O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 018 yil iyulda 3030-son bilan ro’yxatga olingan


- §. Iste’molchilarga xizmat ko’rsatish


Download 380.5 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/10
Sana15.02.2023
Hajmi380.5 Kb.
#1200089
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
AV 3030 NIZOM

2-
§. Iste’molchilarga xizmat ko’rsatish 
bo’yicha minimal talablar 
39. Bank: 
ushbu Nizomning 23-
bandida nazarda tutilgan, xizmat ko’rsatish joylarida oshkor 
etiladigan axborotdan barcha iste’molchilar butun ish vaqti davomida foydalana 
olishlariga imkon yaratib berish kerak;
axborot iste’molchilar uchun qulay va moneliksiz tanishish imkonini beradigan 
tarzda joylashtirilishini ta’minlashi kerak; 
iste’molchilar bilan bevosita ishlovchi bank xodimlarini (bundan buyon matnda 
administratorlar deb yuritiladi) iste’molchilar ko’ra oladigan, xodimning familiyasi, ismi va 
lavozim
i qayd etilgan vizual identifikatsiya vositalariga ega bo’lishlarini ta’minlashi lozim; 


bank xizmatlarini ko’rsatish uchun mo’ljallangan joyida iste’molchilar va nogironligi 
bo’lgan hamda imkoniyati cheklangan iste’molchilar bilan shartnomalarni tuzish 
imk
oniyatini ta’minlashi kerak. 
40. Administratorlar ushbu Nizomda nazarda tutilgan, iste’molchiga beriladigan 
axborotning minimal hajmi sodda shaklda taqdim eta olishi, shuningdek iste’molchining 
bunday axborot qayd etilgan bank hujjatlari bilan tanishishi uchun imkon yaratishi shart.
Bank administratorlarga ushbu Nizomning 23-
bandida ko’rsatilgan axborotni olish, 
o’rganish va yangilash imkoniyatini ta’minlashi shart. 
3-
§. Tijorat banklarining mijozlarga xizmat 
ko’rsatishda qonun hujjatlari talablarini 
bu
zganlik uchun sanksiyalarni qo’llash 
(AV 25.09.2019 y. 3030-2-
son bilan ro’yxatga olingan 
MB Boshqaruvining Qaroriga muvofiq kiritilgan paragraf) 
40-1. Markaziy bank qonun hujjatlarida nazarda tutilgan barcha zaruriy hujjatlar 
taqdim etilganidan keyin banklar tomonidan hisobvaraqlar ochishda sababsiz 
kechiktirilganlik yoki ochishdan bosh tortganlik, shuningdek mazkur turdagi hisobvaraq 
ochish uchun ortiqcha hujjatlarni talab qilganligi uchun bank ustav kapitali eng kam 
miqdorining 0,02 foizi miqdorida j
arima to’laydi. 
40-2. Banklar tomonidan ish haqi va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa 
ehtiyojlar uchun o’z vaqtida naqd pul bermaganlik uchun mijozlarga, shu jumladan, 
tadbirkorlik subyektlariga ular hisobvaraqlarida mablag’ bo’lganida bank ustav kapitali 
eng kam 
miqdorining 0,005 foizi miqdorida jarima to’laydi.
40-
3. Qonun hujjatlarida o’rnatilgan mijozlar hisobvaraqlariga pullarni hisobga 
kiritish va hisobdan chiqarish tartibini buzganlik uchun, elektron to’lovlarni amalga 
oshirishning va xato amalga oshirilg
an elektron to’lovlarni qaytarishning o’rnatilgan 
muddatlarini buzishni istisno etgan holda, bank har bir holat uchun bank ustav kapitali 
eng kam miqdorining 0,01 foizi miqdorida jarima to’laydi.
Elektron to’lovlarni amalga oshirishning qonun hujjatlarida belgilangan muddatlari 
bank tomonidan buzilgan taqdirda, u mijozga kechiktirilgan har bir kun uchun 
kechiktirilgan elektron to’lov summasining 0,1 foizi miqdorida, lekin kechiktirilgan 
elektron to’lov summasining 10 foizidan ko’p bo’lmagan miqdorda pena to’lashi shart. 
Bankning aybi bilan elektron to’lov noto’g’ri amalga oshirilgan taqdirda, u mablag’ni 
xatolik aniqlangan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmasdan oluvchining 
hisobvarag’iga o’tkazishi shart. Aks holda, mijoz bankdan mablag’larni qaytarishni, 
shuningdek kechiktirilgan har bir kun uchun noto’g’ri amalga oshirilgan elektron to’lov 
summasining 0,1 foizi miqdorida, lekin noto’g’ri amalga oshirilgan elektron to’lov 
summaning 10 foizidan ko’p bo’lmagan miqdorda pena to’lashni qonun hujjatlarida 
belgilangan tartibda talab qilish huquqiga ega. 
40-4. Mazkur Nizomning 40-2 va 40-3-bandlarida tijorat banklari uchun nazarda 
tutilgan sanksiyalar bank va mijoz o’rtasida tuzilgan shartnomasida ko’rsatilishi shart.
40-5. Banklar quyidagi hollarda jarima t
o’lashdan ozod qilinadi: 
a) fors-
major holatlari, shu jumladan, banklararo elektron to’lovlar tizimida ro’y 
berishi mumkin bo’lgan uzilish; 


b) bank mijozi tomonidan amaldagi qonunlarda belgilangan talablarga mos 
kelmaydigan to’lov hujjatlari taqdim qilinganda; 
v) qonunlarda belgilangan tartibga bank yoki mijoz hisobvaraqlari bo’yicha 
operatsiyalar to’xtatilganda. 
40-6. Tijorat banklariga nisbatan mazkur paragrafda nazarda tutilgan jarima jazo 
choralarini qo’llash sud qaroriga asosan amalga oshiriladi. Bunda bu kabi nizolar 
yuzasidan mijozlarning o’zlari tomonidan sudga da’vo kiritiladi. 
40-7. Mazkur Nizomning 40-1 - 40-3-bandlariga 
muvofiq bank tomonidan to’langan 
jarima summasi qisman qonunbuzarlikka yo’l qo’ygan bank (filiali) rahbari va bosh 
buxgalteri tomonidan qoplanadi.

Download 380.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling