O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti


Download 1.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/141
Sana11.08.2023
Hajmi1.56 Mb.
#1666513
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   141
Bog'liq
jaxon adabiyati songisi

Fransuz Uyg‘onish adabiyoti
Fransuz Uyg‘onish adabiyoti o‘z rivojlanishida Italiyaga xos xu-
susiyatlarga ega bo‘lish bilan birgalikda, farqli tomonlari ham ma-
vjud edi.
Fransuz burjuaziyasi bir qadar ortda bo‘lgani sababli gumanis-
tik xarakatda faol ijtirok eta olmadi. Fransuz Uyg‘onishiga Italiyan-
ing ta’siri katta bo‘ldi. Qirol Fransisk I davrida Italiya renessans 
madaniyati faol import qilindi. Qirol (1515–1547) Leonardo da Vin-
chi, Andrea del Sarto, Benvenuto Chellinilarni o‘z saroyiga taklif 
qildi. Dante, Petrarka va Bokkachcholarning asarlari tarjima qilindi.
Fransuz gumanistik harakatining atoqli arboblaridan biri qi-
rol Fransisk I ning singlisi Margarita Navarrskaya (1492–1549) 
edi. Italyan, yunon, lotin tillarini yaxshi o‘zlashtirgan, ma’rifatli 
ayol bo‘lgan Margarita ko‘plab she’r va novellalar yaratgan. Un-
ing mashhur asari “Geptameron” novellalar to‘plami edi. Margarita 
Navarrskaya homiyligida faoliyat yuritgan to‘garakda shoir Klemen 
Maro, yozuvchi Bonaventura Deperelar faol ishtirok etdilar.
Fransua Rable (1494–1553). “Gargantyua va Pantagryuel”ning 
muallifi Fransua Rable uyg‘onish davridagi eng yirik fransuz yozu-
vchilaridan biridir.
Fransuz gumanizmining yirik namoyondasi bo‘lgan yozuvchi 
Shinonda tavallud topgan. Yoshlik yillarida monastirda diniy bilim-


114
lar bilan bir qatorda qadimiy yozuvlar va huquqqa oid risolalarni 
o‘rgandi. Ma’lum bo‘lmagan sababga ko‘ra, monastirdan ketib
meditsinani o‘rgana boshlagan va 1532-yili Lion gospitalining vra-
chi lavozimida ishlay boshlagan.Parij yepiskopi, kardinal Jan dyu 
Belle, qirol Fransisk I qo‘lida xizmat qilgan va 1553-yili Parijda va-
fot etgan.
Fransua Rable tibbiyot, huquqshunoslik, arxeologiyaga oid bir 
qator ilmiy asarlar muallifi. Yozuvchi sifatida “Gargantyua va Panta-
gryuel” romani bilan shuhrat qozondi. Romanni yozishga 1532-yili 
Lionda chop etilgan “Gargantyuaning buyuk va bebaho xronikasi” 
nomli xalq kitobi turtki bo‘ldi. 
Shu yili Rablening “Buyuk dev Gargantyuaning o‘g‘li, dipsod-
lar qiroli shavkatli Pantagryuelning dahshatli ishlari va qahramon-
liklari” kitobi yozildi. 
Yozuvchi xalq kitobidagi sxemani saqlab qolib, undan 
ko‘plab obrazlar va syujet motivlarini oldi. Shu bilan birgalikda 
epopeyaga Pantagryuelning do‘sti va hamrohi Panurg obrazini 
olib kirdi. 
1534-yili yozuvchi o‘zining “Pantagryuelning otasi buyuk Gar-
gantyuaning dahshatli hayoti” nomli asarini e’lon qildi. Roman 
epopeyaning birinchi kitobi sifatida yozilgan bo‘lib, yozuvchi 
manbadan ba’zi motivlarini(Gargantyua va uning ota-onasi bahay-
batligini, uning ulkan otda yurishini, Notr-Dam ibodatxonasidan 
qo‘ng‘iroqlarni o‘g‘irlashini) ishlatgan holda, asosan, o‘z ijodiy 
fantaziyasiga tayandi.Asarda eski tarbiya usullari tanqid qilinadi va 
unga gumanistik pedagogika qarama-qarshi qo‘yiladi. O‘g‘irlangan 
qo‘ng‘iroqlarni qaytarib berishni so‘rab nutq so‘zlagan magistr 
Ianotus de Bragmardoning nutqi – “sarbonnachilar”ning baland-
parvoz ritorikasiga parodiyadir. Shundan so‘ng Pikrokolning bosq-
inchilik rejalari – feodallar, qirollar va feodallar urushlari tanqid 
qilinadi, satira ostiga olinadi. Urush fonida jismoniy va ma’naviy 
sog‘lomlik, hayotga ishonch ramzi sifatida ruhoniy monax Jan og‘a 
paydo bo‘ladi. Roman Janning rejasi asosida barpo etilgan Telem 


115
abbatligining ochilishi bilan yakunlanadi. Bu yerga odil va oqil
madaniyatli, ozod shaxslar to‘planadilar.
“Pantagryuelning qahramonona hayoti haqidagi 3-kitob” 1546-
yili paydo bo‘ldi. U oldingi kitoblardan anchayin farq qiladi, chunki 
bu paytga kelib qirol Fransisk I ning siyosati o‘zgargan edi. Reak-
siya g‘alaba qozondi. Erkin fikrlovchilar va kalvinistlar ta’qib ostiga 
olingan edilar. Kitobda Pantagryuel tomonidan zabt etilgan dipsodlar 
mamlakatidagi tinch, osoyishta hayot ko‘rsatilgan, ya’ni unda zamo-
naning bosqinchilik siyosatiga antitezani ko‘rish mumkin. Shundan 
keyin o‘z mulklarida uch yillik daromadni ikki hafta ichida sarf qilib 
yuborgan Panurgning sarguzashtlari hikoya qilinadi. So‘ngra har qa-
nday voqealarga yakun yasaladi va asosiy o‘ringa botanika, tibbiyot, 
huquq haqidagi suhbat va mulohazalar chiqadi. Bu suhbat va mulo-
hazalarga Panurgning uylanish yoki uylanmaslik haqidagi ikkilan-
ishlari sabab bo‘ladi. Bu suhbatlar jarayonida Panurg aqlli gap ayta 
olmaydigan turli “faylasuf”lar, barcha masalalarni suyak tashlab hal 
qiluvchi sudya Bridua bilan uchrashadi.
1548-yili 4-kitob yozilib, to‘rt yildan keyin esa uning kengay-
tirilgan varianti paydo bo‘ldi.Romanda Panurgning Xitoyga safari 
haqida hikoya qilinadi. Yo‘lda sayyohlar Prokuratsiya (sudboz-
sudlashishni yaxshi ko‘ruvchi), Karemprenan(katolik ro‘zadorlar), 
Kolbasa, Papefiglar(papaga fig ko‘rsatuvchilar), Papimanlar(“papa 
tarafdorlari”), messer Gaster(“oshqozon”) kabi orollarda bo‘ladilar. 
Kitobda diniy fanatizmni qo‘llab-quvvatlovchi, ya’ni qirol siyosati 
tanqid ostiga olinadi.
1564-yili, ya’ni Rablening o‘limidan 10 yil keyin 5-kitob nashr 
etildi. Roman yozuvchi qo‘lyozmalari asosida do‘stlari tomonidan 
nashrga tayyorlangan bo‘lib, unda Panurg sayohatining nihoyaga 
yetishi haqida hikoya qilinadi. 
Rable o‘z romani bilan badiiy realizmni yanada kengaytirdi va 
chuqurlashtirdi, fransuz tilini rivojlantirishda katta xizmat ko‘rsatdi. 
“Gargantyua va Pantagryuel” fransuz Renessansining eng de-
mokratik asari hisoblanadi. Adibning keyingi davr yozuvchilariga 


116
ko‘rsatgan ta’siri beqiyosdir. Molyer, Lafonten, Lesaj, Volter, Bal-
zak, A.Frans, R.Rollan uning asarlaridan ilhomlanganlar, ijodiga 
murojaat qilganlar.

Download 1.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling