O`zbekiston raspublikasi oliy ta`lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
Download 0.86 Mb.
|
O`zbekiston raspublikasi oliy ta`lim, fan va innovatsiyalar vazi
Hazm qilish sistemasi . Nematodalarning og'iz teshigi tanasining oldingi uchida joylashgan ; odatda uchta ( bitta orqa , ikkita yon ) maxsus o'simtalar - lablar bilan o'ralgan . Navsimon ichagining oldingi qismi og'iz
2-rasm. Urg'ochi askaridaning ko'ndalang kesmasi: I - gipodermaning orqa valigi, 2 - muskul hujayralarning plazmatik o'simtalari, 3 - muskul hujayralari, 4 – tuxumdonning bo'ylama kesmasi, 5 - ichak, 6 - kutikula, 7 - gipodermaning yon valigi, 8 - ayirish sistemasi nayi, 9 - tuxumdon, 10 - bachadon, I1 - tuxum yo'li bo'yiga kesmasi, 12 - gipodermaning qorin valigi, 13 - tuxumdon. bo'shlig'i ( stoma ) va halqumga bo'linadi Ayrim yirtqich va zooparazitlar stomasida kutikula oʻsimtasidan iborat tishlar bo'ladi . O'simlik parazitlari stomasi esa sanchib so'ruvchi organ- stiletni hosil qiladi . Halqum devorida muskul hujayralari va hazm bezlari joylashgan . Bir qancha nematodalarda halqum muskullarining hujayralari kengayib , bul bus hosil qiladi . Halqum tirqishi uchburchak shaklda , uning devori xitin lashgan . Halqum ektodermadan hosil bo'ladi . Halqum yupqa devorli en dodermal oʻrta ichakka o'tadi . O'rta ichak bir qavat joylashgan silindrsi mon hujayralardan iborat . Keyingi ichak kalta , murtak ektodermasidan hosil bo'ladi . Ayrim nematodalar ichagi turli darajada reduksiyaga uchragan . Masalan , filyariya parazitining keyingi ichagi berk , anal teshigi bo'lmaydi . Nematodalar har xil usulda oziqlanadi . Erkin yashovchi nematodalar har xil mayda organizmlar bilan oziqlansa , parazit turlari hayvon yoki o'simlik hujayralari shirasi , ba'zan qon soʻrib oziqlanadi . O'simlik parazitlari ozig'i ichakdan tashqarida hazm bo'ladi . Stilet orqali o'simlik to'qimalariga hazm bezlari fermentlari chiqariladi . Nematodalar ana shu fermentlar ta'sirida chala hazm bo'lgan oziqni stileti yordamida so'rib oladi . Qon aylanish va nafas olish sistemasi rivojlanmagan . Ichak bo'shlig'idagi va ichki organlardagi endoparazitlar parazit yassi chuval changlar singari kislorod tanqis bo'lgan sharoitda hayot kechirishga mo slashgan . Ular uchun asosiy energiya manbai glikogenning anaerob par chalanishi hisoblanadi . Bu jarayonda organik kislotalar ( asosan , yog ' va valerian kislotalari ) hosil bo'ladi . Ana shu sababdan nematodalarn ing tana bo'shlig'i suyuqligi odam terisi shilliq qavatiga tasodifan tush ganda achishtiradi. Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling