Savol va topshiriqlar
1. O'quvchilar nutqini o'stirish sohasida ona tili ta'limi oldiga qo'yilgan asosiy vazifalarni ayting.
2. Boshlang'ich sinf o'quvchilaridan biri nutqining asosiy xususiyatlarini tekshiring.
3. Maktabda lug'at ustida ishlashning asosiy yo'llarini tushuntiring.
4. „Lug'at ustida ishlashda o'quvchilarning bilish faolligi va mustaqilligini oshirish" mavzusida axborot tayyorlang.
5. Izohli lug'atlar, sinonimlar, antonimlar, frazeologik lug'atlardan foyda-lanib, I—4-sinf uchun ikkitadan leksik mashq tuzing.
6. Boshlang'ich sinflarda sintaktik ishlar haqida gapiring.
7. Fe'llarda shaxs-son va zamonni o'rganishga bog'liq holda so'z birikmasi ustida ishlashga oid bir necha mashq tayyorlang.
8. ,,Ot" mavzusini o'rganishga bog'liq holda gap ustida ishlashga doir to'rtta mashq tayyorlang.
9. Bog'lanishli nutqni o'stirish jarayonida o'quvchilarda liosil qilinadigan asosiy ko'nikmalarni ayting.
10. ,,O'quvchUar bog'lanishli nutqini o'stirishda namunaviy matnning o'rni'' mavzusida axborot tayyorlang.
11. Hikoya tarzidagi matnni og'zaki qisqa'rtirib yoki tanlab qayta hikoya-lashga bag'ishlangan dars ishlanmasini tayyorlang.
12. 3-sinf ,,O'qish kitobi"dagi hikoyalarning biridan foydalanib, ijodiy qayta hikoyalash uchun matn tuzing.
13. 4-sinf o'quvchilari yozgan bayon matnini tahlil qilish chizmasini tuzing va shu asosda bir o'quvchi bayonini tahlil qiling.
14. Tabiatni kuzatish asosida yoziladigan inshoga tayyorlanish va uni o'tkazish bosqichlarini tushuntiring.
15. Bir o'quv yili davomida insho va bayon o'tkazish rejasini ishlab chiqing.
16. O'quvchilar daftarini tekshiring va nutqiy xatoning har biriga misol tanlang. Xatoning kelib chiqish sababini va uni bartaraf qilish yo'llarini tushuntiring.
17. Nutqiy xatolar ustida ishlash darsining bir qismi (20—25 daqiqa) rejasini tuzing.
18. O'zingiz ilgari yozgan matnni tahrir qilib, tuzatishlaringizni sanang va xato turlarini ayting.
19. O'quvcliilarning og'zaki va yozma nutqini o'stirishdagi muvafTaqiyatga erishishning uch omilini misollar bilan tushuntiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |