Xavfsizlik guruhlari
Xavfsizlik guruhlari orasida, lokal domen uchun, kampyuterga oldindan
tuzilgan bir nechta guruhlar mavjud bo‘lib ularga foydalanuvchilarni qo‘shish
mumkin. Adminstratorlar (Administrators) lokal kampyuterlar hamda istalgan
harakat uchun ruhsatga ega bo‘ladi.Windows 2008 o‘rnatilgandan keyin
Adminstrator nomli guruh yaratiladi va u qolgan foydalanuvchilarni qo‘shishi
mumkindir.Malakali foydalanuvchilar (PowerUsers) fayllarni o‘qish va yozish
uchun ruhsatga ega bo‘lishadi. Ular dastur o‘rnatishi hamda ko‘pgina Adminstrator
amallarini bajarishi mumkin.Foydalanuvchilar (Users) tarmoqning ko‘pchilik
qismida faqatgina manba va fayllarni o‘qish uchun ruhsat beriladi. Ular faqatgina
o‘z katalogidagi fayllarini o‘qishi va yozishi mumkin. Foydalanuvchilar boshqa
foydalanuvchilar fayllarini o‘qiy olmaydi (agar u umumiy papkada turmagan
bo‘lsa).Resster yoki fayllar katalogini o‘zgartiruvchi dastur o‘rnata olishmaydi va
albatta adminstratorlik amallarini umuman bajara olishmaydi [31].
Mehmon (Guests) tizimda o‘rnatilgan Guest ruhsatnomasi orqali kirishni
amalga oshirishi mumkin. Bu kirishdan uncha ko‘p bo‘lmagan imkoniyatlarga ega
bo‘ladi, bu qatorda hatto kampyuterni o‘chira olmaslik ham bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |