O’zbekiston raspublikasi Alfraganus unversiteti Raqamli texnologiyalar fakulteti Dasturiy injinering yo’nalishi
Download 267.63 Kb.
|
Mustaqil ish komp.tash (1)
O’zbekiston raspublikasi Alfraganus unversiteti Raqamli texnologiyalar fakulteti Dasturiy injinering yo’nalishiKompyuterni tashkil etish fanidan Amaliy ishBajardi Qushboyev.ATekshirdi Xalilov.SKiritish-chiqarish tizimlarining tashkil etilishi Kiritish-chiqarishning asosiy tizimi. Shaxsiy kompyuterning ona platadagi DXQ (doimiy xotira qurilmasi) yoki QDDXQ (qayta dasturlanadigan doimiy xotira qurilmasi) mikrosxemasiga yozilgan dastur BIOS dir. BIOS kompyuterning operatsion tizimdan kelayotgan kirish-chiqish, qurilmalarni boshqarish so‘rovlariga xizmat ko‘rsatadi. Shuningdek, kompyuter yoqilganda uskunalarni boshlang‘ich tekshirish (POST tartiboti), MBRni yuklash va operatsion tizimga boshqaruvni uzatish ham BIOS vazifasiga kiradi, BIOSda shaxsiy kompyuterning ona plata konfiguratsiyasining asosiy ko‘rsatkichlarini qo‘lda sozlash uchun interaktiv nimdasturi ham mavjud. POST-Power-On Self-Test Yoqilgandan so‘ng o‘z-o‘zini testlash. Ona plataning BIOS dasturi vazifalaridan biri bo‘lib, u kompyuter tarkibiy qismlarini(apparat ta’minotini) ketma-ket testlab chiqadi. MBR Master Boot Record – Bosh yuklovchi yozuv. Qattiq disk yoki boshqa axborotni saqlash qurilmasidagi mantiqiy disklarga (bo‘limlarga) bo‘linadigan birinchi fizik sektor. MBR bo‘limlar jadvalini (partition table) va bajarilayotgan kodning katta bo‘lmagan bo‘lagini o‘z ichiga oladi. MBRning maqsadi – operatsion tizimni yuklash emas, shunchaki qattiq diskning qaysi bo‘limidan Otni yuklash kerakligini tanlash. MBR bosqichida faqat disk bo‘limi tanlanadi. Kiritish va chiqarish tizimi – tashqi qurilmalar bilan ma’lumotlarni kiritish va chiqarish masalasini ta’minlaydi Kiritish va chiqarish tizimi – tashqi qurilmalar bilan ma’lumotlarni kiritish va chiqarish masalasini ta’minlaydi Fayl tizimi – fayl va kataloglar bilan ishlash uchun keng xizmat (servis) imkoniyatlarini beradi Operatsion tizim klassifikatsiyasi Zamonaviy universal operatsion tizim birinchidan fayl tizimlarini ishlata oladigan va foydalanadigan ko`p foydalanuvchili va ko`p vazifali xarakteristika deb aytishimiz mumkin Operatsion tizimning tarkibida asosiy 3 komponent guruhi mavjud: -Yadrosi (rejalashtiruvchi tizim, qurilma drayverlari, qurilmalarni boshqaradigan xizmatlar, tarmoq tizimlari) -Tizim kutubxonalari (drayverlar bilan birga keladigan vazifali lug`at) -Platalar bilan obolochkasi (tashqi ko`rinish) Protsessorni boshqarish algoritmi bo`yicha operatsion tizimlarning turlanishi: -Bir vazifali va ko`p vazifali -Lokal va tarmoqlar -Bir foydalanuvchili va ko`p foydalanuvchili -Bir protsessorli va ko`p protsessorli tizim Bir vaqt davomida bajariladigan vazifalar bo`yicha operatsion tizimlar 2 klassga bo`linadi: bir vazifali va ko`p vazifali Misol: MS – DOS operatsion tizim 1 vazifali , Linux,Unix, Windows ko`p vazifali hisoblanadi. Ko`p vazifali operatsion tizimlar foydalanadigan muhitiga nisbatan 3 turga bo`linadi: Paketlarni qayta ishlash tizimlari Vaqt bo`yicha ajralish tizimlari Real vaqt tizimlari Operatsion tizimning funksiyali vazifalari: Lokal resurslarni boshqarish Jarayonlarni boshqarish Kiritish – chiqarishni boshqarish Jarayon (vazifa, harakat) – abstrakt amal bajarib turgan dasturni aniqlaydi. Operatsion tizimning funksiyalari: Foydalanuvchi tomonidan buyruq va vazifalarni qabul qilishi va ularni qayta ishlashi So`rov dasturni qabul qilish va bajarish kerak bo’lgan vaqtda boshqa dasturlarni bajarish yoki to`xtatish Bajarishga mo`ljallangan dasturlarni operativ xotiraga yuklash Dasturni initsializatsiyasi Dasturlarni identifikatsiyasi Ma’lumot bazalarining fayllarini boshqarish tizimini ishlashini ta’minlab berish Multidasturlash rejimini ta’minlab berish Hamma kiritish – chiqarish operatsiyasini boshqarish va tashkillashtirishni ta’minlash Real vaqt davomida vaqtni cheklashi bilan aniq va qattiq ishlash Xotirani taqsimlash Virtual xotirani tashkillashtirish Zamonaviy tizimlarda doimiy xotirani taqsimlash Vazifa bo`yicha rejalashtirish va nazorat qilishni ta’minlash Bir vaqt mobaynida bajarib turgan dasturlar orasida ma’lumot va xabarlarni almashishini ta’minlab berish Bir dasturni boshqa dastur ta’siridan himoyalash va ma’lumotlarni ishonchli ravishda saqlash Har vaqtda tizimni ishdan chiqish vaziyatlari uchun xizmatlarni ta’minlash Dastur tizimining ishlashini ta’minlash Download 267.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling