O'zbekiston Respiblikasi Xaliq Talimi vazirligi Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti boshlang'ch ta'lim fakulteti sirtqi ta'lim shakli jismoniy madaniyat yonalishi 2-kurs talabasi shodiyev sardor
Download 0.58 Mb.
|
03.ABDUXALILOV MUZAFFAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uzluksiz ta’lim tizimida jismoniy tarbiya va sportning rivojlanishi.
- E’TIBORNGIZ UCHUN RAHMAT
O'zbekiston Respiblikasi MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI vazirligi O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM VA INOVATSIYALAR VAZIRLIGI Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti boshlang’ich ta'lim fakulteti sirtqi ta'lim shakli jismoniy madaniyat yo’nalishi 203-guruh talabasi ABDUXALILOV MUZAFFARNING JISMONIY MADANIYAT NAZARIYASI VA METODIKASI FANIDAN TAYYORLAGAN MUSTAQIL ISHIUzluksiz ta’lim tizimida jismoniy tarbiya va sportning rivojlanishi.REJA:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 3-iyundagi 244sonli “O‘quvchi va talaba yoshlarni sportga jalb qilishga qaratilgan uzluksiz sport musobaqalari tizimini tashkil etish to‘g‘risida” gi hamda 2009-yil 29-iyundagi 181-sonli “O‘quvchi va talaba yoshlarni sportga jalb qilishga qaratilgan uzluksiz respublika sport musobaqalarini o‘tkazish to‘g‘risida” gi qarorlari jamiyatimizda sog‘lom turmush tarzi tamoyillarini yanada kuchaytirish, mamlakatimizda o‘quvchilarni sport mashg‘ulotlariga uzluksiz jalb qilishga qaratilgan sport musobaqalari tizimini samarali ishlashini ta’minlash maqsadida musobaqalar har uch yilda bir marta o‘tkaziladigan bo‘lgan. Vatanimiz ravnaqi va xalqimiz farovonligini ta’minlashning muhim sharti bo’lgan har tomonlama sog’lom va barkamol avlod tarbiyasiga, jismoniy tarbiya va sportni keng rivojlantirish ishlariga istiqlolning dastlabki kunlaridanoq kirshildi, 1992 yil yanvarida "O’zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida"gi qonun qabul qilindi. Davlatimiz rahbarining sog’lom avlodni voyaga yetkazish haqidagi qarashlarida har tomonlama erkin va mustaqil fikrlaydigan, o’z haq-huquqlarini taniydigan, faqat o’z bilimi, kuchi va imkoniyatlariga tayanadigan, Vatan va xalq manfaati uchun butun borlig’i bilan kurasha oladgan insonlarni tarbiyalashda jismoniy tarbiya va sport harakatining o’rni va ahamiyati beqiyos ekani o’z ifodasini topdi. Avvalo, o’quvchi-yoshlarda jismoniy tarbiya va sportga katta ishtiyoq va qiziqish uyg’otib, ularni bu sohaga uzluksiz jalb qila oladigan, milliy ta’lim tizimi doirasida o’tkaziladigan, yoshlarni sog’lomlik, komillik va go’zallik g’oyalari ruhida tarbyalaydgan ommaviy sport harakatini shakllantirish zarur yedi. Kadrlar tayyorlash milliy dasguriga muvofiq ta’lim modeli asosida, o’quvchi-yoshlarning jismoniy tarbiya va sportga uzluksiz jalb qiladgan, umumta’lim maktablari, akademik-lisey va kasb-hunar kollejlari o’quvchilari hamda oliy ta’lim muassasalari talabalarining «Umid nihollari», «Barkamol avlod», «Universiada» ommaviy sport musobaqa- larini o’z ichiga olgan uch bo’g’inli yagona tizim tashkil qilindi. Ta’lim tizimining barcha bosqichlarida o’qiydigan o’quvchi yoshlarni qisqa muddatda respublika miqyosida uzluksiz sport harakatiga jalb etish maqsadida "Umid nihollari" sport musobaqalarni har yili, "Barkamol avlod" o’yinlarini toq yillarda, "Universiada" musobaqalarini esa juft yillarda may va iyun oylarida final bosqichi sifatida o’tkazish tartibi asoslanib, joriy etila boshlandi. Musobaqalarni uchinchi bo’g’inidan ikkinchisiga va undan birinchisiga ketmaketlikda izchil o’tkazilishi mazkur modelning boshqaruvi mehanizmlarini amalda bosqichma-bosqich sinovdan o’gkazish imkonini berdi. Chunki tizimning uchinchi bo’gini barcha bosqich musobaqalarida faqat 100 mingdan ziyod talaba ishtirok etishi uning milionlab uquvchilarni qamrab oladigan ikkinchi va birinchi bug’inlaridan ko’ra boshqaruv va tashkiliy mexanizmlarini bu bo’g’inda amalda qo’llab ko’rish hamda zarur hollarda ularga tezkorlik bilan o’zgartirishlar kiritish imkoniyatini berdi. Modelning ikkinchi bo’g’ini - "Barkamol aklod" sport musobaqalarida tashkiliy va boshqaruv mexanizmlari yanada takomillashtirilib, millionlab o’quvchilarni qamrab oladigan eng asosiy bo’g’in - "Umid nihollari" o’yinlari uchun mustahkam zamin yaratildi. Sport mashg’ulotlariga o’quvchilarni ommaviy ravishda, uzluksiz jalb qilishni tashkil etish maqsadida, "O’quvchi va talaba yoshlarni sportga jalb qilishga qaratilgan uzluksiz sport musobaqalari tizimini tashkil etish to’g’risida" 2003 yilda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi. Mazkur qaror asosida mamlakatda umumta’lim maktablari, akademik lisey va kasb-hunar kollejlari Uquvchilari hamda oliy talim muassasalari talabalarining "Umid nihollari", "Barkamol avlod", "Universiada" musobaqalarining hududlarda respublika final boskichlarini o’tkazish rejasi belgilandi. Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga doir qonun, Farmon va qarorlar bu sohaning tez sur’atlar bilan taraqqiy yetishiga, xalqaro maydonda O’zbekiston nufuzi va obro’sini olishga, qolaversa, aholining, ayniqsa, o’quvchi-yoshlarning sportga bo’lgan munosabatini o’zgartirishga olib keldi. Mamlakatda soglomlashtirish ishlari barcha ijtimoiy va ishlab chiqarish soha muassasalarida jonlandi, boshlang’ich sport jamoalarining ishlari faollasha boshladi E’TIBORNGIZ UCHUN RAHMAT Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling