3-bob. Ma’lumotlarni parallel qayta ishlash
1. Ma’lumotlarni parallel qayta ishlashning tushinchasi
Bir necha amallarni bir vaqtda bajarish g’oyasidan iborat bo’lgan ma’lumotlarni
parallel hisoblash ikki xil ko’rinishi mavjud. Bular: parallel va konveyer.
Agar biror qurilma bitta amalni vaqt birligida bajarsa, u holda mingta amalni
ming vaqt birligida bajaradi. Agar xuddi shunday bir vaqtda ishlay oladigan va bir–
biriga mustaqil beshta qurilma mavjud deb qaralsa, u holda ular yuqoridagi mingta
amalni mingta vaqt birligida emas, balki ikki yuzta vaqt birligida bajaradi. Xuddi
shunday N ta qurilmadan iborat tizim 1000 ta amalni 1000/N vaqt birligida bajaradi.
Unga o’xshash holatlarni hayotdan ham keltirish mumkin. Masalan, agar bitta askar
polizga 10 soatda ishlov bersa, u holda 50 askardan iborat rota bir vaqtda ishlab
polizga 12 minutda ishlov beradi. Bu parallel amallar prinsipi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |