O’zbekiston resbublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o’lmasxon Ro’ziboyeva Ona tili o’qitish mеtodiкasi


O'quvchilar inshosini tahlil qilish


Download 1.21 Mb.
bet64/90
Sana31.01.2024
Hajmi1.21 Mb.
#1818136
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   90
Bog'liq
portal.guldu.uz-Ona tili o’qitish mеtodiкasi (II qism) (1)

O'quvchilar inshosini tahlil qilish
Nutq o'stirish metodikasida O'quvchilar inshosi uchun baho me'yori muhim masala hisoblanadi. Tabiiyki, bunda yuqorida bayon etilgan asosiy talablarga rioya qilinadi.
O'quvchilar inshosini baholashda quyidagilar hisobga olinadi:
1. Insho mavzusining yoritilishi (Mazmun mavzuga mosmi, ya'ni yetarli yoritilganmi, haqiqatga mos keladimi?).
2. Reja, kompozitsiya, izchillik (reja to'g'ri tuzilganmi, rnaterialni bayon qilish tartibi rejaga mos keladimi, mazmunda takror yo'qmi, zarur o'rinlar tushib qolmaganmi, izchillik buzilmaganmi, asosiy fikr aniqmi, xulosa chiqarilganmi?).
3. Janri, uslubi (hikoya tarzidagi matnda tasviriy va muhokama elementlari bormi, uslubda xatoga yo'l qo'yilm.aganmi, insho mavzusi va vaziyatni yoritish vazifasini janr va uslub oqlay oladimi, badiiylik elementlari bormi?).
4. Insho hajmi (so'z, gap soni; lakonizm yoki ko'p so'zlilik).
5. Leksika (so'zlardan to'g'ri foydalanish, sinonim, antonim, frazeologizmlardan foydalanish).
6. Sintaksis (gapning hajmi, sintaktik tuzilmalarning bir xil yoki har xilligi, murakkab tuzilmalar bormi?).
7. Imloviy va punktuatsion savodxonlik, xatolar xarakteri (qo'pol va juz'iy xatolar).
8. Husnixat, tashqi tomondan shakllantirish (hoshiyaga, xatboshi­dan yozishga, sarlavhani to'g'ri joylashtirishga rioya qilish).
O'quvchilar inshosiga qo'yilgan bunday talablar uni baholashda real yondashishga imkon beradi.
Nazorat savollari
1.Insho ijodiy ishning eng yuqori shakli ekanligini misollar asosida tushuntiring.
2.Insho material manbaiga ko'ra uchga bo'linishini gapirib bering
3.O'quvchilar tarbiyasida inshoning ahamiyati qanday?


Foydalanilgan adabiyotlar:
1. "Оna tili darsliklari"1- 4-sinf. Т.: «O’қитувчи» 2009-2010.
2. Qosimova K., Matjonov S., G’ulomova X., Yo’ldosheva Sh., Sariyev Sh. Boshlang`ich sinflarda ona tili o`qitish metodikasi. T., 2009.

Download 1.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling