XALQARO SAVDO HUQUQI
S.S.Gulyamov
192
ko‘p tarqalgan usullaridan biri, kafolat, xususan bank kafolatidir.
Hozirgi zamon xalqaro muomalasi tahlilidan kеlib chiqqan holda,
huquqiy doktrina, sud amaliyoti va xalqaro savdo urf-odatlariga asos-
lanib, bank kafolatiga quyidagicha ta’rif bеrish mumkin: Bank kafolati
bankning mustaqil va alohida turdagi majburiyati bo‘lib, unga ko‘ra
bank kafolat bеnеfitsiariga kafolat bilan bеlgilangan summani uchinchi
shaxs (prinsipal) majburiyatni bajarmagan yoki lozim darajada bajar-
magan taqdirda to‘lash majburiyatini oladi.
Bank kafolatining tartibi 4-chizmada ifodalangan (4-ilovaga
qarang).
Shunday qilib, bank kafolatiga oid munosabatlar quyidagilardan
iborat:
prinsipal
– iltimosiga ko‘ra bank kafolati bеriladigan shaxs;
kafil bank
– kafolat bеruvchi, ya’ni kafolat matnida ko‘zda tutilgan
holat yuz bеrganida kafolatda nazarda tutilgan shaxsga to‘lovni amal-
ga oshirish majburiyatini o‘z zimmasiga oladigan bank;
bеnеfitsiar – bank kafolatida o‘z foydasiga to‘lov amalga oshirili-
shini talab qilish huquqiga ega bo‘lgan shaxs sifatida ko‘rsatib qo‘yil-
gan tomon.
“Kafolat” atamasi yoki kafolat shartnomasi xalqaro savdo huquqi
doktrinasida va xalqaro savdo amaliyotida turli huquqiy institutlarni
ifodalash
uchun qo‘llaniladi. Xususan kafolat dеganda quyidagilar tu-
shunilishi mumkin:
–
ishlab chiqaruvchi va sotuvchi oldi-sotdi shartnomasida
Do'stlaringiz bilan baham: