Windows 2008 Server tarmoqlar ulash uchun server
Windows 2008 serverining ajoyib hislatlaridan biri- bu har hil tarmoqlarni
birlashtira olishidir. Masalan Novell NetWare tarmog‘ini yangi Windows 2008 R2
tarmog‘i bilan birlashtirish hech qanday qiyinchilik tug‘dirmaydi.
Bir qancha firmalar , boshqa tarmoqlar bilan ishlay olish uchun o‘z
dasturlarini ishlab chiqqan. Banyan firmasi Windows operatsion tizimini Banyan
VINES tarmog‘ida ishlashini qo‘llab quvatlaydi. UNIX tarmoqlariga ochiq ulanish
uchun maxsus dasturlar bo‘lib, foydalanuvchi va server qismi uchun mo‘jallangan.
NFS(NetworkFileSystem, Sun firmasi tomonidan taqdim etilgan kross platformali
dastur hisoblanadi). TCP/IP va NFS dan tashqari UNIX tizimlari uchun umumiy
standart X Window deb ataladi. Hozirgi kunda bir qancha firmalar X-serverlarni
ishlab chiqarmoqda [34].
Do'stlaringiz bilan baham: |