O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti
Download 1.56 Mb. Pdf ko'rish
|
jaxon adabiyati songisi
Rasin (1639–1699). 1667-yilda «Andromaxa» tragediyasi sahna-
ga qo‘yiladi. Kornel tragediyalarining qahramonlari o‘z xarakterlari – g‘oyalari bilan tomoshabinni asir etgan bo‘lsa, Rasin tragediyada insonlar qanday bo‘lsa, shundayligicha (Kornel qanday bo‘lishi haq- ida) tasvirlaydi. Rasin 1658-yilda Parijga keladi. 1664-yilda «Fivaida» tragediyasi shuhrat keltirmaydi. 1665-yilda yozilgan «Aleksandr» tragediyasi, «Britanik» – hokimiyatni suiste’mol qilish, despotizm asorati haqi- dagi tragediyalar bo‘lib, ularda Rim tarixi – Neron hukmronligi davri tasvirlandi. 1677-yilda «Fedre» tragediyasi yaratildi. Asarning syujeti qadim- gi yunon mifidan olingan. (Evripidda «Ipolit») 1670-yilda Kornel va Rasin bir syujetda ikki asar – «Tit va Berenika», «Berinika» tragedi- yalarini yaratadilar. Bu musobaqada Rasin pyesasi ustun chiqadi. «Berenika» tragediyasida Rasin shaxsiy manfaat va ijtimoiy burch bir-biriga zid kelmasligi va monarxiya tuzumining gumanizmiga zid ekanligini ko‘rsatadi. Saroy intrigalari natijasida Rasinning eng 134 yaxshi tragediyasi – «Fedra» muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Bundan so‘ng yozuvchi dramaturgiyani tashlaydi. 12 yildan so‘ng qizlar pan- sionini boshlig‘i De Montenoi xonim iltimosi bilan «Esfir» tragedi- yasini yaratadi. 1661-yil so‘nggi asari – «Ataliya»ni yaratadi.Uning so‘nggi asari Lyudovik XIV ni g‘azablantirdi va yozuvchi hayotining so‘nggi yillari osoyishta o‘tmadi. 1699-yili vafot etadi. «Andromaxa» (1667) ppyesaning syujeti antik mifologiyadan olingan. Asarning bosh qahramoni Troya pahlavoni Gektorning xotini Andromaxadir. Uning yosh o‘g‘li (Astianaks)bilan Gektorni o‘ldirgan Axillesning o‘g‘li Pirr qo‘liga asir tushish voqealari tas- virlanadi. Pirrda Andromaxa muhabbat uyg‘otadi. Shoh Meneay va qizi Germiska Pirr Andromaxaga uylanishini eshitib, undan o‘ch olishni Orestga topshiradi. Nikoh rasmiyati o‘tkazilayotgan bir paytda Orest Pirrni o‘ldiradi. Bundan so‘ng Germiono ham o‘zini halok etadi. Rasin qadimgi syujetni olib, unga yangi ma’no kiritdi. Shoh, Pirr, Germiono va Orest obrazlari orqali davlat manfaatlarini unit- gan, egoist hokimiyatni tanqid qildi. Burch va istak (his) orasidagi kurash tasvirlanadi. Fedra Tezeyning xotini, Ippolit uning o‘gay o‘g‘li bo‘ladi. Fedra Ipolitni sevib qoladi. Evripiddan farqli, Rasin asarga enaga obrazini kiritgan. Qahramonlarni ichki kurashini aniq ifodalaydi. Tragediyada qahramonlar sodir etadigan kichik xatolar, hatto jinoyat haqidagi o‘ylar ham o‘z jazosini oladi. Kardinal Mazarini yaqinlari Rasin ustidan kulmoqchi bo‘lib, shoir Pradonga xuddi ana shu mavzuda pyesa yozishni talab etadi. Pra- don pyesasi kuni teatr odam bilan to‘ladi. Rasinning «Fedrasi» kuni esa bo‘m-bo‘sh bo‘ladi. Rasin bundan qattiq achchiqlanib, bundan buyon pyesa yozmaslikka ahd qiladi. 12 yildan so‘ng Montenon xonimining talabiga ko‘ra (Lyudovik XIVning xotini ) Pansion qizlari uchun «Esfir» pyesasini yozadi. 1690-yili Rasinning so‘nggi tragediyasi – «Ataliya» yaratiladi.Rasin ijodi davomida antik adabiyot mualliflariga murojaat etadi, ulardan o‘rganadi, zavqlanadi. U asarlarida Kornel kabi «yetuk» qahramon- larni emas, balki (ijtimoiy jihatdan ham, psixologik jihatdan ham) 135 o‘rta tabaqa odamlarini, ularning ojiz tomonlarini aks ettiradi. Rasin umrini kambag‘alchilikda tugatdi. Fransuz milliy teatrining asoschisi, buyuk komediograf Jan Ba- Download 1.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling