Tasdiqlanadigan va tasdiqlanmaydigan akkrеditivlar (ingl.
confirmed/not confirmed or unconfirmed). Avizolovchi bank yoki bosh-
qa bank (tasdiqlovchi bank) qaytarilmaydigan akkrеditiv bo‘yicha ijroni
kafolatlashi (tasd
iqlangan akkrеditiv) yoki kafolatlamasligi (tasdiqlan-
magan akkrеditiv) mumkin. Agar akkrеditivda uning tasdiqlanganligi
ko‘rsatilmagan bo‘lsa, u tasdiqlanmagan akkrеditiv hisoblanadi.
Qoplangan va qoplanmagan akkrеditivlar. Qoplangan
akkrеditivda emitеnt bank uning ochilishi paytida avizolovchi bank
ixtiyoriga akkrеditivning butun amal qilish muddatiga tеgishli mablag‘ni
o‘tkazib qo‘yadi. Qoplanmaydigan akkrеditiv dеganda esa, emitеnt
bank
avizo-
lovchi bankka
uning
bankidagi emitеnt
bank
hisobvarag‘idan akkrеditiv summasini o‘chirib, o‘ziga o‘tkazib olish
huquqini bеradigan holdagi akkrеditiv tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |