toifali vakiliga Message Passing Interface (MPI) interfeysi misol bo’ladi. Bu interfeys
amalda vektor-konveyerli super - EXM dan tortib shaxsiy kompyutergacha bo’lgan
barcha parallel platformalarda mavjud. Dasturning qaysi parallel jarayonlari
dasturning qaysi qismida va jarayonlar bilan ma’lumotlar almashishi yoki o’z ishini
sinxronlab borishi kerakligini dasturchining o’zi belgilaydi. Odatda parallel
jarayonlarning manzil sohasi turlicha bo’ladi. Xususan, bu g’oyaga MPI va PVI da
amal qilinadi. Boshqa texnologiyalarda, masalan Shmem da lokal (private) va umumiy
(shared) o’zgaruvchilari qo’llaniladi. Bu o’zgaruvchilarga dasturning barcha
jarayonlari murojat etishi mumkin va Put/Get toifasidagi operasiyalar yordamida
umumiy xotira bilan ishlash usuli tashkil etiladi. Linda sistemasi o’ziga xos
33
xususiyatga ega bo’lib, unda ixtiyoriy ketma-ketlikda tilga to’rtta: in, out, read va eval
funksiyalarini qo’shadi va parallel dasturlar tuzish imkonini beradi. Afsuski, ushbu
keltirilgan g’oya oddiy bo’lishiga qaramasdan, uni amalda qo’llash muammolar
tug’diradi.
Do'stlaringiz bilan baham: