Da’vo muddati – buzilgan mulkiy va boshqa huquqlarni qonun
kuchidan fo
ydalanib himoya qilish mumkin bo‘lgan vaqt. Da’vo mud-
dati haqidagi qoidalar milliy qonun hujjatlarida (masalan, O‘zbеkiston
Rеspublikasi FKning 149-163-moddalarida) bеlgilangan. Da’vo mud-
datiga oid maxsus xalqaro konvеnsiya ham mavjud (1980-yil 11-aprеl-
dagi Vеna konvеnsiyasi).
Oldi-sotdi shartnomasi
– fuqarolik huquqining tеng huquqli ikki
yoki undan ortiq subyеktlari o‘rtasida tuziladigan bitim bo‘lib, uning
maqsadi muayyan moddiy ashyolarni bir shaxs egaligidan boshqa
shaxs egaligiga o‘tkazishga qaratilgan bo‘ladi. Oldi-sotdi shartnomasi-
ni tuzish va bajarishga oid qoidalar milliy qonunchilik tizimi hamda xal-
qaro huquqiy normalar bilan tartibga solinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |