O`zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti f. M. Otaxo'jayev
-§. Er va xotinning shaxsiy va umumiy garzlariga javobgarligi
Download 0.85 Mb.
|
OILA HUQUQI .OTAXO`JAYEV F M
4-§. Er va xotinning shaxsiy va umumiy
garzlariga javobgarligi Er-xotindan birining qarzi uchun hag uning o'z xususiy mulkidan, er-xotinning birgalikdagi umumiy mulki bo`Iganida esa unga tegishli bo'lgan hissadan undirilishi mumkin. Umumiy qarz er-xotinning ikkalasi yoki ulardan bittasi (ikkinchi tomon bilan kelishilmagan bo`lsa-da), yoki butun oila manfaatiga qaratilgan bo'ladi. Shaxsiy qarzlar esa bunday belgilarga ega bo`lmaydi. Qarzlar bo'yicha javobgarlik er-xotinning umumiy mulkini bo`lishda, undan tashqari ham bo'lishi mumkin. Er-xotinning voyaga yetmagan bolalari harakatlari tufayli zarar ko'rgan tomonning talabi er-xotinning mulkidan haq undirishning -------------------------------------------------134------------------------------------------- alohida turi hisoblanadi. Ota-onalarning moddiy javobgarlik masalasi fuqarolik qonun hujjatlari normalari asosida hal gilinadi.'
Agar nizo chiqsa, sud bola keltirgan zarar uchun ota-onaning har ikkalasini ham javobgar qilib, yetkazilgan moddiy zararni ularga to'latishi mumkin. Aksariyat hollarda esa bola keltirgan zarar uchun bola bilan birga yashaydigan ota yoki ona javobgar hisoblanadi. Erxotinning birgalikdagi umumiy mulki hisoblangan mulkidan haq undirishga, ulardan bittasi tomonidan sodir gilingan jinoyat tufayli keltirilgan zararni undirishga, agar bu mink jinoyat sodir qilish yo'li bilan topilgan mablag'ga olinganligi aniglansa va bu jinoyat sodir gilishda ayblangan er yoki xotinning aybdorligi jinoyat ishi bo`yicha sudning hukmi bilan aniglangan bo`Isa, yo`1 qo'yiladi. Zararni undirish to'g'risidagi da'voni ko'rayotgan sud er-xotindan har biri keltirgan zararning aniq migdorini belgilash masalasini hal qiladi. Sud bunday ishlarni ko`rishda, avvalo, er-xotinning birgalikdagi umumiy mulkdagi tegishli qismini aniglab, qarzdorga tegishli bo'lgan mulkni belgilaydi. Shundan song, agar bunga yetarli asos bo'lsa, ikkinchi tomonga tegishli mulklar xatdan chigariladi. ----------------------------------------------135-------------------------------------------- Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling