O‘zbekiston o‘simliklarini muhofaza qilish
Download 56 Kb.
|
Ozbekistonda cho‘ll zonasi o‘simliklari
Ozbekistonda cho‘ll zonasi o‘simliklari Reja: 1. Markaziy osiyoning xududi va rel`efi. 2. Cho`llar zonasining o`simliklari. 3. O`zbekiston tog`larining o`simliklari. 4. Sug`oriladigan yerlar (vaholar) ning o`simliklari. 5. O`zbekiston o`simliklarini muxofaza qilish. Markaziy Osiyo xududida O`zbekiston Respublikasi maydoni joylashgan bo`lib, rel`efi juda murakkab. Xududning asosiy qismini tekislik egallaydi. Bu tekislik g`arbda Orol va Kaspiy dengizlari soxalaridan boshlanib , sharqda va janubiy sharqda Tyan - Shan va Pomir Oloy tog`lari etaklarigacha cho`zilib boradi Sirdaryo va Amudaryo kesib o`tgan xududi Turon past tekisligi deb ataladi shimoliy tomoni Qozog`iston cho`llariga borib qo`shiladi. Janubda esa Kopetdog` tizmasi va Paropomiz qirlariga etib boradi. O`rta Osiyo cho`llarining hozirgi holati va Cho`l o`simliklaridan xo`jalikda foydalanish. O`rta Osiyo respublikalari va janubiy Qozog`iston teritoriyalari-ning juda ko`p qismini cho`llar tashkil etadi. Bunday cho`llar orasida maydonning kattaligi va xo`jalikdagi ahamiyatiga ko`ra, Qumli cho`llar birinchi o`rinda turadi. Undan keyin shuvoqli (gipsli) sho`rxokli efimer cho`llari turadi. Qorako`l qo`ylari boqiladigan qumli cho`llar (Yaylovlar) Turkmaniston, Qoraqalpoq. Avtonom respublikasi va janubiy Qozog`istonda ko`p tarqalgan bo`lib, O`zbekiston va Qozog`istonda shuvoqli hamda sho`rxokli cho`llar ko`proq uchraydi. Efimer cho`li esa barcha O`rta Osiyo respublikalari maydonida uchraydi. Shunday qilib hozirgi vaqtda O`rta Osiyodagi cho`llarning dehqonchilik uchun qulay bo`lmagan joylarida chorvachilikni rivojlantirish rejalashtirilgan chorvachilikni rivojlantirishda muhim omillardan biri cho`l o`simliklarining maxsuldorligini oshirish va ba`zi xushxo`r to`yimli o`simliklarni ekib ko`kartirish muhim rol o`ynaydi Bu soxada dastlabki yutuqlar qo`lga kiritilgan. Masalan: Turkmaniston va O`zbekiston teritoriyasidagi cho`llarda shuvoq, erkaksupurgi, saksovul ,singren, qandim, qizilcha, karrak, keyrek kabi juda ko`p turkumlarning vakillari muvaffaqiyatli ravishda o`stirilmoqda. Tabiiy holda o`sayotgan iloq, qo`ng`irbosh, yaltirbosh, karrak, selen, tersken, shuvoq, qizilcha, qandim, izen kabi o`simliklar holatini yaxshilash ishiga e`tibor berilmoqda va shu maqsadda bu maydonlarda rejali ravishda mol boqilishi to`g`ri yo`lga qo`yilmoqda. Cho`l o`simliklari faqatgina chorva mollari uchun em xashak sifatidagina emas, balki xo`jalikning boshqa soxalari uchun ham muhim ahamiyatga ega. Ulardan oziq tayyorlanadi va ziravor sifatidafoydalaniladi, bo`yoq oshlovchi, oshlovchi moddalar, efir moylar, olinadi va boshqa maqsadlarda ishlatiladi. Qum sabzi (Sehumannia karelinii) va kovrak (Ftrula dshaudshamyr) kabilarning ildizmevasi va kumarchiq hamda qumtarin (Sorisprum lthmahnianum. C.apterum) kabilarning urug`i oziq hisoblanadi, arnebiya (arnebia orintalis) va nomneya (Nonnea picta) kabilarning ildizidan bo`yoq olish mumkin. Cho`l chuxrosi (Rheum turkestanicum) qandim, yulg`un, kermak kabilardan oshlovchi moddalar olinadi. Psammogeton (Psammogeton satifolium) efir moyli o`simliklardan biridir. Manzarali (dekarativ) o`simliklardan lola (Tulipa), shirach (Eremurus), smirnoviya (Cimirnovea turkestanica), astragal (Astragalus maximoviczii), boyxalcha, ersovun (Leontice eversmannii) kabilarini ko`rsatish mumkin. Dorivorlik ahamiyatiga ega bo`lgan o`simliklardan, cho`g`on(aellenia), itsegak (anabasis), ersovun (Leontice), lolaqizg`aldoq (Papaver povonimum), quyon suyak (Ammoderdron conollye), isriq (Peganum harmala) kabilarni ko`rsatish mumkin. Mahalliy xalq ko`pincha gallofil o`simliklardan ishqor va soda tayyorlashgan. Umuman Cho`l zonasining holatini har tomonlama yaxshilash va undan xo`jaliklarning turli sohalarida foydalanishda alohida e`tibor bera boshladi. O`rta Osiyo tog`lari o`simliklari. Tog` oldi adir o`simliklari. O`rta Osiyo Cho`l zonasi janub va janubiy-sharqiy tomondan Pomir-Oloy, Tyan`shan` tog` tizmalari bilan chegaralangan. O`simliklarning taqsimlanishidagi vertikal poyaslik hodisasi O`rta Osiyo tog`larida juda yaqqol ifodalangan. O`rta Osiyo tog`laridagi o`simliklar poyasini tasvirlashda har xil olimlar turlicha sxema taklif qilgan. Biz akademik Q.Zokirov taklif etgan eng to`g`ri va sodda sxemadanfoydalanamiz. Bu sxemaga muvofiq O`rta Osiyo tog`larida o`simliklarning uchta vertikal poyasi bor. Bular adir (tog` oldi), tog` (tog`larning o`rta poyasi) va yaylov (tog` tepalari) poyasidir. Bu poyaslar turli balandlikda bo`lib, ularning tuproq - iqlim sharoiti o`simliklari turlichadir. O`rta Osiyo tog`lari keng adirlar poyasi bilan qurshalgan bo`lib, adirlarni cho`llar zonasi bilan tog`lar o`rtasidagi bosqich deyish mumkin. Adirlar dengiz sathidan 500 - 700 m dan 1200 - 1600 m gacha baland bo`lgan tog` oldi tepaliklaridir. Adirlar tuprog`i to`q bo`z tuproq bo`lib, efimerli cho`llar tuprog`iga o`xshaydi. Lekin, unga qaraganda tarkibida organik moddalar ko`p. Adirlarning ayrim joylarida tub tog` jinslari yoki ularning emirilish mahsulotlari qattiq tuproq, shag`al - tosh va qum shag`allar ko`rinib turadi. Adirlar iqlimi cho`llar iqlimidan bir munchafarq qiladi. Adirlarda jaziramayoz kam bo`lib,yog`in ko`p bo`lib 250 - 350 mmyog`adi.yog`ingarchilik davri ham tekisliklardagiga qaraganda bir muncha uzoq bo`ladi.yog`in kech bahorda, ba`zanyoz boshida yog`adi. Adir o`simliklari asosan rang o`simliklari formasiyasidan tarkib topgan. Biroq cho`llar zonasidanfarq qilib adirlarda odatdagi rang o`simliklari bilan birgalikda vegetasiya davri uzoq bo`lgan ba`zi bir yillik va ko`p yillik murakkabguldoshlar. soyabonguldoshlar , dukakdoshlar ham o`sadi. Karrak, skaligeriya, kovrak, oqquray va qo`ziquloqlar eng ko`p uchraydi. Yuqori adirlarni har - xil o`tlar ( bug`doyiq, chalov) o`sadigan quruq dasht ishg`ol qilgan. Bahorda rang o`simliklarining vegitasiyasi adirlarda, cho`llardagiga qaraganda bir muncha kechroq tugallanadi. Bug`doyiq, chalov, qo`ziquloq kabilar esayozning o`rtalarigacha o`sadi. Yuqori adirning tosh shag`aliyon bo`g`irlarida butalar o`sadi. Butalar orasida odatda pista, bodom, tuyasingren va qizilchaning ba`zi turlari, Shuningdek, yurineya, kampirchopon, bo`tako`z kabi ko`p yillik yirik o`tlar o`sadi. Adir poyasining ayrim joylarda dehqonchilik qilinib, u erda, asosan bug`doy va arpa ekiladi. Adir poyasining yog`in ko`p yog`adigan yuqori qismida don ekinlari yaxshi etiladi. Tog`lar o`rta poyasi o`simliklari. Adirlar poyasining yuqorisini, dengiz sathidan (1200 - 1500 m.dan 2800 - 3000 m gacha bo`lgan balandliklarni tog`lar poyasini ishg`ol qiladi). Adirlarga nisbatan tog` poyasining rel`fi bir muncha notekis. O`zbekiston tog` poyasi katta maydonni ishg`ol qilmaydi, Tyanshanning g`arbiy tarmoqlarida (Qurama va CHotqol tizmalarida), Pomir - Oloy tog`larida, Zarafshon tizmasida Turkiston va Hisor tizmalarining bir qismida tipik tog` poyasini ko`rish mumkin. Tog` poyasining o`simliklari juda xilma-xildir. Bu tog` poyasining dengiz sathidan har xil balandlikda ekaknligiga, rel`ef sharoiti,yon bag`irlarning tikligi va tog`larning tomonlariga nisbatan ekspozisiyasiga bog`liqdir. Tog` poyasining bu barcha xususiyatlari ekologik sharoitini juda xilma-xil qilib yuboradi. Ana Shu sharoitiga ko`ra o`simliklar ham turli joyda turlicha bo`ladi, biroq Shunga qaramasdan tog` poyasidagi o`simliklarni ikki asosiy tipga: dasht o`simliklari va daraxt - buta o`simliklari tipiga bo`lish mumkin. Dasht o`simliklari tog` poyasining aksari quyi qismida o`sadi va ular asosan bug`doyiq -har xil o`tlar hamda dashtformasiyasidan iborat. Bug`doyiq va har xil o`tlar /arbiy Tyan-Shanda, Zarafshon tizmasida, Turkiston tizmasining Shimoliyyon bag`irlarida va boshqa rayonlarida ko`p uchraydi. Bu erda ko`p yillik boshoqdosh o`simliklardan-bug`doyiq eng ko`p tarqalgan bo`lib, uning bo`yi 50-70 sm ga etadi, ikki pallali o`simliklarning qurg`oqchilikka chidamli ba`zi turlari , masalan ;qo`ziquloq .astragal, sentavriya, esparset ,isparak va boshqalar bug`doyiqqa aralashgan holatda o`sadi. Bu erda na`matak .yovvoyi olcha, zirk, tuyasingren, butalar ba`zan yon bag`irlarda archalar ham uchraydi O`rmonsiz bo`lgan joylarda Shuvoq - chalov, Shuvoq - betaga singari har - xil o`t dasht formasiyalari vujudga keladi. Tog` poyasining o`ziga xos xususiyati shuki, ayrim joylarda birmuncha qalin o`rmonlar hosil qiladigan daraxt va butalardan iborat. Ko`pgina formasiyalar bor ba`zi tadqiqotchilar bu poyasni "o`rmon" yoki daraxt butalar poyasi deb atagan. Tog` poyasida tutash butazorlar -na`matakzorlar ko`p. Na`matak, zirk. Tubulg`i, shilvi, irg`ay kabi butalar keng tarqalgan. Tog`larning 2000 - 2800 m balandligida daraxtlar ko`p. Ular nina bargli o`rmonlarni hosil qiladi. O`rta Osiyo tog`larida Sminov oq qarag`ayi, archalardan o`rik archa, savr archa, qizil archa boshqalar uchraydi. Toshkent viloyatining Bo`stonliq tumanidagi Oqtoshda, Samarqand viloyatining (Zarafshon tizmasining Shimoliyyon bag`irlarida) Omonqo`tonda daraxtsizyon bag`irlarida o`rmon massivlari vujudga keltirildi. Yaylov baland tog`lar poyasi o`simliklari. Tog` poyasidan yuqorida dengiz sathidan 2700 - 2800 m balandligidan boshlanib, qor chizig`igacha bo`ladigan joylarni yaylovlar (baland tog`lar) ishg`ol qiladi. Baland tog`lar poyasi ikki kenja poyasga ajratiladi. Pastki poyas "Subal`p poyasi" yuqorigi poyas esa "al`p poyasi" deb ataladi Pastki kichik poyasning iqlimi sernam va sovuqroq bo`ladi. Bu poyasda doim har- xil o`tloqlarda mezofilformasiyalar o`sadi, ularning vakillari toron, sherolg`in, ko`k sutlamalardir. Yaylovlar poyasning pastki qismida o`tformasiyalardan tashqari yer bag`irlab o`sadigan turkiston archasi, va uchqatning, ba`zi turlaridan iborat buta daraxtlar ham uchraydi. Bu poyasining yuqori qismida dengiz satxidan 2300 - 3500 balandda kichik - kichik o`tloqlar uchraydi. Bu o`tloqlarda boshoqdoshlar ,ayiqtovonlar, beshbarglardan, hosil bo`lgan past bo`yli o`t chala butalar o`sadi .Baland tog`lar poyasining o`tloq va dasht o`simliklariyozda juda yaxshi yaylov hisoblanadi, lekin Tyanshanning betaga o`sadigan bu dasht yerlarida mollar yil bo`yi boqiladi. O`rta Osiyoda bir qancha qo`riqxonalar tashkil etilgan. Tyan`shan tog` tizmasining janubiy g`arbida "Chotqol tog` o`rmon qo`riqxonasi" "Sari Chelak qo`riqxonasi "tashkil etilgan. Turkiston tizma tog`ining g`arbiy qismida "Zomin tog` o`rmon qo`riqxonasi"Xissor tog` tizmasida ham Nurotovda ham o`rmon qo`riqxonalari tashkil etilgan. Maqsad tabiatni o`simlik boyliklarini muxofaza qilish maqsadga yo`naltirilgan. Adabiyotlar: Аndreev .N.G. - Lugovoe i polevoe kormoproizvodstvo. M.Kolos 1984 . Atabayeva va bosh.-Yem-xashak yetishtirish –T.Mehnat.1997 Аtаbаevа H. - Dаlа ekinlаrini qo`shib ekish T.TаshGАU - 1998 Аbdukаrimov D vа boshqаlаr - Dehqonchilik аsoslаri vа yem-xаshаk yetishtirish T.Mehnаt 1987 Belolipov. I. V. Sheraliev. A. Axadova. M. A. “O`rta Osiyo o`simliklari marfalogiyasi” SOP, TIPO, T.: 1991 Buro`gin. V. A. Jongurazov. F. X. Botanika “O`qituvchi” T.: 1977. Dаlаkьyan V, Аsаnov R, Kim L - Kormа Uzbekistаnа-T.Mexnаt.1986 Кursanov. V. A. Кamarniskiy N. A va bosh.- Botanika “O`qituvchi” 1977. I II tom. Mirzayev O`, Xudoyberganov –Yem-xashak yetishtirish, Andijon, 2003 Prаkticheskoe rukovodstvo po texnologii uluchsheniya i ispolьzovаniya prirodnix kormovo`x ugodiy аridno`x rаyonov strаno` M.V.O. Аgrpromizdаt 1988 Rogov M.S. - Zeleno`y konveyer M.Аgropromizdаt 1985 Soxabiddinov. S. “O`simliklar sistematikasi” I II bob. “O`qituvchi” T.: 1976. Skoblin G.S. i Skoblinа V.I. - Lugovoe i polevoe kormoproizvodstvo M. Аgropromizdаt, 1988. Sprаvochnik po kormoproizvodstvu M. Аgropromizdаt 1985 Ten. А. G. - Kormoproizvodstvo M. Kolos 1982. Tyuldyukov V - Prаktikum po lugovomu kormoproizvodstvu - M. Kolos 1986 Hamdamov I, Shukrullaev P va boshqalar- botanika asoslari “Mehnat” T.: 1990. Hamidov “O`simliklar geografiyasi” “O`qituvchi” T.: 1984. www.ziyonet.uz Download 56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling