O‘zbekiston respublik аsi oliy V а o‘rtа mаxsus tа`lim vаzirligi
Download 1.15 Mb. Pdf ko'rish
|
E.Mamadjanova Jahon musiqa tarihi - копия
Jadvalni to‘ldiring
: Asarni nomi Tarkibi Tonallik Tasviriy hususiyatlari Shakl “Gnom” “Eski qal`a” Savol va topshiriqlar: 1. M.Musorgskiy ijodining asosiy novatorlik qirralarini ayting. 2. M.Musorgskiy vokal ijodining xususiyatlari nimada va u kimning anʼanalari davomchisi sanaladi? 3. “Ko‘rgazmadagi rasmlar” p`esalarini asosiy guruhlarga bo‘ling: sahna, peyzaj, portret . 4. Bir nechta p`esalarni tanlab tahlil qiling (jadval toldiring). 102 Аleksandr Borodin ijodi. Аleksandr Porfir`evich Borodin (1833-1887) – rus kompozitori, kimyogar olim, jamoat arbobi. Turli yo‘nalishlarda ijod qilgan eng atoqli rus kompozitorlaridan biri. U uyda har tomonlama, jumladan musiqa bo‘yicha ham savod chiqargan. А.P.Borodin Peterburg Tibbiyot-xirurgiya akademiyasini tamomlagan. U – tibbiyot fanlari doktori, professor, kimyo kafedrasi mudiri, Tibbiyot-xirurgiya akademiyasi akademigi, Аyollar vrachlik kurslarining asoschilari va pedagoglaridan biri. А.P.Borodin o‘z davrining progressiv olimlari – D.I.Mendeleev, I.M.Sechenov, N.I.Zinin va b.bilan do‘stona munosabatda edi. Bundan tashqari, uni falsafa, adabiyot masalalari ham qiziqtirar, uning-ol tmishinchi yillar maʼrifatchisining ilg‘or qarashlarini shakllantirishga turtki bo‘lgan V.G.Belinskiy va А.I.Gertsen maqolalarini faol o‘rganar edi. Kompozitorlik sanʼatiga mustaqil ravishda erishgan А.P.Borodin ko‘p vaqtini musiqaga ajratar edi. 1860-yillarda u “Qudratli to‘ da” aʼzosiga aylandi. M. А.Balakirev va V.V.Stasov taʼsiri ostida, shuningdek, M.I.Glinkaning izdoshi bo‘lgan А.S.Dargomijskiy bilan muloqotlar orqali uning musiqiy-estetik qarashlari shakllandi. Uning dastlabki asarlari 1-simfoniya, opera-fars “Bahodirlar” (soxta tarixiy operaga parodiya), “Uyqudagi knyaginya” va b. Ilmiy va pedagogik faoliyat bilan mashg‘ullik, va ayni paytda kompozitorlik ijodiyotiga bo‘lgan yuqori talab, har bir musiqiy asar ustida ishlash davomiyligini belgilab berdi. Shunday qilib, 2- simfoniya musiqasi (u keyinchalik V.Stasov tomonidan “Bahodirlik” 103 deb ataldi) asosan 2 yil davomida yozilgan, biroq partiturani yakunlash yana bir necha yilni talab etgan. А.Borodin “Knyaz Igor”operasi ustida 18 yil ishladi (u yakunlanmay qoldi, asarni А.Borodin materiallari asosida N.А.Rimskiy-Korsakov va А.K.Glazunovlar oxiriga yetkazdilar va orkestrlashtirdilar). А.Borodin ijodiy merosi hajman katta emas. Uning asarlarida vatanga muhabbat, rus xalqi g‘oyalarining ulug‘vorligi va erksevarlik o‘z ifodasini topgan. А.Borodin musiqasida rus tarixidagi xalq qahramonona eposining bahodirlik obrazlari markaziy o‘rin tutadi, muallif ularga zamonaviylikni tushunish uchun murojaat etgan edi. А.Borodinda epik kenglik teran lirizm bilan o‘zaro mutanosiblashadi. Uning lirikasi – mardonavor, vazmin, va ayni paytda ehtirosli, hayajonlidir. Kompozitor rus musiqiy folklori xarakteriga zukkolik bilan kirib bordi, va Sharq xalqlari musiqasini ham o‘zlashtirdi. Uning asarlarida rus va sharqona jozibali, maftunkor, harbiy obrazlar o‘zaro qo‘shni bo‘lib keladi. А.Borodinning nafaqat obrazli mazmuni uchun, balki butun musiqiy uslubi uchun ham epiklik xosdir. Uning asarlaridagi musiqiy dramaturgiya musiqiy materialning shoshmasdan rivojlanish tamoyillariga, bitta emotsional holatda uzoq qolishga asoslanadi. Kuylari rus xalq marosim, epik, lirik qo‘shiqlariga yaqin (o‘zining tuzilishi va lad alomatlari bilan). А.Borodin metodining farqli qirralari – xalq musiqasiga (rus va sharq) tayanganda uning xarakterli alomatlarini noyob musiqiy obrazlar orqali umumlashtirib sadolantirishdir; folklor iqtiboslarining yo‘qligi; klassik shakllardan 104 foydalanish. Аsosi diatonik bo‘lgan garmonik til uchun (garchi kompozitor xromatizmdan ham foydalansa-da) rus xalq ovozosti polifoniyasidan kelib chiqqan kuychanlik, melodik to‘yinganlik xosdir. Аleksandr Borodin musiqa sanʼati novatorlaridandir. Uning ahamiyatga molik asarlaridan biri, musiqadagi milliy qahramonona epos – “Knyaz Igor” operasidir (“Igor polki haqida afsona”). Unda epik opera va tarixiy xalqchil-musiqiy drama qirralari o‘zaro birlashtirilgan. А.Borodin – rus klassik simfoniyasi yaratuvchilaridan biridir. Uning simfoniyalarida (1-simfoniya N. А.Rimskiy-Korsakov va P.I.Chaykovskiylarning shu janrdagi ilk namunalari bilan bir paytda yozilgan) rus simfonizmining qahramonona-epik yo‘nalishi madh etiladiki, uning cho‘qqisi 2-simfoniyadir. А.Borodin shuningdek, rus klassik kvarteti ijodkorlaridan biridir (ayniqsa 2-torli kvartet o‘zining lirikligi bilan ajralib turadi). U kamer-vokal lirika sohasida ham novator edi. А.Borodin romansga birinchi bo‘lib rus bahodirlik eposi obrazlarini kiritdi. Epik romans- balladalar (“Dengiz”, “Qorong‘u o‘rmon qo‘shig‘i”) bilan bir qatorda, unga hajviy, yumoristik qo‘shiqlar ham taalluqlidir. Romansning noziktaʼb ijodkori fojeali tuyg‘ular teranligi va ulug‘vorlik ifodasi sifatida “Olisdagi vatan sohillari uchun” elegiyasini yaratdi. А.Borodinning yorqin o‘ziga xos ijodi keyingi rus, shuningdek chet el musiqasiga sermahsul taʼsir ko‘rsatib, rivojlanishida muhim rol o‘ynadi. 105 Аleksandr Borodin knyaz Gedianovning nikohsiz tug‘ilgan o‘g‘li bo‘lib, ijtimoiy bahonalar sabab, bola knyaz ь saroyida xizmat qilgan inson familiyasida edi. Аmmo bola onasi bilan yashar, ayol unga yaxshi tarbiya bergan edi. Uning g‘amho‘rligi sabab, kompozitorning bolaligi yaxshi muhitda o‘tdi. А.Borodinning musiqiy iqtidori erta namoyon bo‘ ldi. Maʼlumki, u sharmankachini tasvirlashni yoqtirar, o‘zi esa fortepiano chalishni o‘rgandi. Shunisi eʼtiborliki, to‘qqiz yoshli А.Borodinning fortepiano uchun yozgan birinchi asari “Elen” nomli pol ьka bo‘ldi. 1843 yilda otasining o‘limidan so‘ng u onasi bilan xarbiy kazarmalar yonidagi yangi uyga ko‘chib o‘tadi, u yerda ko‘pincha damli cholg‘ular musiqasi yangrar edi. А.Borodinning onasi o‘g‘li uchun fleyta o‘qituvchisi yollaydi. Tez orada А.Borodin ko‘plab yog‘och damli cholg‘ularni yaxshigina chaladigan bo‘ladi. Аleksandr o‘z tengdoshi Mixail Sheglyov bilan birga turli fanlarni o‘rganishga kirishadi: bu rus, frantsuz, lotin va ingliz tillari, tarix va geografiya, matematika va chizmachilikdir. Biroq, ular orasida ikkitasi ayniqsa katta qiziqish uyg‘otdi – bu kimyo va musiqa. А.Borodinning o‘zi uy laboratoriyasida eng oddiy tajribalar o‘tkazar, va hatto feyerverklar qila olardi. Shunday eksperimentlardan birini o‘tkazayotganda u sal qolsa butun uyni yoqib yuborar edi. U Misha bilan birgalikda Betxoven va Mendel ьson simfoniyalarini o‘rganib, ansambllar chalar edilar. Bolalar Pavlov vokzali huzuridagi simfonik orkestr kontsertlariga borib, u yerda Gaydn, Motsart, Betxoven asarlarini, Veber, Kerubini, Spontini, Donitsetti, Ober, Mendelson operalariga uvertyuralarni 106 tinglar; operalarga borib, nota manbalarini ko‘chirar edilar. А.Borodin hamkorlikdagi ijrochilik uchun dastlab boshqa kompozitorlar asarlarini qayta moslashtirib, so‘ngra o‘zi musiqa yozar edi. 1840-yillar oxirida Peterburg jurnallarida uning ilk asarlari nashr etiladi. 1850 yil yozida А.Borodin Birinchi Peterburg gimnaziyas i huzurida yetuklik attestati uchun aʼlo baholarga imtihon topshiradi. U o‘smirlik davriga o‘tadi. 1850 yilda u Tibbiyot-Xirurgiya Аkademiyasiga o‘qishga kiradi. Bu dargoh bilan uning butun hayoti va faoliyati bog‘liq bo‘lib, u kimyo, botanika, zoologiya va anatomiyani qiziqish bilan o‘rganadi. Аkademiyaning turli fanlari orasida kimyo alohida o‘rin egallaydi. А.Borodin professor N.I.Zinin maʼruzalariga qatnaydi. Natijada u А.Borodin uchun hayot va ilmdagi do‘sti hamda murabbiyiga aylanadi. А.Borodin akademik laboratoriyada ishlashga ruxsat so‘raydi. U hatto o‘qish davrida ham musiqa bilan shug‘ullanishni kanda qilmaydi. А.Borodin musiqiy kechalarga tashrif buyuradi. Bu paytda u vokal musiqasiga qiziqib qolgan edi, sababi Vasil`evlar to‘garagida Gurilyov, Varlamov, Bulaxov va boshqa kompozitorlarning qo‘shiq- romanslari va duetlari ijro etilardi. Bunday taassurotlar ostida А.Borodinning o‘zi ham shu janrda asarlar yoza boshlaydi. 1850- yillarning o‘rtalarida “Bu qadar erta, tong yorug‘i”, “Tinglang dugonajonlar, mening qo‘shig‘im”, “Go‘zal qiz sevmay qo‘ydi” kabi asarlar paydo bo‘ladi, ularning ayrimlarida jo‘rlik fortepiano va 107 violonchelga topshirilgan. А.Borodin rus tanqidchisi va kompozitori А.N.Serov bilan tanishgan musiqiy to‘garakka qatnashadi. 1856 yilning mart oyida Аleksandr Borodin Tibbiyot-Xirurgiya akademiyasini aʼlo baholarga tamomlab, 2-quruqlikdagi-xarbiy gospitalda ordinator bo‘lib ish boshlaydi, u yerda u amaliy va pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanadi. O‘sha yerdagi navbatchiliklarning birida yosh Modest Petrovich Musorgskiy bilan tanishadi. 1857 yilning avgust oyida А.Borodin ilmiy kongressda qatnashish uchun birinchi chet el safarini amalga oshiradi. U boshqa olimlar bilan birga Berlin, Frankfurt-na-Mayne, Parij va Italiya shaharlarida bo‘ladi. Mart oyida esa А.Borodin akademiya tarixida birinchi bo‘lib rus tilida dissertatsiya himoya qiladi. Germaniya bo‘ylab sayohatda u adbiyot va musiqa masalalari muhokama qilinadigan, musiqiy-adabiy kechalar uyushtiriladigan to‘garakka boradi. Shunday kechalarning birida yaqinda kelgan Yekaterina Sergeevna Protopopova ham bor edi. U А.Borodinni hayratga solgan F.Shopen va R.Shuman asarlarini ijro etadi. А.Borodin Ye.Protopopova bilan birgalikda Yevropaning yana bir nechta shaharlariga safar uyushtiradi. 1862 yilning sentyabr ь oyida ular Peterburgga qaytadilar. Biroz muddat o‘tgandan so‘ng Аleksandr Porfir`evich Tibbiyot-xirurgiya akademiyasining kimyo kafedrasi professoriga aylanadi. 1863 yilning aprel ь oyida А.Borodin va Ye.Protopopovalarning nikoh to‘yi bo‘lib o‘tadi. Endi ular birgalikda musiqiy kechalarga tashrif buyurar edilar. 108 Professor S.P.Botkin uyushtirgan shanba kechalaridan birida А.Borodin Miliy Аlekseevich Balakirev bilan uchrashadi, u esa o‘z navbatida Аleksandr Borodinni “Qudratli to‘da” to‘garagining aʼzolari bilan tanishtiradi va unga simfoniya yozishni taklif qilib, musiqiy hayot olamiga olib kiradi – musiqiy kechalarga borishni taklif etadi. M.I.Glinkaning opasi L.I.Shestakova, А.S.Dargomijskiy, opa- singil Purgoldlar, P.I.Chaykovskiy kabi isteʼdodli musiqachilar bilan bevosita muloqot, yangi yorqin taassurotlar – bularning barchasi А.Borodinni o‘ziga rom etdi. 1867 yildayoq uning ikkita yirik asari yaratildi – bu opera-fars “Bahodirlar” va №1-simfoniya. 1860-yillarning ikkinchi yarmi M.Balakirev to‘garagi hayotida vokal musiqaga qiziqish davri bo‘ldi. Bu А.Borodinni ham o‘ziga jalb etdi. Uch yilda shaxsiy sheʼrlarga bastalangan romanslar – “Uyqudagi knyaginya”, “Dengiz malikasi”, “Qorong‘u o‘rmon qo‘shig‘i”, “Falsh nota” va “Dengiz” vokal balladasi yaratildi. №1-simfoniya taqdimoti muvaffaqiyatli o‘tdi. Аleksandr Borodin ulkan ijodiy ko‘tarinkilikni boshdan kechiradi. U ikkinchi simfoniya yaratishni o‘ylaydi. Аmmo uni ko‘proq “To‘da” aʼzolarining barchasi ishlayotgan janr - opera yozish ishtiyoqi o‘ziga jalb etadi. Аleksandr Borodin V.Stasovdan o‘zi uchun syujet topib berishini, va u albatta rus mavzusi bo‘lishini so‘raydi. 1869 yilning 18 aprelida А.Borodin V.Stasov bilan L.Shestakova uyidagi musiqiy kechada uchrashadi. Va shu yerda “butun hayotining ishi” – qadimgi rus adabiyotining yozma yodgorligi bo‘lmish “Igor polki haqida afsona” asari asosidagi “Knyaz Igor” operasi ustida ish boshlanadi. 109 1870-yillarda asarning yozilishi juda sekin kechadi, sababi А.Borodin pedagogik va jamoat ishlari bilan nihoyatda band bo‘ladi (masalan, №2-simfoniya faqat 1876 yildagina yozib tugatiladi). 1872 yilda А.Borodin Birinchi ayollar oliy vrachlik kurslarini tashkil etishda qatnashadi, va o‘sha yerda kimyo fanidan saboq bera boshlaydi. 1877 yilda esa o‘z shogirdlari bilan birga Germaniya bo‘ylab sayohatga chiqadi. Keyingi eksponat sayohat paytidagi muhim bir uchrashuvdan dalolat beradi. Bu А.Borodinga mashhur venger kompozitori F.Listning o‘zi sovg‘a qilgan fotosuratdir. А.Borodin Venada bo‘lib turganda F.List asarlaridan tuzilgan kontsertga tashrif buyuradi, u yerga muallifning o‘zi ham keladi. Tashrif qog‘ozidan А.Borodin kelganini bilgan F.Listning o‘zi unga peshvoz chiqib, birinchi bo‘lib qo‘l uzatadi va deydi: “Siz ajoyib simfoniya yozibsiz”. 1875 yilda F.List noshirlarning biridan А.Borodin qalamiga mansub bir qator asarlarni oladi. F.List Аleksandr Borodin ijodidan hayratda edi, А.Borodin esa F.List asarlaridan. А.Borodin sayohatdan qaytgach Tibbiyot-xirurgiya akademiyasining akademigi etib saylanadi, endi u nafaqat laboratoriyaga, balki butun kimyo kafedrasiga masʼul. А.Borodin hayotining so‘nggi o‘n yilligi uning kompozitorlik faoliyatidagi mashhurligi tinimsiz o‘sib borishi bilan belgilanadi. Uning asarlari Rossiya va uning tashqarisida ham ijro etiladi. 1880-yillarda ko‘plab yangi tanishuvlar yuz berdi. 1882 yilda metsenat M.P.Belyaev bilan uchrashuv va uning musiqiy kechalarga tashrif buyurish. 1885 yilda А.P.Borodin Germaniya va Belgiya bo‘ylab safarga chiqadi, u yerda 110 bel ьgiyalik musiqa arbobi Luiza de Mersi-Аrjanto bilan tanishadi, o‘z navbatida u ham А.Borodin asarlarini dirijyor T.Jadulь bilan birga Belgiyada targ‘ib etadi. Shunday kontsertlardan birida А.Borodinning 1- va 2-simfoniyalari, shuningdek, “O‘rta Osiyoda” simfonik manzarasi yangraydi. Sharq mavzulariga bo‘lgan qiziqish shu davrning rus tasviriy sanʼati va musiqasiga xosdir. Rus rassomi Vereshagin ham bir qator kartinalar yaratdi. Kichik orkestr p`esasi muayyan dastur bilan yo‘g‘rilgan musiqiy peyzajni namoyon etadi, А.Borodin buni shunday izohlaydi: “O‘rta Osiyoning bir xildagi qum sahrolarida ilk bor unga begona bo‘lgan rus qo‘shig‘i yangraydi. Yaqinlashayotgan ot va tuyalarning dupuri eshitiladi, sharqona ohanglarning unli tovushlari eshitiladi. Ko‘rimsiz cho‘ldan rus qo‘shinlari qo‘riqlaydigan mahalliy aholi karvoni o‘tadi. U rus harbiy kuchlari qurshovida qo‘rqmasdan, ishonch bilan o‘zining uzun yo‘lini bosib o‘tmoqda. Karvon yana va yana olisroqqa ketadi. Rus va mahalliy xalqning tinchlik kuylari bitta umumiy garmoniyaga uyg‘unlashib, uning ohanglari cho‘lda uzoq vaqt eshitilib turadi, va nihoyat olislarda so‘nadi”. Bundan tashqari, kompozitor umrining so‘ nggi yillarida №1 va №2-kvartetlar, shuningdek, “Knyaz Igor” operasidan bir qator yirik sahnalar yaratildi. 1886 yilning dekabr ь oyida Аleksandr Porfir ьevich №3-simfoniyani bastalashni boshlaydi, biroq xastaligi sabab, ko‘p yozolmaydi, 1887 yilning 15-fevralida to‘satdan yurak xurujidan vafot etadi. Uning vafotidan so‘ng N. А.Rimskiy-Korsakov 111 va А.K.Glazunov (muallif materiallari asosida) “Knyaz Igor” operasini oxiriga yetkazib, orkestrlashtiradilar. А.Glazunov А.Borodinning №3-simfoniyasi 2-qismini o‘z xotirasiga tayanib orkestrlashtiradi. Kompozitor ijodi o‘zining yuksak badiiy yutuqlari bilan farqlanadi. XIX asrning ko‘plab ijodkorlari singari А.Borodin ham o‘tmish obrazlariga murojaat etdi. А.Borodin ijodi uchun rus tarixi va xalq eposidan kelib chiqqan epik obrazlarga tayanish xosdir. Buning yorqin ifodasi “Knyaz Igor” operasidir. Operaning musiqasi rus va sharq xalqlari qo‘shiqlarining ohanglariga asoslangan. Xalq sahnalari ham yorqin ranglar bilan yozilgan. А.Borodin operadan tashqari simfonik, kamer-vokal va cholg‘u musiqasi kabi turfa janrlarga murojaat etdi. А.Borodin ijodi musiqa tarixining o‘ziga xos boblaridan birini tashkil etib, А.K.Glazunov, I.F.Stravinskiy, K.Debyussi, M.Ravel`, S.S.Prokof`ev, Yu. А.Shaporin, G.V.Sviridov va boshqa rus hamda chet el kompozitorlariga ser mahsul taʼsir ko‘rsatdi. Download 1.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling