Adliya vazirligi to‘g‘risida”gi Nizomga asosan
1. Ushbu taqdimnomada ko‘rsatilgan kamchilik va
qonun buzilishi holatlarini
ko‘rib chiqib, qonun buzilishi holatlarini bartaraf etish, kelgusida bunday kamchilik va
qonun buzilishi holatlarini oldini olish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilashingizni;
2.Farg‘ona tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi tasarrufidagi 33-maktabgacha
ta’lim tashkilotida ingliz tili o‘qituvchisi lavozimida ishlayotgan M.To‘xtamatovaga
2022-yil 12-sentabrdan oylik ish haqlarini qayta hisob kitob qilish orqali bazaviy tarif
stavkasiga 50 foiz ustamalar to‘lab borishingizni;
3. Taqdimnoma ijrosi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi
(yig‘ilish
bayoni, belgilangan chora-tadbirlar) batafsil ma’lumotlarni
1(bir) oy muddatda
Farg‘ona tuman adliya bo‘limiga yozma
axborot taqdim etishingizni
so‘rayman .
Eslatma: Adliya organlarining bajarilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalarini
bajarmaslik, shu jumladan o‘z vaqtida yoki to‘liq bajarmaslik O‘zbekiston Respublikasining
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 198
4
-moddasiga asosan ma’muriy javobgarlikka
sabab bo‘ladi.
Bo‘limi boshlig‘i
S.Maxkamov
Ijrochi U.Sulaymonov
Tel: 73-353-11-77