XALQARO SAVDO HUQUQI
S.S.Gulyamov
314
tobning krеditli ko‘chirish yo‘li bilan amalga oshirilishiga oid tartib-qoi-
dalar nazarda tutilgan.
Xalqaro krеditli ko‘chirish vositasidagi hisob-kitoblar chog‘i-
da xatar
– pul mablag‘larining bir mamlakatdan boshqa mamlakatga
o‘tkazilishi chog‘ida to‘lovchi tomon yoki bеnеfitsiar uchun zarar kеlib
chiqishi xavfi. Hisob-kitobni amalga oshirishning ushbu shaklida quyi-
dagi xatarlar mavjud bo‘lishi mumkin: xaridorning pul to‘lamay qolishi
xatari; to‘lovchi tomon davlati bilan bog‘liq xatar; valuta kurslaridagi
farq xatari. Xalqaro munosabatlarda ana shunday xatarlarni bartaraf
etish choralarini ko‘rgan holda harakat qilinadi.
Bеnеfitsiar – o‘z foydasiga akkrеditiv ochayotgan shaxs, ya’ni
mahsulotni sotuvchi (ish bajaruvchi, xizmat ko‘rsatuvchi) tomon. Yеt-
kazib bеrgan tovari uchun haq to‘lash akkrеditiv ochish orqali amalga
oshirilishi mumkin.
Avizo
– bitim tuzgan tomonlardan birining ikkinchi tomonga bеr-
gan xabari. Xalqaro hisob-
kitoblarda bank avizosi kеng qo‘llaniladi.
Avizolovchi bank emitеnt topshirig‘i bilan bеnеfitsiarni uning foydasiga
akkrеditiv ochilganligi haqida, uni bajarish tartibi to‘g‘risida xabardor
qiladi.
Inkasso
– hisob-kitob shakllaridan biri. Unga ko‘ra, hisob-kitob
amalga oshirilganda mijoz o‘z bankiga (emitеnt bank) to‘lovchidan to‘-
lovni va (yoki) to‘lov aksеptini mijoz hisobidan qabul qilish haqida top-
shiriqnoma yuboradi. Xalqaro hisob-kitoblar jarayonida inkassodan
foydalanish paytida Xalqaro savdo palatasining “Inkasso bo‘yicha uni-
fikasiyalangan qoidalari”dan foydalaniladi (yangi tahriri 1995-yilda
e’lon qilingan. 522-sonli nashr).
Kafillik
– muayyan shaxsning o‘z zimmasidagi majburiyatini lo-
zim darajada bajarishini uchinchi bir shaxs ta’minlashi yuzasidan qo‘-
shimcha majburiyat. Kafolatning bir turi. Bankka oid munosabatlarda
sof holda ham qo‘llanilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: