O'zbekiston paxta-to'qimachilik klasterlari uyushmasi


Download 108.61 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi108.61 Kb.
#1604174
Bog'liq
hhhhhhh

O'ZBEKISTON PAXTA-TO'QIMACHILIK KLASTERLARI UYUSHMASI


Mana bugun amaliyotimizni birinchi kuni 1-may dushanba Toshkent paxta to’qimachilik markaziga keldim bu yerda ishchilar bilan tanishib ish o’rganishni boshladim 2019 yil paxta xomashyosi hosilidan boshlab, respublika mintaqalarida paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlarini tashkil etishning klaster shakllari joriy etiladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining “Paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlarini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida belgilab qo‘yildi.
Hujjatda aytilishicha, mazkur qaror “fermer
xo‘jaliklari, qishloq xo‘jaligining boshqa ishlab chiqaruvchilari va to‘qimachilik sanoati korxonalari o‘rtasida bozor munosabatlarini yanada rivojlantirish, yuqori qo‘shilgan qiymatga ega zamonaviy to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etishni rag‘batlantirish va qishloq aholisining bandligini oshirish maqsadida” qabul qilindi. Fermer xo‘jaliklari tomonidan olingan majburiyatlarni bajarmasligi sababli bo‘shaydigan yer maydonlaridan ishlarni tashkil etishning ilg‘or agrotexnologiyalari va uslublarini joriy qilish, suv resurslaridan samarali va oqilona foydalanish ko‘rsatkichlari bo‘yicha ijobiy natijalarni ta'minlaydigan paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari hamda klasterlari tashkilotchilariga ushbu maydonlardan foydalanish huquqini tomchilatib sug‘orishning zamonaviy tizimini bosqichma-bosqich joriy qilish sharti bilan belgilangan tartibda beriladi. 
Hujjatda qayd etilishicha, 2018 yil boshidan buyon respublikaning 20 ta tumanidagi 160 ming gektar hududda paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishini tashkil etishning klaster shakli joriy etilgan.

Mana bugun amaliyotimizni ikkinchi kuni 2-may seshanba bugun meni Abdullayev Akram aka bilan birgalikda ish yuritib ish o’rganishimni aytishdi biz dalada paxtani qanday sug’orilishi qanday sug’rsak yaxshi o’zgaradi va zararkunandalardan qanday asraladi shu kabi narsalarni o’rgandik Paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarish va klasterlari paxta xom ashyosi yetishtirish davrida ilgʻor zamonaviy innovatsion texnologiyalarni jalb etgan holda paxta hosildorligini qoʻshimcha 10 sentnerga oshiradi.


Paxta-toʻqimachilik klasterlari yuqori unumli paxta hosili olish uchun quyidagi ishlar amalga oshirilmoqda, jumladan:
chigit ekiladigan yer maydonlarini oziqlantirish uchun xorijdan (Rossiya, Qozogʻiston) fosforli oʻgʻitlar hamda agrotexnik ishlovlar berish davrida zararkunandalarga qarshi kurashda kimyoviy prpearatlar Xitoy, Turkiya, Rossiya, AQSH, Avstraliya, Shvetsiya va boshqa davlatlardan xarid qilinmoqda,
chigit ekish uchun Xitoy, AQSH, Turkiya, Fransiya, Germaniya, Shvetsiya davlatlarida ishlab chiqarilgan zamonaviy boʻlgan 6, 8, 10, 12 qatorli xarid qilingan pnevmatik chigit ekish seyalkalarida amalga oshirilmoqda.
paxta ekilgan yer maydonlarining sugʻorilishi qiyin boʻlgan joylarda zamonaviy tomchilatib soʻgʻorish texonlogiyalarini joriy etgan holda sugʻorish ishlari amalga oshirilmoqda va gektridan 50-60 sentnerdan paxta yetishtirishga erishilmoqda.
Paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarish va klasterlari paxta terishni zamonaviy usullaridan foydalanilmoqda, jumladan, AQSH (John Deere), Germaniya (Case), Xitoy va boshqa davlatlarda ishlab chiqarilgan paxta terish mashinalarida terib olinmoqda.

Mana bugun amaliyotimizni uchunchi kuni 3-may chorshanba bugun yama paxta to’qimachilik markaziga keldim Abdullayev Akram aka bilan birgalikda yana ish boshladik Hozirgi murakkab va qaltis davr dunyo miqyosida agrar sohaning hal qiluvchi o‘rni va ahamiyatini yana bir bor yaqqol ko‘rsatib bermoqda. Mavjud resurs va imkoniyatlardan oqilona foydalanib, aholini qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan kafolatli taʼminlash, sohada yangi ish o‘rinlari yaratish, manfaatdorlikni yanada oshirish eng muhim masalaga aylanmoqda.


Bugungi kunda qishloq xo‘jaligini jadal rivojlantirish, uning iqtisodiy samaradorligini oshirish, qishloq ahlining turmush sharoitini yanada yaxshilash, manfaatdorligini taʼminlash masalalari bevosita qishloq xo‘jaligini boshqarishning zamonaviy usuli – klasterlar tizimi bilan bog‘liq. Ushbu yangi tuzilma o‘tgan qisqa vaqt ichida agrar sohani harakatlantiruvchi yetakchi kuch — drayverga aylandi.
laster iqtisodiyotimizga nima beradi? Paxta yetishtirish bilan shug‘ullanuvchi fermerga yoki xo‘jalik aʼzolariga qanday foyda keltiradi?
Birinchidan, qishloq xo‘jaligida zamonaviy bozor munosabatlarini keng joriy etish, yangi ish joylari yaratish va manfaatdorlikni taʼminlash imkonini beradi.
Ikkinchidan, paxtachilikka ilg‘or agrotexnologiyalarni joriy etish uchun qulaylik yaratadi, raqobatbardoshlikni oshiradi.
Uchinchidan, fermer xo‘jaliklarini zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalari bilan taʼminlashga xizmat qiladi.
To‘rtinchidan, paxtadan tayyor mahsulot ishlab chiqarish hajmini yanada oshirib, uning eksportbopligini taʼminlaydi.
Mana bugun amaliyotimizni to’rtinchi kuni 4-may payshanba bugun o’zimga eng kerakli bo’lgan klasterlash jarayonini o’rganishni boshladim Paxta-to‘qimachilik klasterlari tarixiga nazar
Respublikada klasterlar tizimi 2017-yilda joriy etildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-maydagi “Buxoro viloyatida zamonaviy paxtachilik-to‘qimachilik klasterini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2978-son qarori asosida Buxoro viloyatida “BCT cluster” MCHJ QK hamda 2017-yil 15-sentyabrdagi “Sirdaryo viloyatida zamonaviy paxtachilik-to‘qimachilik klasterini barpo etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3279-son qarori asosida Sirdaryo viloyatida “Bek cluster” MCHJ QK paxta-to‘qimachilik klasterlari tajriba-sinov tariqasida tashkil etildi.
Tajriba-sinov davrida ushbu klasterlar kutilganidan ko‘ra yuqori natija qayd etishdi. Shuning natijasida, 2018-yili paxta-to‘qimachilik klasterlari soni 16 taga, 2019-yili 77 taga, 2020-yili 97 taga hamda 2021-yili 122 taga, 2022-yilda esa 134 taga yetdi va klasterlar respublikada mavjud paxta maydonlarining 100 foizini qamrab oldi.
To‘rt tomonlama bitim imzolash tartibining joriy etilishi
Paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyatini yanada takomillashtirish, ularning qishloq xo‘jaligi yerlaridan samarali foydalanishdagi roli va masʼuliyatini oshirish, mahsulot yetishtiruvchi va uni qayta ishlovchilarning manfaatdorligini taʼminlashga doir bozor tamoyillarini keng joriy etish maqsadida 2021-yil 16-noyabrda “Paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-14-son O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni qabul qilindi.

Mana bugun amaliyotimizni beshinchi kuni 5-may juma kuni bugun Paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-14-son O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni qabul qilindi.


Mazkur Farmonga asosan, paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyatini muvofiqlashtirish respublika komissiyasi tashkil etildi. Shuningdek, paxta-to‘qimachilik klasterlarini tashkil etishda to‘rt tomonlama bitim imzolash tartibi joriy etildi. Bunda bitim Vazirlar Mahkamasining paxta-to‘qimachilik klasterini tashkil qilish bo‘yicha qaroriga asosan Qishloq xo‘jaligi vazirligi, «O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari» uyushmasi, tegishligiga ko‘ra Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi yoki viloyat hokimligi va paxta-to‘qimachilik klasterini tashkil qilish bo‘yicha talabgor o‘rtasida o‘ttiz yil muddatga, talabgor chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona yoki chet ellik yuridik shaxs bo‘lgan taqdirda yigirma besh yilgacha bo‘lgan muddatga tuzilishi belgilangan.
Bundan tashqari, bir hududda (Qoraqalpog‘iston Respublikasi yoki tegishli viloyat) barcha paxta-to‘qimachilik klasterlariga fermer xo‘jaliklari bilan shartnoma asosida faoliyat yuritishiga va fermer xo‘jaliklariga ushbu klasterlar bilan paxta xomashyosini yetkazib berish bo‘yicha ixtiyoriy ravishda fyuchers shartnomalarini tuzishga ruxsat berildi. Bu esa o‘z navbatida fermer xo‘jaliklariga erkinlik berdi va ular manfaatdorligini oshirdi. Shuningdek, Farmonga ko‘ra, tomonlarning hech bo‘lmaganda bittasi qarshi bo‘lgan taqdirda yoki tomonlarning bitimda ko‘zda tutilgan majburiyatlarini belgilangan muddatda bajarmasligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilarning uchdan ikki qismi paxta-to‘qimachilik klasterlari tomonidan o‘zaro tuzilgan shartnoma munosabatlari uch yil davomida to‘liq bajarilmay kelinganligini asoslovchi yozma murojaatlarining mavjudligi bois to‘rt tomonlama bitimni sud tomonidan bekor qilish tartibi joriy etildi.
Mana bugun amaliyotimizni oltinchi kuni 6-may shanba kuni Bu esa o‘z navbatida fermer xo‘jaliklariga erkinlik berdi va ular manfaatdorligini oshirdi.
Shuningdek, Farmonga ko‘ra, tomonlarning hech bo‘lmaganda bittasi qarshi bo‘lgan taqdirda yoki tomonlarning bitimda ko‘zda tutilgan majburiyatlarini belgilangan muddatda bajarmasligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilarning uchdan ikki qismi paxta-to‘qimachilik klasterlari tomonidan o‘zaro tuzilgan shartnoma munosabatlari uch yil davomida to‘liq bajarilmay kelinganligini asoslovchi yozma murojaatlarining mavjudligi bois to‘rt tomonlama bitimni sud tomonidan bekor qilish tartibi joriy etildi.
Farmonda paxta-to‘qimachilik klasterlarini tashkil qilishda yetishtiriladigan yoki sotib olinadigan paxta xom ashyosining kamida 50 foizini o‘zida qayta ishlash quvvati (eng kamida ip-kalava) mavjud bo‘lgan talabgorga boshqalarga nisbatan ustunlik berilishi belgilab o‘tilgan. Ushbu mezon paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyatini muvofiqlashtirish respublika komissiyasi tomonidan paxta-to‘qimachilik klasterlarini tashkil etish uchun talabgorlarning arizalarini ko‘rib chiqish davrida eʼtiborga olinadi va talabgorga klaster tashkil etiladigan hududlar uchun o‘tkaziladigan tanlovda ustunlik beradi. Bundan tashqari, bir hududda (Qoraqalpog‘iston Respublikasi yoki tegishli viloyat) barcha paxta-to‘qimachilik klasterlariga fermer xo‘jaliklari bilan shartnoma asosida faoliyat yuritishiga va fermer xo‘jaliklariga ushbu klasterlar bilan paxta xomashyosini yetkazib berish bo‘yicha ixtiyoriy ravishda fyuchers shartnomalarini tuzishga ruxsat berildi Bugungi kunda umumiy paxta yetishtiriladigan 1033 ming gektar madonlarda 122 ta paxta to'qimachilik klasterlari 877 ming gektar maydonda 28 206 ta fermer xo'jaliklari bilan o'zaro kooperatsiya asosida faoliyat ko'rsatib kelmoqda va 161 ming gektar paxta maydonlarida klasterlar o'zlari tomonidan xom ashyo yetishtirishni yo'lga qo'ydi.
Mana bugun amaliyotimizni sakizinchi kuni 8-may dushanba kuni Bu esa o‘z navbatida fermer xo‘jaliklariga erkinlik berdi va ular manfaatdorligini oshirdi
Milliy matbuot markazida “O'zto'qimachiliksanoat” uyushmasi raisining birinchi o'rinbosari Davron Vaxabov ishtirokida bo'lib o'tgan matbuot anjumanida to'qimachilik sanoatida so'nggi yillarda amalga oshirilgan islohotlar va ularning mamlakat rivojiga hissasi tahlil etildi.
— Mamlakatimizda uzoq yillar davomida agrar sohaga shu jumladan, paxtachilik sohasiga yetarlicha e'tibor berilmadi, — dedi D.Vaxabov. — Na bozor iqtisodiyoti, na erga munosabat, na manfaatdorlik bor edi. Mablag', ilmiy innovatsiyalar jalb etilmadi. Oqibatda yerlar “charchab”, unumdorlik pasayib ketdi. Mahsulotni qayta ishlash, qo'shimcha qiymat olish bo'yicha tizim yaratilmagan, soha islohotlarga muhtoj yanachli ahvolga kelib kolgan edi. Sohaga yangi texnologiya va innovatsiyalarni joriy qilish maqsadida mamlakatimizda ilk paxta to'qimachilik klasteri 2017-yil martdagi Xukumatning tarixiy qaroriga muvofiq Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanida eksperement shaklda joriy etildi.
Bosib o'tilgan vaqtni tahlil qiladigan bo'lsak, 2017-yilda tashqil etilgan “Baxt tekstil” MCHJ paxta to'qimachilik ishlab chiqarish tashkiloti respublikamizda etishtiriladigan umumiy paxta xom ashyosi bor yo'g'i 0,9 foizini tashil etgan bo'lsa, 2018-yilda tashil etilgan 15 ta paxta-to'qimachilik ishlab chiqarish va klasterlarining yetishtirgan paxta xom ashyosi ulushi 15,1 foizni, 2019-yilga kelib klaster tashabbuskorlarining soni 74 taga yetdi va ularning ulushi 68 foizni tashkil etdi, 2020-yilda tashkil etilgan paxta-to'qimachilik klasterlar soni 95 tani tashkil etib, ularing Respublikada yetishtiriladigan paxtada ulushi 91 foizni, va nihoyat, 2021-yildan boshlab barcha paxta ekiladigan paxta maydonlari 100 foiz to'liq paxta-to'qimachilik ishlab chiqarishlari va klaster tashkilotlari tomonidan yetishtirilishiga erishildi.

Mana bugun amaliyotimizni to’qizinchi kuni 9-may dushanba kuni


Bugungi kunda umumiy paxta yetishtiriladigan 1033 ming gektar madonlarda 122 ta paxta to'qimachilik klasterlari 877 ming gektar maydonda 28 206 ta fermer xo'jaliklari bilan o'zaro kooperatsiya asosida faoliyat ko'rsatib kelmoqda va 161 ming gektar paxta maydonlarida klasterlar o'zlari tomonidan xom ashyo yetishtirishni yo'lga qo'ydi.
Qishloq xo'jaligida yangi agrotexnologiyalarni joriy etish, xosildorlikni oshirishda samaradorlikni oshirish maqsadida klasterlar tomonida 14 mingdan ziyod qiymati 3,6 trln. so'm bo'lgan yuqori unumli qishloq xo'jaligi tehnikalari shu jumladan, 660 ta qiymati 1,2 trln. so'mlik paxta terish mashinalari sotib olindi. Shuningdek, barcha paxta-to'qimachilik klasterlarining erlarida tomchilab sug'orish texnologiyasini 160 ming gektarda joriy etish ishlari olib borilmoqda. Ushbu loyihalarning umumiy qiymati o'rtacha 320 mln. dollarni tashkil etadi. Korxonalarimizda xalqaro standartlarni joriy etish mahsus sertifikatlarni ko'lga kiritish maqsadida O'zto'qimachiliksanoat uyushmasining bevosita ko'magi asosida Germaniyaning “Hohenstin”, Niderlandiyaning “Control union”, Belgiyaning “Amfori”, Germaniyaning “GIZ” yuqori nufuzga ega bo'lgan tashkilotlar bilan yaqindan aloqani o'rnatgan.
So'nggi 5 yil ichida sohada muntazam ish bilan ta'minlanganlar soni 1,9 barobarga oshdi. 2016-yilda 183 ming ish o'rinlari bo'lgan bo'lsa, xozirgi kunda 357 mingdan oshdi. 2021-yil yakuniga qadar 401 mingtaga etkaziladi yoki
2,2 barobarga oshirish kutilmoqda.
2016—2020-yillarda hududlarda to'qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatida umumiy qiymati 2 263,1 mln. dollar bo'lgan 288 ta loyihalar amalga oshirildi va 53 977 yangi ish o'rinlari hamda 993,7 mln. dollar eksport salohiyati yaratildi.
Bugungi kunda sohada 7 mingdan ziyod korxona faoliyat ko'rsatib kelmoqda. Tarmoq korxonalarining 2016-yildagi ishlab chiqarish hajmi 12,6 trln.so'm bo'lgan bo'lsa, 2020-yilning yakuni bilan ishlab chiqarish xajmi 3,4 barobarga o'sib 44 trln. so'mni tashkil etdi.

Paxta-to‘qimachilik klasterlarini tartibga solishni eng dolzarb yo’llari


Paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyatini yanada takomillashtirish, ularning qishloq xo‘jaligi yerlaridan samarali foydalanishdagi roli va mas’uliyatini oshirish, mahsulot yetishtiruvchi va uni qayta ishlovchilarning manfaatdorligini ta’minlashga doir bozor tamoyillarini keng joriy etish maqsadida:
1. Paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyatini muvofiqlashtirish respublika komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — Respublika komissiyasi) tashkil etilsin va uning tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Respublika komissiyasining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
paxta-to‘qimachilik klasterlarini tashkil etish uchun talabgorlarning arizalarini ko‘rib chiqish;
paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyatini, jumladan klaster doirasida tuzilgan shartnoma majburiyatlarining bajarilishi va olingan bank kreditlarining o‘z vaqtida qaytarilishini tahlil qilib borish;
paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyatida yuzaga kelayotgan tizimli muammolarni bartaraf etish bo‘yicha Hukumatga takliflar kiritib borish;
investitsiya majburiyatlarini buzgan paxta-to‘qimachilik klasteri faoliyatini tugatish bo‘yicha tavsiyanoma berish.
3. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga ko‘ra:
a) paxta-to‘qimachilik klasterini tashkil etish Respublika komissiyasi xulosasiga asosan Vazirlar Mahkamasining qarori bilan amalga oshiriladi. Bunda paxta-to‘qimachilik klasteriga ijara huquqi asosida yer uchastkasini berish talabgorning arizasiga asosan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi;
b) paxta-to‘qimachilik klasterlarini tashkil qilishda yetishtiriladigan yoki sotib olinadigan paxta xomashyosining kamida 50 foizini o‘zida qayta ishlash quvvati (eng kamida ip-kalava) mavjud bo‘lgan talabgorga boshqalarga nisbatan ustunlik beriladi;
v) Vazirlar Mahkamasining paxta-to‘qimachilik klasterini tashkil qilish bo‘yicha qaroriga asosan Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari” uyushmasi, tegishligiga ko‘ra Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi yoki viloyat hokimligi va paxta-to‘qimachilik klasterini tashkil qilish bo‘yicha talabgor o‘rtasida to‘rt tomonlama bitim o‘ttiz yil muddatga tuziladi. Bunda talabgor chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona yoki chet el yuridik shaxsi bo‘lgan taqdirda to‘rt tomonlama bitim yigirma besh yilgacha bo‘lgan muddatga tuziladi;
g) bir hududda (Qoraqalpog‘iston Respublikasi yoki tegishli viloyat) barcha paxta-to‘qimachilik klasterlariga fermer xo‘jaliklari bilan shartnoma asosida faoliyat yuritishiga va fermer xo‘jaliklariga ushbu klasterlar bilan paxta xomashyosini yetkazib berish bo‘yicha ixtiyoriy ravishda fyuchers shartnomalarini tuzishga ruxsat beriladi;
d) to‘rt tomonlama bitimni bekor qilish quyidagi hollarda faqatgina sud tartibida amalga oshiriladi:
tomonlarning hech bo‘lmaganda bittasi qarshi bo‘lgan taqdirda;
tomonlarning bitimda ko‘zda tutilgan majburiyatlarini belgilangan muddatda bajarmasligi (bundan fors-major holatlar va (yoki) o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra vujudga keladigan holatlar mustasno);
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilarning uchdan ikki qismi paxta-to‘qimachilik klasterlari tomonidan o‘zaro tuzilgan shartnoma munosabatlari uch yil davomida to‘liq bajarilmay kelinganligini asoslovchi yozma murojaatlarining mavjudligi;
e) 2022-yil hosilidan boshlab paxta xomashyosini yetishtiruvchi xo‘jalik subyektlari yer uchastkasining ijara shartnomasi bekor qilingan taqdirda, bo‘shagan yer uchastkasini qayta ijaraga berishda ushbu tumanda faoliyat yuritayotgan paxta-to‘qimachilik klasteri boshqa teng sharoitlarda ustun huquqqa ega bo‘ladi.
4. Qishloq xo‘jaligi vazirligi “O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari”, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda:
ikki oy muddatda respublikada faoliyat yuritayotgan barcha paxta-to‘qimachilik klasterlari bilan paxta xomashyosini chuqur qayta ishlash quvvatlarini ishga tushirish bo‘yicha investitsiya kiritish, ish o‘rinlari yaratish va boshqa shartlarni o‘z ichiga olgan to‘rt tomonlama bitimni tuzish choralarini ko‘rsin;
2022-yildan boshlab to‘rt tomonlama bitimda har yili paxta-to‘qimachilik klasterlari bilan tuzilgan bitim, shu jumladan investitsiya majburiyatlarining bajarilishini, ular faoliyatining samaradorlik va moliyaviy auditini amalga oshirishni nazarda tutsin. Bunda, yillik paxta xomashyosi hajmi 30 ming tonnadan yuqori bo‘lgan paxta-to‘qimachilik klasterlarida xalqaro auditorlik tashkilotlari jalb qilinadi.
5. Davlat soliq qo‘mitasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari bilan birgalikda joriy yil yakuniga qadar paxta-to‘qimachilik klasterlari tomonidan paxta xomashyosini yetishtirish va sotish bo‘yicha shartnomalar qat’iy ravishda yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlari Milliy geografik axborot tizimida davlat ro‘yxatidan o‘tgan fermer xo‘jaliklari bilan tuzilishi hamda ushbu shartnomalarni soliq organlarining elektron shartnomalar axborot portalida majburiy ro‘yxatdan o‘tkazish tartibini joriy etsin.
6. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi “O‘zpaxtasanoat” AJni tugatish Loyiha ofisi bilan birgalikda bir oy muddatda tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishga mo‘ljallangan majmualarni sotish bo‘yicha tuzilgan amaldagi shartnomalarning mazkur Farmonning 2-ilovasining 2-bandiga muvofiqlashtirilishini ta’minlasin.
7. Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlashni nazarda tutuvchi Hukumat qarorini qabul qilsin.
Bosh prokuratura davlat organlari va tashkilotlari, shuningdek, ularning mansabdor shaxslari tomonidan paxta-to‘qimachilik klasteri faoliyatiga noqonuniy aralashuv, turli byurokratik to‘siqlar yaratish kabi aniqlangan salbiy holatlar yuzasidan zudlik bilan qonunchilikda belgilangan choralarni ko‘rsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
9. Mazkur Farmon ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Sh.M. G‘aniyev belgilansin.

Qishloq xo‘jaligi klasterining yerni shudgorlashdan tortib, ekish, parvarishlash va xom ashyodan tayyor mahsulot ishlab chiqarishgacha bo‘lgan jarayondagi ko‘p bosqichli kompleks tizimga ega korxona ekanligidan xabaringiz bor. Chunki bu haqida ommaviy axborot vositalarida yetarlicha ma’lumot berildi. Natijaning qanday bo‘lganligi ko‘pchilikni qiziqtirishi tabiiy. Ma’lumotlarni tahlil qilarkanmiz, klasterlar agrar sohasining lokomotiviga aylanayotganini e’tirof etishimiz mumkin.



Qishloq xo‘jaligi klasterining yerni shudgorlashdan tortib, ekish, parvarishlash va xom ashyodan tayyor mahsulot ishlab chiqarishgacha bo‘lgan jarayondagi ko‘p bosqichli kompleks tizimga ega korxona ekanligidan xabaringiz bor. Chunki bu haqida ommaviy axborot vositalarida yetarlicha ma’lumot berildi. Natijaning qanday bo‘lganligi ko‘pchilikni qiziqtirishi tabiiy. Ma’lumotlarni tahlil qilarkanmiz, klasterlar agrar sohasining lokomotiviga aylanayotganini e’tirof etishimiz mumkin.
2019 yilda 77 ta paxta-to‘qimachilik klasteri tomonidan 677,4 ming gektar maydonda 2 million tonnadan ortiq paxta xom ashyosini yetishtirish belgilandi. Klasterlarning o‘zlariga 125 ming gektar yer maydonlari biriktirib berilgan bo‘lsa, 552 ming gektarda 16 mingta fermer xo‘jaliklari bilan fyuchers shartnomalari asosida sanoat xom ashyosi yetishtirildi. Buning uchun klasterlarga qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan 4 trillion 114 milliard so‘m imtiyozli kreditlar ajratildi. Shuningdek, klasterlarning o‘z mablag‘lari hisobidan 2,1 trillion so‘m yo‘naltirilib, paxta xom ashyosi yetishtirishga jami 6,2 trillion so‘m mablag‘ sarflandi.
Paxta-to‘qimachilik klasterlari tomonidan joylarda bosqichma-bosqich zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalari parkini yaratish, sohani mexanizatsiya darajasini oshirish, yetishtirilgan hosilni chuqur qayta ishlashni yo‘lga qo‘yish, mahsulot yetishtirishda band bo‘lgan aholini sanoat va xizmat ko‘rsatish tarmoqlariga o‘tkazish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan qishloq xo‘jaligida ish samaradorligini oshirish maqsadida texnikalar bilan ta’minlanganlik darajasini yaxshilash bo‘yicha jami qiymati 1 trillion 900 milliard so‘mlik 16 mingdan ziyod, shundan 2019 yilning o‘zida 1 trillion 200 milliard so‘mlik 14 mingga yaqin qishloq xo‘jalik texnikalari xarid qilindi.
Suv resurlaridan oqilona foydalanish, paxtachilikda suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish borasida ham keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 dekabrdagi “Paxta xom ashyosini yetishtirishda tomchilatib sug‘orish texnologiyalaridan keng foydalanish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga oid kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4087-son qarori ijrosi yuzasidan 13 ta paxta to‘qimachilik klasteri tomonidan 2753 gektar maydonda tomchilatib sug‘orish tizimlarini joriy etildi. Natijada sug‘orish uchun suv sarfi 40-50 foizga, yonilg‘i-moylash mahsulotlari 30-35 foizga kamayib, mehnat unumdorligini 20-25 foizga oshirishga erishildi.
Klasterlar tomonidan mineral o‘g‘itlarni o‘z vaqtida yetkazib berilishi natijasida fermer xo‘jaliklariga talab qilinadigan me’yordagi o‘g‘itlar bilan ta’minlanishiga imkoniyat yaratildi. Jumladan, joriy yilda g‘o‘zani mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirishda sof holda azotli o‘g‘itlar 275 ming 85 tonna, fosforli o‘g‘itlar 85 ming 45 tonna va kaliyli o‘g‘itlar 33 ming 19 tonnaga ta’minlandi. Paxta-to‘qimachilik klasterlari tomonidan 110 ming 259 tonna azotli, 26 ming 446 tonna fosforli va 13 ming 468 tonna kaliyli o‘g‘itlar “O‘zagrokimyohimoya” AJ korxonalaridan xarid qilindi va 7 ming 261 tonna azotli, 13 ming 340 tonna fosforli va 2 ming 52 tonna kaliyli o‘g‘itlar chetdan olib kelindi. Yuqorida ta’kidlanganidek, natijadan ko‘ngil to‘ladi. Bugungi kunga qadar paxta to‘qimachilik klasterlari tomonidan 2 million 36 ming tonna paxta xom ashyosi yetishtirildi, yilning o‘tgan 10 oyi davomida qiymati 2,3 trillion so‘mlik investitsiya loyihalari amalga oshirilib, 13,5 mingta yangi ish o‘rinlari yaratildi.
2020 yildan boshlab respublikamizda paxta xom ashyosi yetishtirish to‘liq klaster tizimida amalga oshirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Paxta to‘qimachilik klasterlari tomonidan 2020-2021 yillarda jami 4,8 trillion so‘mlik loyihalar amalga oshirilishi hisobiga 19 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilmoqda.
Paxta-to‘qimachilik klasteri faoliyatini tashkil etish
SXEMASI

Bosqichlar




Mas’ullar




Amalga oshirish mexanizmi




Ijro muddati






















1-bosqich




Vazirlik, Uyushma hamda tegishligiga ko‘ra Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari




Yangi paxta-to‘qimachilik klasterlari tashkil etiladigan hududlar, ularning maydonlari va hosildorligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘zlarining rasmiy veb-saytlarida e’lon qiladi.




Har yili 20-avgustga qadar






















2-bosqich




Talabgor
(jismoniy yoki yuridik shaxs)




Paxta-to‘qimachilik klasterini tashkil etish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ariza bilan tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda muroja�t qiladi.




Ixtiyoriy ravishda, har yili 10-sentabrga qadar































3-bosqich




Davlat xizmatlari markazi




Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali talabgor tomonidan paxta-to‘qimachilik klasteri faoliyatini tashkil etish bo‘yicha taqdim qilingan hujjatlarni ko‘rib chiqish uchun Vazirlikka yuboradi.




Onlayn vaqt rejimida








































4-bosqich




Vazirlik




Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali paxta-to‘qimachilik klasterlarini tashkil etish bo‘yicha yuborilgan arizalarni qabul qiladi va ularga ilova qilingan hujjatlarning to‘liqligini ko‘rib chiqadi.




Ikki ish kunida






















5-bosqich




Vazirlik




Uyushma hamda tegishligiga ko‘ra Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan kelishgan holda talabgor tomonidan mazkur Nizomda belgilangan talablarga muvofiq va kamchiliklarsiz taqdim qilingan arizalarni hamda ularga ilova qilingan hujjatlarni Respublika komissiyasiga ko‘rib chiqish va qaror qabul qilish uchun kiritadi.




Besh ish kunida








































6-bosqich




Respublika komissiyasi




Paxta-to‘qimachilik klasteri faoliyatini tashkil etish bo‘yicha taqdim etilgan arizalarni hamda ularga ilova qilingan hujjatlarni ko‘rib chiqib, eng maqbul taklif foydasiga ijobiy qaror qabul qiladi.




Har yili 1-oktabrga qadar






















7-bosqich




Vazirlik




1. Respublika komissiyasi tomonidan talabgorlarning arizasini rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, Vazirlik paxta-to‘qimachilik klasteri tashkil etiladigan hududlar, ularning maydonlari va hosildorligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni rasmiy veb-saytida qayta e’lon qiladi.




Ikki ish kunida







2. Respublika komissiyasi yig‘ilishining ijobiy qaroriga muvofiq paxta-to‘qimachilik klasteri faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida hujjat loyihasini ishlab chiqadi va belgilangan tart�bda Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.




Bir oy muddatda






















8-bosqich




Vazirlik




Paxta-to‘qimachilik klasteri faoliyatini tashkil etish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori qabul qilingandan so‘ng, talabgorlarni ularning arizalari qanoatlantirilganligi to‘g‘risida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali belgilangan tartibda xabardor qiladi.




Uch ish kunida






















9-bosqich




Vazirlik, Uyushma hamda tegishligiga ko‘ra Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari




Talabgor bilan paxta-to‘qimachilik klasteri faoliyatini yo‘lga qo‘yish to‘g‘risida o‘ttiz yil (talabgor chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona yoki chet el yuridik shaxsi bo‘lgan taqdirda yigirma besh yilgacha bo‘lgan) muddatga to‘rt tomonlama bitim tuzadi.




Besh ish kunida






















10-bosqich




Tuman (shahar) hokimliklari




Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq yangi tashkil etilgan paxta-to‘qimachilik klasteri bilan yer ijara shartnomasini tuzadi (paxta-to‘qimachilik klasteri yer uchastkasini ijara olgan holda tashkil etilgan taqdirda).




Uch ish kunida


PAXTA-TO‘QIMACHILIK KLASTERLARI”NING AHAMIYATI VA TASHKIL QILISH BOSQICHLARI

Mamlakatimiz Prezidenti SH.M.Mirziyoev ta’kidlaganlaridek, barcha sohalarda klaster tizimini yaratish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Darhaqiqat neft, gaz, ximiya, biotexnologiya, farmatsiya, informatika, avtoqurilish, transport logistika, oziq-ovqat, ta’lim, baliqchilik, parrandachilik, asalarichilik, ipakchilik va boshqa soxalarda klaster tizimlarini yaratish ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarni moliyalashtirish hajmini ko‘paytiradi, sifatini yaxshilaydi, ilmiy tadqiqot ishlarining texnik ta’minoti darajasini yuksaltiradi, investitsiyaviy tashqi loyihalarda ishtirok etish, ilmiy-pedagok kadrlar tayyorlash va malakasini oshirishning yangi imkoniyatlarini yaratadi. Bundan tashqari, klaster tizimida ta’lim va ilmiy-tadqiqot markazlari yangi ilmiy - uslubiy ishlanmalarni yaratish, ularni qisqa muddatda sinovdan o‘tkazish, ishlab chiqarish va ilmiy izlanishlardagi xodimlar hamda mutaxassislar mehnatlarini ko‘proq rag‘batlantirish, yangi tovarlarni O‘zbekiston brendi bilan ixtiro qilish uchun keng imkonyatlar va sharoit paydo bo‘ladi. O‘zbekiston to‘qimachilik va engil sanoati tizimida klasterlarni shakllantirish masalasi mamlakat miqyosida emas, balki mintaqalar – viloyatlardagi aniq iqtisodiy – ijtimoiy shart - sharoitlar asosida, klaster nazariyasining mohiyatidan kelib chiqqan holda amalga oshirilayotgani eng oqilona yo‘llardan biridir. Paxta – to‘qimachilik klasteri nafaqat engil sanoatni, balki o‘z yo‘lida qishloq xo‘jaligi, oziq – ovqat sanoati, farmatsevtika, qurilish mahsulotlari ishlab chiqarish kabi o‘nlab tarmoqlarni ham qamrab oladi. Paxta xomashyosini ishlab chiqarishning samarador usullarini izlash zarurati yana shu bilan izoxlanadiki, O‘zbekiston sharoitida erning mahsuldorligi imkoniyatlaridan to‘liq foydalanmagan. O‘zbekiston va rivojlangan xorijiy mamlakatlarning qishloq xo‘jaligidagi ayrim ko‘rsatkichlar taqqoslansa, bu yana bir bor o‘z tasdig‘ini topadi. Masalan, 16 million kishi istiqomat qiluvchi va 1,038 million gektar ekin maydonlari (uning ham 60 foizi dengiz yaqinida o‘zlashtirilgan erlar) bo‘lgan Gollandiyada 131 milliard dollarlik qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarilgani holda, 52 32 millionlik aholisi va 4,4 million gektarlik ekin maydonlariga ega O‘zbekistonda esa, bu ko‘rsatkich bor-yo‘g‘i 13,2 milliard dollarni tashkil qiladi. O‘zbekistonda paxta xomashyosining asosiy iste’molchisi to‘qimachilik sanoati bo‘lib, u respublikaning sanoat kompleksida muhim o‘rin tutadi. Hech shubhasiz, to‘qimachilikning rivojlanishi ham paxtachilik sohasinig holatiga bevosita bog‘liq. Jahon tajribasidan ma’lumki, to‘qimachilik sanoatida vertikal integratsiyalashgan tizim samarali va raqobatbardosh bo‘la oladi, bu tizim paxta xomashyosini etishtirish va dastlabki ishlov berishdan boshlab, to uni paxta zavodlarida keyingi qayta ishlash va tayyor mahsulotga aylantirishgacha bo‘lgan jarayonlarni o‘z ichiga oladi. Iqtisodiyotda yangicha, zamonaviy yondashuvlarni joriy etmasdan turib, yuqori qo‘shimcha qiymatga ega raqobatbardosh mahsulot yaratishni tasavvur qilib bo‘lmaydi. O‘zbekiston Respublikasi Prizidenti tomonidan 2016 yil 21 dekabrda PQ2687 sonli “To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini rivojlantirishning 2017- 2021 – yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi qarori sohadagi mavjud imkoniyatlarni to‘la ochish, salohiyatlardan oqilona va unumli foydalanish maqsadida qabul qilingan edi. Milliy iqtisodiyotimiz uchun yangi bo‘lgan, sanoatning ilg‘or turi klaster sxemasini yaratish va joriy etish asosida “paxta xomashyosini etishtirish – qayta ishlash – tayyor mahsulot” shaklidagi yopiq zanjirdan iborat, yuz foiz chiqitsiz ishlab chiqarish ob’ektini tashkil etish ko‘zda tutilgan edi. Bu erda so‘z nafaqat paxtakor xo‘jaliklar tamonidan an’anaviy tarzda xomashyo etishtirish haqida, balki paxtani qayta ishlovchi, yog‘-ekstraksiya va boshqa korxonalarda birlamchi paxta xomashyosi hamda g‘o‘zapoyani qayta ishlab, yuqori qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotlar yaratish haqida bormoqda. Bunda paxtani qayta ishlovchi va yog‘-ekstraksiya korxonalarida hosil bo‘ladigan ikkilamchi mahsulot keyinchalik chorvachilik kompleksida ishlatiladi, chorvachilik kompleksining chiqitlari esa – biogaz qurilmasida issiqlik va elektr energiyasi ishlab chiqarishga sarflanib, keyinchalik sabzavot va ko‘katlar etishtirishga mo‘ljallangan zamonaviy issiqxonalarga uzatiladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yuqorida qayd etilgan Qarori bilan ilk tajribaviy sanoat klasterining yaratilishi quyidagi maqsadlarga qaratilgan edi: - tarkibiy o‘zgartirishlarni yanada chuqurlashtirish va davlatning qishloq xo‘jaligidagi ishtirokini kamaytirish; - agrosanoat kompleksini innovatsion usulda rivojlantirishning integratsiyalashgan klaster tizimini yaratish uchun xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirish; - paxta xomashyosini etishtirishga samarali usullarni joriy etish va qishloq xo‘jalik xomashyosini chuqur qayta ishlashni tashkil etish; 53 - agrar sohada ishlab chiqarish samaradorligi va mehnatga haq to‘lashni yaxshilash. Ushbu tajribaviy sanoat klasterining pirovard maqsadi – yuqori qo‘shimcha qiymatga ega, raqobatbardosh hududiy mahsulot ishlab chiqarish va shu asosida hududlarga ko‘pgina muammolar, ya’ni mehnat va moddiy resurslardan samarali foydalanish, byudjetni to‘ldirish, eksport imkoniyatlarini kengaytirish, ijtimoiy masalalarni hal etishdan iborat edi. Paxta-to‘qimachilik klasteri yagona texnologik zanjirga birlashtirilgan korxonalar majmui bo‘lib, u ilm-fan, ta’lim hamda ishlab chiqarish integratsiyasini chuqurlashtirish, yangi texnologiyalarni amaliyotga jadal joriy etish imkonini beradi. Xom-ashyoni tayyor mahsulotga aylantirib, moddiy manfaatdor bo‘lish hozirgidan ko‘ra o‘n martagacha ko‘proq moddiy boylikka ega bo‘lish mumkin. Bu borada ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyalashuvini chuqurlashtirishning ahamiyati, yangi texnologiyalarni joriy etishning o‘ta muhimligi ham alohida e’tirof etilmoqda O'zbekistonda paxta-toʻqimachilik klasterlarini tashkil etish tartibi belgilandi 1



Hukumat qarori bilan Paxta-toʻqimachilik klasterlari faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomga koʻra, paxta-toʻqimachilik klasterlari quyidagi shaklda tashkil etiladi:
- qishloq xoʻjaligi yer uchastkalarini ijaraga olgan holda paxta yetishtirish;
- paxta xomashyosini shartnoma asosida fermer xoʻjaliklari va boshqa paxta yetishtiruvchilardan sotib olish;
- qishloq xoʻjaligi yer uchastkalarini ijaraga olgan holda paxta yetishtirish hamda paxta yetishtiruvchilardan shartnoma asosida sotib olish.
Paxta-toʻqimachilik klasteri bu boʻyicha Respublika komissiyasi qaroriga asosan Vazirlar Mahkamasi tomonidan tashkil etiladi.
Paxta-toʻqimachilik klasterini tashkil etish uchun talabgor ixtiyoriy ravishda har yili 10-sentyabrgacha YAIDXP orqali ariza bilan murojaat qiladi. Murojaat Qishloq xoʻjaligi vazirligi (Vazirlik) tomonidan 2 ish kunida koʻrib chiqiladi.
Respublika komissiyasi talabgorlarning arizalarini har yili 1-oktyabrgacha koʻrib chiqib, qaror qabul qiladi.
Shuningdek, paxta-toʻqimachilik klasterini tashkil etish toʻgʻrisidagi tegishli hujjat qabul qilingach:
- 3 ish kunida Vazirlik talabgorlarni xabardor qiladi;
- 5 ish kunida talabgor bilan 30 yil (chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona yoki chet el yuridik shaxsi boʻlgan taqdirda 25 yilgacha boʻlgan) muddatga bitim tuziladi;
- 3 ish kunida paxta-toʻqimachilik klasteri tegishli tuman (shahar) hokimi bilan yer ijarasi shartnomasi tuzadi (klaster yer uchastkalarini ijaraga olgan holda tashkil etilgan taqdirda).
Shuningdek, ijaraga olgan holda tashkil etilgan paxta-toʻqimachilik klasteri oʻziga biriktirilgan yerlarni shaxslarga 1 yilgacha boʻlgan muddatga ikkilamchi ijaraga (ularni uchinchi shaxsga berish huquqisiz) berish huquqiga ega.
Paxta-toʻqimachilik klasteri faoliyati samaradorligi bilan bogʻliq masalalar yuzasidan bir yilda kamida bir marta monitoring oʻtkaziladi.
Download 108.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling