O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti


Download 1.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/141
Sana11.08.2023
Hajmi1.56 Mb.
#1666513
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   141
Bog'liq
jaxon adabiyati songisi

“Kalila va Dimna” eposi “Panchatantra”, “Xitopadeshe” va 
shu kabi boshqa asarlar bilan ildizi bir ekanligi aytiladi
9
. Chunon-
chi, masalan, “Kalila va Dimna” va “Panchatantra”ni chog‘ishtirib 
o‘qib ko‘rishning o‘ziyoq bu fikrni isbot qiladi. “Kalila va Dimna” 
VI asrda Eron shohi Anushiravon davrida Hindistondan Eronga 
keltirilib, forsiyga o‘giriladi. Tarjima asnosida Sharq an’anasiga 
ko‘ra tahrirlar, qo‘shishlar, qisqartirishlar amalga oshiriladi. Nati-
jada “Panchatantra”dan bir muncha farqli bo‘lgan “Kalila va Dim-
na” asari dunyoga keladi. Asar keyinchalik ko‘plab, jumladan, arab, 
rus, tojik, ozarbayjon va o‘zbek tillariga ham o‘girilgan. O‘zbek 
tiliga eng so‘ng olima Suyuma G‘aniyeva tomonidan amalga os-
hirilgan. Asar pand-nasihatga yo‘g‘rilgan ertak, masal, rivoyat va 
hikoyatlardan iborat bo‘lib, hayvonlar, qushlar vositasida odamlarn-
ing qilmishlari va qilmishlarning oqibatlaridan hikoya qiladi. Eng 
8
Qarang: Болтабоев Ҳ., Маҳмудов М. Адабий-эстетик тафаккур тарихи. 
– Тошкент: Мумтоз сўз, 2013.
9
Калила ва Димна. – Тошкент: Ғафур Ғулом нашриёти, 2012. – Б. 254.


25
muhimi, unda shunday majoziy yo‘l tanlanganki, natijada epos bar-
cha zamonlar uchun o‘z ahamiyatini yo‘qotmay kelmoqda.
Qadimgi Xitoy adabiyoti 
Ilk bitiklardagi adabiyot. Birinchi ierogliflar m.a. XV asrga 
oid bo‘lib, suyakdan yasalgan tablichkalarda ilohlar irodasini ifoda 
qilgan: “Bolalarga don ekishni buyurish”, “O‘ttizta odam va o‘nta 
buqani qurbonlikka keltirish”, “Agar odamlarning boshini qurbon-
likka keltirsang, shoh yordam oladi” kabi. Keyin bu tablichkalar 
olovga tashlangan hamda ularda qanday yoriqlar paydo bo‘lishiga 
qarab ilohlarning munosabat-javobi haqida xulosa qilishgan. 
“I Szin” (O‘zgarishlar kitobi). Nasroniylar uchun “Injil” qanday 
ahamiyatga molik bo‘lsa, xitoyliklar uchun bu kitob o‘shanday qim-
matli hisoblanadi. Bi kitobning mazmuni, afsonaga ko‘ra, dengiz yu-
zasiga chiqib qolgan toshbaqaning kosasiga suvratlar shakli (geksa-
gramma) da chizilgan. Kitob o‘ziga xos fol kitobi hsioblanadi. Kitob 
m.a. XXI asrdan m.a.VI asr oralarida vujudga kelgan degan har xil 
qarashlar mavjud. Hatto uni Konfutsiy nomi bilan bog‘lashadi. Asar 
sekin-asta sayqal topib, fol kitobidan falsafiy traktatga aylangan. 64 
ta geksagrammada aks etgan hayot bosqichlaridan inson taqdiri bun-
yod bo‘ladi, degan qarash ilgari surilgan. Mas., 1. Ijod. 2. Ado etish. 
3. Ilk qiyinchiliklar. 4. G‘o‘rlik. 5. Kutish zarurati va h.k…
“Shi Szin” – qo‘shiqlar kitobi. Qadimgi xitoy she’riyati hisob-
lanib, XII-VII asrlarga oid. Undan turli tuman janrlardagi qo‘shiqlar 
o‘rin olgan. Didaktika, totem, marosim, qarg‘ish, kul‘t yo‘nalishidagi 
va yana boshqa mavzulardagi qo‘shiqlar mif hamda fol‘klor ruhi bi-
lan qo‘shilib ketgan.
Xitoyda epopeyaning yo‘qligi dunyoqarash bilan, undagi antrop-
otsentrizm bilan bog‘liq. Xitoyliklar go‘zallikni alohida bir shaxs va 
uning tuyg‘ulari bilan emas, balki tabiat va jamiyat bilan bog‘liq holda 
ko‘rishadi. Shu negizda ikki dunyoqarash paydo bo‘lgan: konfutsiylik 
(jamiyatga qaratilgan nigoh) va daosizm (tabiatga qaratilgan nigoh).


26

Download 1.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling