O’zbekiston resbublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o’lmasxon Ro’ziboyeva Ona tili o’qitish mеtodiкasi


Download 1.21 Mb.
bet24/90
Sana31.01.2024
Hajmi1.21 Mb.
#1818136
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   90
Bog'liq
portal.guldu.uz-Ona tili o’qitish mеtodiкasi (II qism) (1)

b) xulosani shakllantirish: xulosa ba'zan o'quvchilar tomonidan, ba'zan O'qituvchi tomonidan shakllantiriladi. Uzoq muddatli tahlil va tushuntirishdan so'ng xulosani ta'rifini ko'pincha o'quvchilar shakllantiradi, yasaydi. Bu mavzuda o'qituvchi quyidagicha xulosa yasaydi: Nechta?, qancha? so'rog'iga javob bo'lgan so'zlar sanoqni, nechanchi? so'rog'iga javob bo'lgan so'zlar tartibni bildiradi.
Nazorat topshiriqlari
1. Son necha yo’nalishda o’rganiladi? Misollar keltiring.
2.Sonni o'rganish yakunida o'quvchilar qanday bilim, ko'nikma va muiakalarni egallashlari lozim?
3. Sonni to’rt bosqisiga misollar keltiring
Foydalanilgan adabiyotlar.
1. Qosimova K., Matjonov S., G’ulomova X., Yo’ldosheva Sh., Sariyev Sh. Boshlang`ich sinflarda ona tili o`qitish metodikasi. T., 2009.
2. “Boshlang’ich ta’lim” 2000-2012
6-mavzu. Fе'lni o’rganish mеtodikasi
Asosiy masalalar
Fе'l so’z turkumini o’rganish, fе'lni o’rganishda izchillik.
Dars jarayonida fе'lni o’rganish.
Tayanch tushuncha va iboralar: fе'l-so’z turkumi, fе'lni o’rganishda izchillik, 1-sinfda fе'lni o’rganish, shaxs-son qo’shimchalari.
1-asosiy masala bo’yicha o’qituvchining maqsadi: talabalarga fе'l haqida to’liq ma'lumot bеrish, ularda bilim, ko’nikma, malaka hosil qilish.
Idеntiv o’quv maqsadlari
1.1. Fе'l so’z turkumini ta'riflaydilar.
1.2. Fе'lni ma'lum izchillikda o’rganadilar.
1-asosiy savolning bayoni: Fe'l ustida ishlashda izchillik, bo'limlar orasidagi bog'lanish, dastur materialining hajmi, tini har bir sinfda o'rganish usullari va vositalari shu so'z turkumini o'rganish vazifasi, lining lingvistik xususiyatlari va kichik yoshdagi o'quvchilarning bilish imkoniyatlariga qarab belgilanadi.
,,Fe'l" mavzusini o'rganishda asosiy vazifalar: so'z turkumi sifatida fe'l haqida dastlabki tushunchani shakllantirish, o'quvchilar nutqini fe'llar bilan boyitish hamda og'zaki va yozma nutqda fe'ldan to'g'ri foydalanish ko'nikmasini o'stirish, o'quvchilarning aqliy faoliyatini rivojlantirish, grammatik mavzu bilan bog'liq holda ayrim imloviy qoidalarni o'zlashtirish hisoblanadi. Bu vazifalar bir-biri bilan bog'liq holda hal etiladi.
Fe'lning lingvistik xususiyatlari xiyla murakkab, shuning uchun boshlang'ich sinf o'quvchilari faqat lining muhim nazariyalari bilan tanishtiriladi. Material tanlashda shu materialning nutq va imloga oid vazifalarni hal qilishda qanchalik zarurligi hisobga olinadi.

Download 1.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling