda XXSR tuzilganligi e`lon qilinib, darxol 
uning konstitutsiyasi qabul qilindi. Esh xivaliklardan Polvoniez Yusupov Xalk 
nozirlar kengashi raysi, J.Sultamurodov va Kushmuxamed Sapiev uning 
movinlari buldi. Tuzilgan xukumat asosan Esh xivaliklardan iborat edi. 
Xorazmda xalq manfaatlariga qarshi boshlangan tadbirlari siesiy vaziyatni 
keskinlashtirdi. P.Yusupov mu`tadil isloxotlarni ekladi, vakflarning tugatilishiga 
qarshi chiqdi. Xorazm sovet xokimiyatini saqlab qolish uchun Turkkomissiya 
Xivaga favkulotda komissi junatdi. Terror kuchaydi. 1921 yil mart oyida 
P.Yusupov boshchiligidagi Esh xivaliklar ag`darib tashlanib, kommunistlardan 
yangi xukumat tuzildi. 1921 yil may oyida tuzilgan xarbiy siesiy bitimga kura, 
RSFSR xukumati qizil armiya qismlarini istiklolchilarga qarshi kurashish uchun 
Xorazmda qoldirdi. 1923  yil oktyabrda XSSR deb e`lon qilindi va yangi 
Konstitutsiya qabul qilinib, vakf erlari musodara etildi, matlubot kooperatsiyalari 
qishlok xujalik shirkatlari tuzuldi. Mexnatkash kashshok bulmagan axoli 
qatlamlari fukarolik xukukidan maxrum etildi, e`tiborli shaxslar xukumatdan 
xaydaldi. Axoli orasidda gazablanish va  norazilik keskin kuchayib, 1921 yili 
xalq kuzg`olon kutardi. 1924 yilning yanvarida Xiva atrofida 10-15 ming pieda 
va otlik kuzg`olonchilar tuplandi. Zudlik bilan etib kelgan qizil armiya qismlari 
ularga xujm qildi. Lekinn kurash davom eta berdi. 
O’ZBEKISTON-ShUROLAR IMPERIYaSI TARKIBIDA 
(1925-1941 yillar) 
REJASI: 
 
1. Milliy davlat tarakkieti va ijtimoiy-siesiy xaet 
2. O’zbekistonda sanoatlashtirish va agrar siesat 

3. Ma`muriy buyruqbozlik tizimining qaror topishi 
 
ADABIETLAR: 
 
1. Karimov I.A. Uzbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siesat, mafkura. t.1. T., 
«O’zbekiston» 1996 
2. Karimov I.A. O’zbekiston buyuk kelajak sari. Toshkent, «O’zbekiston» 
1998. 
3. Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. Toshkent, O’zbekiston, 
1998 
4. Karimov I.K. Uzbekistonning uz istiqlol va tarakkiet yo’li. T., 
«O’zbekiston», 1992. 
5. Usmonov Sh. Katagon qurbonlari. Toshkent, «O’zbekiston» 1992 
6. Sharafuddinov Ozod. Istiqlol fidoilari. Toshkent. 1993 
7. Maxmudov M. Katagan qurbonlari. T., Uzbekiston, 1991. 
8. Tursunov I.Y. O’zbekiston moarifchilarning istiqlol yo’lidagi ishlari 
tarixidan (1917-1939y.y.) T. 1995. 
9. O’zbekiston tarixining dolzarb muammolariga yangi chizgilar. T.1999. 
10. O’zbekiston tarixi (1917-1993y.) T., O’qituvchi, 1994. 
11. Muminov S. Qaerdasiz  taqdirdoshlar eki bizlar noxak katagon qilingan 
bolalarimiz. O’zbekiston avozi, 1991, 24 oktibr`. 
12.O’zbekistonning yangi tarixi.2-kitob.O’zbekiston sovet 
mustamlakachiligi davrida. T.2000 
13.O’zbekiston tarixi. T.2003,2006 
 
 Qadimgi bir makondayashab kelaetgan Urto Osie xalqlarining turmush 
tarzi, an`analari uxshash, xujaligi, madaniyati mushtarak. Urto Osie xalqlari-
uzbek, qoraqalpoq, turkman, tojik, kirgiz, qozoq va boshqalar enma-en eki 
aralash yashab, yagona din - islomga  e`tiqod qilib kelganlar. Turkiston 
xalqlarining ildizi bir, degan goya 
 avloddan avlodga utib, milliy etakchilar, 
jamoat arboblari va milliy zielilar qarashlari hamda faoliyatlarida uz aksini 
topgan. 1920 yilning boshidaek Turkkomissiya Turkiston ASSRni, bo’lib 
toshlab, milliy til belgisiga qarab muxtar (avtonom) respublikalari tashkil qilish 
masalasini quygan edi. Turkkomissiya tezislariga  qarshi chiqqan T.Riskulov va 
bir gurux milliy etakchilar panturukchilik, panislomchilik, maxalliy burjua 
millatchiliga ayblandilar. V.I.Lenin Turkistonning «Uzbekiya, Kirgiziya, 
Turkmaniyaga 
 bulingan kartasini tuzish kerak ekanligini uktirdi. 1921 yilda Buxoro va 
Xorazm  sovet respublikalari chegaralarini xam  qayta bichishlar doirasiga 
tortish rejasi kun tartirbga quyildi. 
Yangdina chegaralash tarafdorlari til va milliy tafovutlarni ataylab berttirib 
kursatgani xolda, yagona iqtisodiy makon, mavjud suv resurslari, sugori tizimlari 
va boshqalarining umumiyligi nazarga milliy siesatdan kanikmaetganaligini 

bildirib, tarixan tarkib topgan viloyatlar chegarasini, iqtisodiy aloqalarni keskin 
buzmaslikni taklif qildilar. 1924 yil fevral`da milliy chegaralash  masalasi 
buyicha F.Xujaev tezislarida markazning turkiy xalqlar ildizi birligini xisobga 
olmaetganligi, chegaralash goyalari utmish istilochilari siesatdan farq 
qilmaetganligini aytilgan edi. Urto Osie byurosi bu  tezislarni jiddiy xato deb 
e`lon qildi. 10 martdagi birlashgan kengashda maxalliy millat vakillari Urto Osie 
federatsiyasini tuzishni, turkistonning yaxtilligini buzish maqsadga muvofiq 
emasligini taqidladilar. Xorazm raxbarlari va aloxida fikr bildirib, Xorazmni 
chegaralanishga kushmaslik masalasini quydilar. 1924 yil 12 iyunda RK(b)P 
siesiy byurosida Urto Osieni qaytadan bulib chegaralash masalasi kurilib, uni 
amalga ashirish  tg`o’risida qaror qilindi. Xorazm esa 26 iyulda kiritildi. 
Turkiston, Buxoro va Xorazm respublikalarida tashkiliy ishlar boshlab 
yuborildi. 1924 yil 11 oktyabrda RK(b)P MK siesiy byurosi Urto Osieni bulib 
tashlash haqida sungi qaror qabul qildi. 1924 yil 31 oktyabrda O’zbekiston SSR 
tuzilishini boshqarish uchun Inqilobiy kumita tuzildi. 
Turkiston, Buxoro va Xorazm sovet respublikalari urnida O’zbekiston SSR, 
Turkmaniston SSR, Tojikiston ASSR (Uzbekiston SSR tarkibida), Qorakirgiz 
(Kirgiz) viloyati (RSFSR tarkibida) va Qoraqalpoq AO (Qozag`iston tarkibida). 
1925 yili 13 fevral`da UzSSR Sovetlarining Buxoroda ochilgan 1-
Umumuzbek qurultoyida «O’zbekiston SSR tuzulganligi to’g`risida 
deklaratsiya» qabul qilindi. O’zbekiston SSR sovetlari MIK ning raisi etib 
«Kushchi uyushmasi arbobi Yuldosh Axunboboev saylandi. O’zbekiston XKS 
raisi F.Xujaev tasdiqlandi 
O’zbekiston SSR maydoni 312394 kv.km ni tashkil etdi. Axolisi 4447,6 
ming kishi buldi. 
Urto Osie  Turkiston ulkasi va ikki mustaqil davlat urnida yangidan tuzilgan 
respublikalar yana ilgaridek markazga arzon xoashiy etkazib berishga 
ixtisoslashtirilgan mustamlakalar bulib qolaverdi. 
Milliy davlat chegaralanishidan sung O’zbekiston sovetlarining 1-s`ezdi 
(1925y. 13-17-fevral`) «Uzbekiston SSRning tashkil topishi haqidagi 
Deklaratsiya»ni tasdiqlagach, Ittifok Sovetlarning 3-s`ezdida (1925y. 13-may) 
esa O’zbekiston Respublikasi SSSR tarkibiga  kiritildi. Shundan keyin barcha  
qarorlar, kursatmalar markazda qabul qilinib, respublikalarga  bajarish uchun 
yuboriladigan bo’ldi. Sanoat va qishlok xujaliklarini  boshqarishning  respublika 
tuzilmalari butunlay ittifok  tashkilotlarining andazasiga mos xolda  tashkil 
etildi, komissarliklar, turli  idora va muassasalar soni tobora ortib bordi. 
Amaldorlar qatlami shakllandi. Markazdan surunkali kelib turgan «erdamchi»lar 
VKP(b) yo’lini amalga oshirishning kafolati sifatida xarakat qildilar. Ular uzbek 
tili, urf-odatlari va an`analarini mensinmadilar. Ma`muriy buyrikbozlik tizimi 
ovj oldi. 
Urto Osie  respublikalarida  xujalik va madaniyatni markaz andazasida 
boshkarish maqsadida  1923 yilda Urto Osie  iqtisodiy kengashi  tashkil etildi. 

Xujalik rejalarini tuzish va ijrosini nazorat qilish uchun uning qoshida 1924 yilda 
Urta Osie reja komissiyasi tuzildi. 
Respublika davlat xokimiyatining butun faoliyati va kadrlar masalasi 
markazda xal etiladigan bo’ldi. UzKPning ta`siz s`ezdi  xujjatlarida bu narsa 
yakkol kuzga namaen bo’lgan. S`ezda va undan keyin xam xurfikirlikka yo’l 
quyilmadi. Keyinrok nazariyada dogmatizm amaliy faoliyatda esa 
rasmiyatchilik, shaxsga sig`inish vujudga keldi. Partiya safining nazariy bilimi 
saez eki umuman  chalasvoad yo’ksul unsurlar xisobida  tuldirilib borilishi 
natijasida ijodiy turgunlik yuzaga keldi. 20-yillar oxirida partiya jamiyatda 
yagona xukumron kuch bulib oldi, barcha jamoat tashkilotlari ustidan nazoratni 
kuchaytirdi. 
Xotin-qizlarning asrlar davomida muayan urf-odatlar va shariyat mezonlari 
bilan shakllangan ijtimoiy mavqeyni ularni  ozodlikka chiqarish va erkaklar bilan 
teng xuquqli qilish shiori ostida favkulodda va shiddat bilan uzgartirilishi kup 
tuknashuvlar va qurbonlar bulishiga sabap bo’ldi. Uning eng chukkisi 1927 yilda 
bulib, u tarixga «Xujum» xarakati nomi bilan kirdi. Shoshma-shosharlik bilan 
olib borilgan «Xujum» xarakati maxalliy oxalining, ayniqsa qishlok axlisining 
qattik qarshiligiga uchradi. 
Bu davrda eng muxim muammolaridan biri kadrlar masalasi bo’ldi. Chunki 
davlat xokimiyati va xujalik boshqaruvi organlarida milliy  kadrlar juda oz bulib, 
ish yuritish xam rus tilida olib borildi. Qisqa vaqt ichida alifboning ikki marta 
uzgartirilishi uzbek tilining  rivojiga salbiy  ta`sir kursatdi. 1929  yilda uzbek 
ezuvi lotin alifbosiga, 1940 yildan esa kirillitsa alfavitiga uzgartirildi. 
Respublikada 1925 yil 29 yanvardan yagona ma`muriy xududiy bulinish 
joriy buldi. Bu tadbirni amalga oshirishda urf-odatlar, iqtisodiy alokalar xisobga 
olinmay xotaliklarga yo’l quyildi. 1926-yili sentyabrda ma`muriy chegaralar 
markazning buyrug`i bilan qayta kurilib, respublika 10 okrugga bulindi. 
20 yillarning ikkinchi yarmidan NEP  uz moxiyatini yo’qotib. erkin savdo 
va  xususiy tadbirkorlikka chek  quyila boshladi. Turakchilik siesati avj oldi 
partiyaning jamiyatni boshqarishdagi roli xaddan tashqari ortib,  mamlakatda 
vaziyat murakkablashdi.  Industriyalashtirish siesati qishlok xujaligi xisobga 
amalga oshirildi. Qishlok xujaligi maxsulotlarning narxi pasaytirildi. Natijada 
dexkonlar kashshoklashdi. Mamlakatda oziq-ovkat muammosi keskinlashdi. 
Vaziyatdan chiqish uchun yana ma`muriy choralar kurildi. Dexkonlar 
ixtieridagi maxsulotlar zurlik bilan tortb olina boshladi, shaxarlarda «kartochka» 
tartibi joriy qilindi. Qishlok xujaligida boshlangan yakkaxokimlik siesatiga  
qarshi turganlar esa partiyaning «bosh yo’liga qarshi»lar sifatida qoralandi. 20-
yillarning  oxirlariga kelib Yangi iqtisodiy siesat amalda tugatildi. 1929 yilga 
qadar xalq xujaligi bir yillik rejalar asosida boshqarib kelindi. Usha yildan 
xujalikni boshqarishning besh yillik rejalari joriy bo’ldi. Birinchi besh yillikdan 
xujalikni industriyalashtirish, qishlok xujaligini jamoalshtirishga zur berildi. 
Partiya raxnomaligida iqtisodiy omillar urniga ma`muriy choralar keng qullanila 
boshladi. Boshqaruv idoralari, xususan Davlat rejalashtirish kumitasi faoliyati 

ham  markazlashtirildi. 20-yillar oxirlaridan ichki partiyaviy tartib kuchaydi, 
demokratik usullarni tugatish, siesiy zurovonliklarni amalga oshirish uchun 
«sinfiy kurashning tabora keskinlashib borishi» tug`risida nazariya yaratildi. 
Maxalliy millatga mansub raxbarlardan xibsga olish va ularni xalq dushmani 
sifatida maxv etish boshlandi. Bundan kuzlangan maqsad maxalliy millat 
zielilarni yo’qotib markazning xukimronlagini oshirish edi. 
Industriyalash O’zbekistonda dastlab sekinlik bilan amalga oshirildi. 
Chunki kosibi xunarmandchilik ustivor soxa edi. Sanoat asosan qishlok xujaligi 
maxsulotlarini kayta ishlash korxonalaridan iborat bo’lib, uning 2/3 qismini 
paxtachilik sanoati tashkil qilardi. Mamlakatni jadal industriyalash uchun 
mablag`ni kesiknsiesiy baxs-munozaralardan keyin agrar sektordan olishga qaror 
qilardi. Ichki davlat zaemlarni sotish yo’lga quyildi. Yirik sanoatning qariyb 
xammasi davlat tasarrufida edi. Farg`onada tuqimachilik fabrikasi, Toshkentda 
«Urtok» tikuvchilik fabrikasi,  kunchilik zavodi, Samarkand, Buxoro, 
Marg`ilonda pillakashlik fabrikalari, Bozsuv GES va boshqalar kurildi. 
O’zbekistonda 1932-yilgacha 192 ta yangi sanoat korxonasi kurib foydalanishga 
topshirildi. Elektr stantsiyalar soni 49taga etti. ayrim sanoat maxsulotlari buyicha 
O’zbekiston SSSRda etakchi urinlarga chiqdi. 1932 yili respublikada paxta 
tolasining 89,7%, tsementning 54,2% tsementning 54,25 usimlik moyining 56,45 
xom ipakning 42,5 ishlab chikarildi. Uchinchi besh yillik (1938-42) da sanoat 
rivojiga muxim axamiyat berildi. 134 ta yangi korxona ishga tushirildi..Umuman 
30 - yillar arfasida O’zbekistonda 1445 yirik  va urta sanoat korxonasi mavjud 
edi. Lekin , O’zbekiston bori-bir markazga muttasil xom ashe etkazib beruvchi 
bazaga aylanib kolaverdi. Respublikaning ichki imkoniyatlari va manfaatlari  
xisobga olinmadi, axolining ijtimoiy extiejlari nazar-pisand kilinmadi. 
Industriyalash dasturiga muvofik sanoat uchun ishchi-xodimlar taerlaydigan 
xunar - texnika ta`limi toshkil etildi. Sanoat korxonalariga malakali xodimlar va 
tajribali ishchilar Rossiyaning markaziy shaxarlaridan kelib maxalliy millat 
eshlarini kasbga urgatdilar. Natijada 1926 - 1928 yillarda ishchilar soni 34 
mingtaga etdi. NEP tufayli kishlok xujaligida xam malum siljishlar yuz berdi, 
kooperativ va shirkatchilik xarakati avj oldi. Birok agrar masala xal kilinmadi. 
Kishlokda ersiz eki kam erli dexkonlar xali kup bulib, asosiy mexnat kurollari 
ketman va omochdan iborat edi. Dexkonlar xosilning 3\4 eki 3\5 kismini tulashi 
sharti bilan kuprok ijaraga ishlashga majbur bulardi. 
Kishlok xujaligida tovar munosobotlarini rivojlantirish maksadida 1925-
1929 yillarda avval Fargona, Samarkand va Toshkent viloyatlarida, 19g`o’ 
yildon kolgan viloyatlarda er - suv isloxoti utkazildi. Qabul qilingan dekretlar 
asosida belgilangandan ortiq erlar, ishchi xayvonlar, mexnat qurollari tortib 
olindi. Boy yirik savdogar va ruxaniylarning erlari tula musodora qilindi. Davlat 
fondiga kiritilgan jami 301,5 ming desyatina erning aksariyat qismi kashshok 
dexkonlarga bulib berildi. Er olgan dexkonlar mayda ishlov chikaruvchilarga 
aylandi. 

20-yillarning ikkinchiyarmida Uzbekistonda  «Uzbekkishlokuyushma»,  
«Uzbekpaxtauyushma» va boshqa koperatsiyalar tashkil topdi. Qishlok xujalik 
maxsulotlarini sanoatga kontraktatsiya (shartnoma) asosida etkazib berishda  
qishlok xujalik koperativlari vositachilik kildi. 1929 yildan kooperativ 
uyushmalarni «davlatlashtirish» siesati boshlandi. Davlat qishlok xujalik 
maxsulotlarini taerlash va sotish baxolarini belgiladi. 
20 - yillarning oxiridan kishlok xujalik kooperatsiyalari urniga kolxozlar 
(jamoa xujaliklari) toshkil etish keng tus oldi. 1929 yillarning boshlarida 
respublika buyicha barcha dexkonlarning 3,45% kolxozga a`zo bulib kirgandi. 
1929 yilning kuzidan mamlakatda kishlok xujaligini ma`muriy-
buyrukbozlik usuli bilan jamoalashtirishga kirishildi. Usha yili noyabr`da 
Stalinning  «Buyuk burilish yili» makolasi e`lon kilingach, zurlash yuli bilan 
yalpi jamoalashtirish siesatiga utildi. Ixtierli printsip inkor kilindi, ommoviy 
tarzda va kiska muddatlarda amalga oshirishga zur berildi. UzKP MK 1930 yili 
18-fevral`da  «kollektivlashtirish va kulok  xujaliklarini tugatish tugrisida» karor 
kabul kilindi. Joylarda urta xol va xatto kambagal xujaliklar xam musodora 
kilindi. Xususiy mulk egasining asrlar mobaynida tarkib topgan psixologiyasi 
xisobga olinmadi. 
Kulak xujaliklarini yuk kilish Uzbekistonda 1930 yil 1-fevral`dan 
boshlandi. Inson xukuklari xaddan tashkari poymol etilib, zurlik ishlatildi. Fakat 
1930 yilning uzidagina Uzbekistonda 2647 ta xujalik kulak sifatida yuk kilindi. 
«Kulok kilish» siesati dexkonlarda ishonchsizlik va xavotirlikni kuchaytirdi. 
Dexkonlarning noroziliklari 1930 yil 25-fevral`da Fargona okrugida galaenga 
aylandi. Norozilik chikishlari Andijon, Toshkent, Xorazm, Samarkand 
okruglariga xam eyildi. Jamoalashtirishga karshi xarakat ba`zi joylarda Shuro 
xokimiyatiga karshi chikishlarga aylandi. 1930-1933-yillarda Respublika 
buyicha 5,5 ming dexkon xujaligi oyla a`zolari kulok kilinib, Ukraina, Sibir` va 
boshka joylarga surgun kilindi. 
Uzbekistonda kishlok xujaligini kollektivlashtirish rasmiy ravshda 1932 
yillarda tugatildi. Birok bu davrda dexkonlarning 84,9 % kolxozlarga kirgan edi. 
30 -yillardan kolxoz - sovxoz ish yuritishi reja asosida toshkil etilib, yukoridan 
belgilab berilgan kat`iy kolipga solindi va markazlashtirildi. 1932 - yilga kelib 
Uzbekiston ittifok paxtasining 60% ni etkazib berdi. 
Uzbekiston uchun suv inshoatlari kurish masalasi juda muxim edi. 19q9-
yildan bunday kurilishlar umumxalk xashar yuli bilan amalga oshirila boshladi. 
1939 yil 1-avgustida boshlangan Katta Fargona kanali ( uzinligi 280 km) xashar 
yuli bilan 45 kunda kurib bitkazildi. Sinovda yaxshi natija bergan xalk  
«xashari» yuli bilan Shimoliy va janubiy Fargona, Toshkent kanallari, 
Kampirrovat tugoni, korxonalar va yullar kurib ishga tushirildi. Kattakurgon suv 
amborining kurilishi boshlab yuborildi. 
Er - mulk , sanoat korxonalari umumlashtirilgach, amalda ular davlat 
tasarrufiga utdi. Zuravonlik, maxkamachilik tuzumi karor topdi. Sanoatva 
kishlok xujaligida ixtisodiy muammolarni bartaraf etishga urinishlar 

mexnatkashlar turmush sharoitining pasoyishiga olib keldi. Shunday kilib 
sotsializmning kapitalizmdan ustunligi amalda uz ifodasini topmadi. 
«Tenglashtirish» sieati kutilgan  natijani bermadi.   
Uzbekistonning 30-yillardagi ijtimoiy - siesiy xaeti sovet zuravonlik 
tuzimining mustaxkamlanishi, shaxsga siginish avjga chikkan sharoitga tugri 
keldi. Partiya xaetning butun ijtimoiy - iktisodiy, mafkuraviy va madaniy 
soxalarini boshkarishni uz kuliga oldi. 1929 yilda utkazilgan  «tozalash» 
natijasida Uzbekiston KP a`zolarining 25,6 % firkadan chikarildi. Ma`muriy 
buyrukbozlik tizimi va partiyaning yakka xokimligi ostida sodir bulgan 
uzgarishlarga konuniylik tusini berish uchun 1936 yili dekabrda kabul kilingan 
SSSR Yangi Konstitutsiyasi asosida 1937 yil fevral`da Uzbekiston respublikasi 
Konunini kabul kilindi. Konstitutsiyada Uzbekiston Respublikasining SSR 
Ittifokidagi boshka sovet respublikalari katori erkin, teng xukukli davlat deb 
e`lon kilinishi shunchaki, nomigagina bulib, aslida barcha soxalarda sovet 
imperiyasi idora usuli amal kilar edi. 
Xalk xujaligini rivojlantirishga operativ raxbarlik kilish uchun ma`muriy - 
iktisodiy rayonlashtirish amalga oshirildi. SSSR Oliy Soveti Raesatining 1941-
yil 6-marttagi karori bilan Andijon, Namangan, Surxondare viloyatlari toshkil 
etildi. Ma`muriy apparatni mustaxkamlash ishi xam jadal suratlar bilan olib 
borildi.1940 yil sentyabr`da UzSSR XKS koshida Iktisodiy kengash tuzildi. 
Usha  oyning uzida UzSSR Davlat nazorati xalk komissarligi xam tashkil etildi. 
Uzbekistoning siesiy - ishtimoiy xaetining barcha soxalari ustidan 
markazning kattik nazorati kuchaya bordi. Tazyik kursatish mexanizmi avj olib, 
«unglar» muxolifiyati uylab topildi, turli «ogmachilar» fosh etildi va ular ustidan 
jinoiy ishlar boshlab yuborildi. Bu masala UzKP 1929 - yil fevralida utgan  4-
s`ezdida VKP (b) MK ning tazyiki bilanmaxsus muxokoma kilinib, xusherlikni 
oshirish, ungdan keladigan xavf va u bilan kelishaetganlarga karshi kurash 
xakida karor kabul kilindi. Shundan sung  «sinfiy dushman» va ularga 
xayrixoxlarni xamma joydan kidirib topish boshlandi. Un minglab kishilar 
adolatsizlik kurboni buldi. 1930-yillar boshida ruxaniylar, dindorlarni ta`kib 
kilish kuchaydi. Kuplab masjid va  madrasalar buzib toshlandi eki chetdan 
kelganlar uchun turor joy sifatida berildi,xujalik omborlariga aylantirildi. Diniy 
adabietlar yukotildi, inson xukuklari amalda poymol kilindi. 
Uzbekistondagi katoganlar davlat va partiyaning tanikli arboblarini 
kamokka olishdan boshlab ommoviy tus oldi. UzSSR Ichki Ishlar Xalk 
komissarligi  (NKVD) tomonidan F.Xujaev, A.Ikramov, D.Mandjara, 
S.Segizboev, A.Karimov kvbilar xibsga olinib ularga «xalk dushmani» degan 
ayb kuyildi. 1937-1939 yillarning uzidagina Uzbekistonda kamokka olingan 41 
ming kishining 37 minggi turli muddatlarga xukm kilindi, kolgan kismi otib 
toshlandi. Vataniga sodik minglap zielilar yuk kilindi. Jumladan, uzbek 
xalkining mashxur ezuvchilaridan A.Kodiriy, Chulpon, Fitrat, keyinrok Usmon 
Nosir stalin istibdodining begunox kurboni buldilar.      
 

 
 
 
 
 
Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling