O’zbekiston respublika xalq ta’lim vazirligi muqimiy nomidagi qo’qon davlat pedagogika instituti kimyo-biologiya fakulbteti Umumiy biologiya kafedrasi mikrobiologiya fanidan laboratoriya mashg’ulotlari tuzuvchi: S. Yuldasheva Qo’qon-2008 y


Sut kislotali bijg’ish jarayonida hosil bo’lgan sut kislotani va bu jarayonni qo’zg’ovchi bakteriyalarni aniqlash


Download 411 Kb.
bet3/3
Sana13.12.2020
Hajmi411 Kb.
#165950
1   2   3

Sut kislotali bijg’ish jarayonida hosil bo’lgan sut kislotani va bu jarayonni qo’zg’ovchi bakteriyalarni aniqlash.

Kerakli jihozlar: mikroskop, buyum oynalari, bakterial ilmoq, qatiq, tuzlangan bodring va karam namakoblari, 1% li fenol eritmasi, G’eSh ning 1% li eritmasi, Lyoffler sinbkasi va fuksin bo’yoqlari.

Nazariy tushuncha: Sut kislotali bijg’ish. Insoniyat tajribasida sut kislotali bijg’ish jarayoni qadimdan qo’llanilib kelingan bo’lsada, uning biologik jarayon ekanligini va unda tirik organizmlar qatnashishini faqat 1860 yilda Lui Paster isbotlab berdi. Bu jarayon monosaxaridlar parchalanib, ikki molekula sut kislota hosil bo’lishi bilan xarakterlanadi. Bu reaksiya quyidagicha boradi:

S6N12O6 ^ 2SN3 — SNON — SOON + 20 kkal.

YUqorida ko’rsatilgan ekzotermik reaksiya vaqtida hosil bo’lgan energiya bu jarayonni qo’zg’ovchi bakteriyalar tomonidan sarflanadi. Bijg’ish jarayonida vujudga kelgan sut kislota ko’p bakteriyalar uchun antiseptik modda (zahar) hisoblanadi. SHunga ko’ra, sutni chirituvchi bakteriyalar ta’siridan .saqlab qolish maqsadida, qatiq va boshqa mahsulotlar tayyorlashda sut kislotali bijg’ish jarayonidan foydalaniladi.

Sut tarkibida oziq moddalar ko’p bo’lganligi sababli unda turli-tuman bakteriyalar ham tobora ko’payaveradi. SHuning uchun qatiq ivitiladigan bo’lsa, sut pasterlanadi, ya’ni yarim soat davomida 70-75° gacha isitiladi. U sovitilgandan so’ng unga sutni bijg’ituvchi bakteriyalar achitqisi qo’shib aralashtiriladi. Pasterlangan sutdan ivitilgan qatiq juda shirin va qimizak mazali bo’ladi. Kefir va qimiz tayyorlash ishlari ham sut kislotali bijg’ish asosida bajariladi. Kefir va qimiz tayyorlashda sut kislotali va spirtli bijg’ish jarayonlarini qo’zg’ovchi tirik mikroorganizmlardan foydalaniladi. Qimiz tarkibida 2% spirt va 1% sut kislota bo’lgani holda, kefir tarkibida ularning har qaysisi 1% ni tashkil qiladi. Qimiz va kefir tarkibida spirt ko’proq to’planishini ta’minlash maqsadida ular past (15°) haroratli joyda saqlanadi. Agar harorat 20° dan oshib ketsa, u holda sut kislota spirtga nisbatan ko’p hosil bo’ladi.

Sut kislotaning ko’p yoki oz to’planishi sut tarkibidagi neytrallovchi moddaga bog’liq. Sut kislotani kazein neytrallaydi. Kazein tarkibidagi kalbsiy elementi sut kislota bilan qo’shilib tuz hosil qiladi. Kazein esa erib suzma (tvorog) shaklida pastga cho’kadi. Bijg’iyotgan muhitga oq bo’r qo’shilsa, tuz ko’p (60-70% gacha) to’planadi.

Sut kislotali bijgish jarayonini qo’zg’ovchi bakteriyalar tabiatda keng tarqalgan bo’lib, ular sabzavot tuzlashda va em-xashakni siloslashda ishlatiladi. Em-xashakni siloslash vaqtida sut kislotali bijg’ish jarayonini qo’zg’ovchi bakteriyalarning faol shtammlari em-xashak orasiga sepiladi.



Sut kislotali bijg’ish jarayonida quyidagi bakteriyalar ishtirok etadi:

  1. Streptokokkus laktis (Streptococcus lactis) sporasiz tayoqchalardir. Bu bakteriyalar zanjir halqalari shaklida bir-biriga ulanib turadi va 30—38° issiqda yaxshi rivojlanadi. Ular mono va disaxaridlarni osonlik bilan parchalab, 1 % gacha sut kislota hosil qiladi.

  2. Laktobakterium bulgarikum (Lactobacterium bulgaricum) 15 dan 20

mkm gacha kattalikdagi sporasiz tayoqchalardir. Bu bakteriyalar glyukoza, galaktoza va laktozani bijg’itib, 3,2% gacha sut kislota hosil qiladi. 40-48° haroratda yaxshi rivojlanadi.

  1. Bakterium delbryukki (Bacterium delbriickii) bolgar tayoqchasiga o’xshaydi. Bu bakteriyalar sanoatda sut kislota hosil qilish uchun ishlatiladi. Ularning oziqlanish muhitiga oq bo’r qo’shilsa, to’plangan sut kislota miqdori 10% ga etib qoladi.

  2. Bakterium brassika (Bacterium brassicae) va bakterium kukkumeris fermentati (Bacterium cucumeris fermentate).

Bu bakteriyalarning birinchisi karam, ikkinchisi esa bodring tuzlashda ishtirok etadi (40-rasm).

Bulardan tashqari, tabiatda bakterium koli (Bacterium coli) nomli bakteriyalar ham keng tarqalgan bo’lib, ular odam va hayvonlar ichagida yashaydi. Bu bakteriyalar shakarni parchalagan vaqtda sut kislotadan tashqari, sirka kislota, SO2 va vodorod hosil bo’ladi.






40 - rasm. Sut kislotali bijg’ish jarayonida qatnashuvchi bakteriyalar: a - streptokokkus laktis (Streptococcus lactis); b - bakterium bulgarikum (Lactobacterium bulgaricum).

Ishning borishi: Sut kislota hosil bo’lganligini aniqlash uchun

v - bakterium kukumeris fermentati g - bakterium koli

(Bacterium cucumeris fermentate) (Bacterium coli)

Uffelbman reaksiyasi o’tkaziladi. Buning uchun probirkaga fenolning 1%li eritmasidan 3 ml quyib, unga bir necha tomchi G’eSb eritmasi qo’shilsa, aralashma ko’k rangga kiradi. SHu probirkaga tuzlangan bodring yoki karam namakobi qo’shilgandan keyin eritmaning rangi sarg’aysa, bu hodisa sut kislota borligini ko’rsatadi. Qatiq tarkibida sut kislota borligini aniqlashda ham shu hodisa yuz beradi.

Sut kislotali bijg’ish jarayonini qo’zg’ovchi bakteriyalarni aniqlash uchun tuzlangan bodring va karam namakobidan bakteriyali preparat tayyorlanadi.
Qatiqdan quyidagi usulda preparat tayyorlanadi: oddiy buyum oynasida qatiqdan mazok tayyorlanib, quritiladi. Fiksasiya qilish uchun mazok ustiga 10 tomchi spirt - efir aralashmasi tomizilib, so’ngra 5-10 minut tinch qoldiriladi. Spirt- efir aralashmasi ta’sirida qatiq tarkibidagi yog’ zarrachalari yo’qoladi, bakteriyalar esa nobud bo’lib, oynaga yopishib qoladi.

Ma’lum vaqtdan so’ng mazok Lyoffler sinbkasi bilan bo’yaladi va mikroskopda qaraladi.

Mikroskopda qaralganda bu preparatda oval shaklli va bir-biriga zanjir halqalariga o’xshab ulangan streptokokkus laktis hamda uzun tayoqcha shaklidagi bakterium bulgarikum ko’rinadi.

Bodring namakobida bakterium kukkumeris fermentati, karam namakobida esa bakterium brassika nomli bakteriyalar mayda tayoqcha shaklida ko’rinadi.



  1. LABORATORIYA MASHG’ULOTI Kletchatka-sellyulozani bijg’ituvchi bakteriyalarni aniqlash.

Kerakli jihozlar: kolba, filbtr qog’oz, (NN4)3PO4, MgSO4, K2HPO4, NaCl, CaCO3 tuzlari va G’eSO4 tuzining 1% li eritmasi, egri nay o’rnatilgan kauchuk tiqin, suv solingan idish, mikroskop, buyum oynalari, fuksin bo’yog’i, spirt lampa.

Nazariy tushuncha: Sellyulozaning bijg’ishi. O’simliklar hujayrasining po’sti, asosan, sellyuloza yoki kletchatka deb atalgan moddadan tuzilgan. Er betiga va tuproq tagiga tushib qolgan o’simlik qoldiqlari turli bakteriya, zamburug’ va boshqa tirik organizmlar ta’sirida parchalanadi. Sellyuloza-kletchatkani faqat o’z organizmida sellyulaza va sellobiaza fermentlari ishlab chiqaradigan bakteriyalar parchalaydi.

Tabiatda bu bakteriyalar borligini birinchi marta rus mikrobiologi V. A. Omelyanskiy aniqlab, sellyuloza bijg’ishi jarayonining kimyoviy tomonini ko’rsatib berdi. Uning aytishicha, birinchi bosqichda bakteriyalar tomonidan ajratilgan fermentlar ta’sirida sellyuloza oddiy shakarlarga parchalanadi. Bu jarayon quyidagicha boradi:

(C6H10O5)n + nH2O nC6H12O6

Ikkinchi bosqichda bakteriyalar glyukozani moy va sirka kislotalargacha, vodorod va metan gazlarigacha parchalaydi. Hosil bo’lgan mahsulotlarning turiga qarab, bu jarayonlar vodorodli yoki metanli bijg’ish deb ataladi. Sellyulozaning, bijg’ishida bakteriyalarning quyidagi turlari ishtirok etadi:



  1. Vodorodli bijg’ishda basillus sellyuloza xidrogenikum (Bacillus cellulosae hydrogenicus) nomli bakteriya qatnashadi va reaksiya tubandagicha boradi:

S6N12O6 ^ SN3SN2SN2SOON + SN3SOON + SO2 + N2 + X kkal. moy kislota sirka kislota vodorod

Bu bakteriyaning uzunligi 10-12 mkm keladi. Sporalari vegetativ hujayraning bir qutbida joylashganligi sababli, baraban tayoqchasiga o’xshab ko’rinadi.



  1. Metanli bijg’ishda basillus sellyuloza metanikus (Bacillus cellulosae methanicus) nomli bakteriya qatnashadi. Reaksiya vaqtida vodorod o’rniga metan gazi ajralib chiqadi. Bu reaksiya tubandagicha boradi:

S6N12O6 ^SN3SN2SN2SOON + SN3SOON + SO2 + SN4 +X kkal. moy kislota sirka kislota metan

Metanli bijg’ishda qatnashadigan basillalar hujayrasining hajmi vodorodli bijg’ishda qatnashadigan basillalarning hajmidan kichik bo’ladi. Hozir sellyuloza bijg’ishini qo’zg’ovchi bakteriyalar V. A. Omelyanskiy nomi bilan Bac. Omelanskii deb yuritiladi.

Vodorodli bijg’ishda bir molekula moy kislotaga 1,7 molekula sirka kislota to’g’ri kelgani holda, metanli bijg’ishda bir molekula moy kislotaga 9 molekula sirka kislota to’g’ri keladi. YUqorida aytib o’tilgan bakteriyalar hujayrasida ximiyaviy tuzilishi jihatidan kraxmalga o’xshagan granulyoza moddasi uchraydi.

Fekaliyda uchraydigan basillus sellyuloza dizolvens (Bacillus cellulosae dessolvens) nomli basilla ham kletchatkani parchalashda qatnashadi. Uning uzunligi 1mkm bo’lib, u oval shakldagi spora hosil qiladi. Sellyulozani 31-51° da parchalab, moy va sirka kislotalar, etil spirt, karbonat angidrid va vodorod hosil qiladi.

Basillalarning sporasi 100° da 50 minut qaynatilganda ham hayot faoliyatini saqlab qoladi.

YUqorida aytib o’tilgan bakteriyalar sellyulozani anaerob sharoitda bijg’itadi, shuning uchun ular obligat anaerob bakteriyalar deb ataladi.

Aerob sharoitda yashovchi miksobakteriyalardan sellfalsikula sellvibrio va aktinomisetlar sellyulozani parchalashda qatnashadi. Bu tirik organizmlar birinchi galda sellyulozani shakarlarga parchalab, keyin shakarlarni karbonat angidrid va suvgacha oksidlaydi. Bu reaksiya tubandagicha boradi:

(C6H10O5V + nH2O nC6H12O6 S6N12O6 + 6O2 6SO2 + 6N2O + X kkal.



Ishning borishi: Kletchatka (sellyuloza)ni bijg’itadigan bakteriyalarni to’plab olish uchun tubandagi tajriba o’tkaziladi:

500 ml vodoprovod suvida 0,5 g (MN4)3RO4, 0,5 g K2NRO4 0,25 g MgSO4,



  1. 001 g NaS1 va oziqa muhitini neytrallash uchun bir ozgina SaSO3 hamda 2 tomchi 1 % li G’eSO4 tuzi eritmasi qo’shib eritiladi. Eritmani kletchatkani bijg’ituvchi bakteriyalar bilan zararlantirish uchun unga 1 g chamasi tekshiriladigan tuproq qo’shib aralashtiriladi. So’ngra 250 ml hajmli kolba ichiga filbtr qog’oz qo’yilib, u yuqoridagicha tayyorlangan suyuq aralashma bilan to’ldiriladi. Kolbaning og’zi, rasmda ko’rsatilgandek qilib, egri shisha nay o’rnatilgan kauchuk tiqin bilan bekitiladi. Nayning ikkinchi uchi suv to’ldirilgan idishga botiriladi (43-rasm).

SHundan keyin kolba va suvli idish 35°li .issiq termostatga qo’yiladi. Bijg’ish jarayoni natijasida eritma loyqalanadi, filbtr qog’oz esa shilimshiqlanadi va sarg’ayadi. Gazlarning harakatlanishi natijasida tolalarga ajralgan va titilgan filbtr qog’oz parchalari kolba og’zigacha ko’tarilib, to’planadi. Bijg’ish natijasida hosil bo’lgan gazlar egri nay orqali tashqariga chiqadi. Moy va sirka kislotalar esa eritma tarkibida qoladi. Kletchatkani bijg’ituvchi bakteriyalarni ko’rish uchun yuqoriga ko’tarilgan qog’oz parchalarini yoki kolba ichidagi suyuqlik ostiga cho’kkan filbtr qog’ozni olib, buyum oynasi ustida mazok tayyorlanadi. U quritilgandan so’ng fuksin bo’yog’i bilan bo’yalib, mikroskopning immersion ob’ektivi orqali qaraladi. Bu mazokda tayoqchasimon basillus sellyuloza xidrogenikus va basillus sellyuloza

metanikus ko’rinadi. Bakteriya hujayrasining bir uchida spora hosil bo’lganligi sababli u baraban tayoqchasiga o’xshaydi (44-rasm).

















44 - rasm. Sellyulozani bijg’ituvchi bakteriyalar:

1 - basillus sellyuloza xidrogenikus (Bacillus cellulosae hydrogenicus);



  1. - basillus sellyuloza metanikus (Bacillus cellulosae methanicus).

- 'Л

,Яъ


ЛчСЛ -

<*2

1 hr >

f 'i
'О- * V //, \

" ijf


v-. •/ *


ЪйлЛ'ъь' * *

« •• •


•У -V--

•* • - J* * # _ '



8

a - yosh hujayralar; b - sporali vegetativ hujayralar (baraban tayoqchalari);



v - etilgan sporalar.

  1. LABORATORIYA MASHG’ULOTI SHaftolining sariq kasalligi virusi kristallarini mikroskopda o’rganish

Kerakli jihozlar: zararlangan barg, mikroskop, buyum va qoplovchi oynalar, pensitlar.

Nazariy tushuncha: SHaftolining sariq kasalligi shiralar orqali yuqtiriladi. SHiralar dastlab shaftolining salqin tomondagi barglarini zararlaganligi uchun ko’proq viruslar ham shu barglarga yuqtiriladi. SHaftolini shiralar kuchli zararlasa virusni yuqqanligi shu yili bilinmaydi. Kelgusi yil bahorda shaftolining zararlangan barglari xuddi shira tushgandek bujmayib oqarib qoladi. Vaqt o’tgan sari barglar sarg’ayib, oxirida to’q qizil rangga kiradi. Barglarni to’q qizil rangga kirishi viruslar uni to’liq zararlab bo’lganligini bildiradi. Bu barglar turgan erida quriy boshlaydi. Agar shaftoli kesib yoqib yuborilmasa virus shiralar orqali yana boshqa tuplarga ham yuqishi mumkin. Bu virus kiristal panjaralarini oddiy mikroskopda ko’rib o’rganish mumkin.

Ishning borishi: SHaftolining sariq kasalligi virusini o’rganish quyidagicha olib boriladi:

  1. Endi oqara boshlagan barg olinib, u mikroskop ostida qaralganda virus kiristallari ko’rinmaydi. CHunki virus barg hujayralarida kam miqdorda bo’lib, bo’linib ko’payishni endi boshlagan bo’ladi.

  2. Agar to’q qizil rangli barg olinib mikroskopda ko’rilsa uning barcha qismida kiristal panjaralar ko’rinadi. Kiristal panjaralarni tuzilishini daftarga chizib o’rganiladi.

ASOSIY ADABIYOTLAR:

  1. Vaxobov A. Mikrobiologiya va virusologiya. Ma’ruza matni T 2001.

  2. Salomov H. Salomov Sh. Mikrobiologiya asoslari T. Mehnat 2002.

  3. Yusupova I.M Umumiy mikrobiologiya Ma’ruza matni Qo’qon 2003.

  4. G’aniev B. Mikrobiologiya Toshkent Mehnat 1990.

  5. Inog’omova M. Mikrobilogiya va virusologiya asoslari. Toshkent O’qituvchi 1983.

  6. Yusupov I.M Umumiy mikroboilogiya fanidan mashg’ulotlar. Qo’qon-2003.

  7. Mustaqilov O’simliklar fiziologiyasi va mikrobiologiya asoslari Toshkent O’qituvchi 1995.

QO’SHIMCHA ADABIYOTLAR:

  1. Mishustin ye.N, Emsev V.T. Mikrobiologiya. Moskva Kolos 1970.

  2. Sutin A.I. Zelenskaya L.N, Finn G.R Mikrobiologiya toshkent Medio’ina 1973.

  3. Labinskaya A.S Mikrobiologiya s texnikoy mikrobiolodiskix issedovaniy. Moskva Medisina 1978.

  4. Mustaqimov G.D. O’simliklar fiziologiyasi va mikrobiologiya asoslaridan amaliy mashg’ulotlar. Toshkent O’qituvchi 1977.

35

36

Download 411 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling