O'zbekiston respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo'mitasi


Download 0.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/21
Sana08.01.2022
Hajmi0.85 Mb.
#242230
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
dasturlash asoslari fanini pedagogik va axborot texnologiyalari yordamida oqitish metodikasi

Ob’ektga yo’naltirilgan (Object Pascal, CQQ, Java va b.);  

 

Translyator, kompilyator va interpretator 

 

Translyator  (ingl.  Translator  —  tarjimon)  –  biron-bir  yuqori  dasturlash  tilida 

to‘zilgan dasturni mashina tiliga o‘tkazuvchi dastur-tarjimon. 

Translyatorlar  kompilyator  va  interpretator  ko‘rinishida  bo‘lishi  mumkin. 

Kompilyator va interpretatorlar dasturni bajarishda tubdan farq qiladi. 

Kompilyator (ingl. compiler — yiғuvchi) dasturni to’laligicha o‘qiydi va uni 

tarjima qiladi (mashina tiliga o‘giradi). 

Masalan: 

Turbo  Basic  va  Turbo  Pascal  7.0  dasturlash  tillari  –    kompilyator 

hisoblanadi. 



Interpretator  (ingl.  interpreter  —  izohlovchi,  oғzaki  tarjimon)  dasturni 

tarjima qiladi va satrma-satr bajaradi. 

Masalan: 

Quick Basic dasturlash tillari –  interpretator hisoblanadi. 

Dastur kompilyatsiya qilingandan so‘ng dasturlash tilida yozilgan dastur va 

kompilyatorga  ehtiyoj  qolmaydi.  Masalan,  info.bas  fayli  kompilyatsiya 

qilingandan so‘ng info.exe fayliga o‘zgaradi va bu fayl kompilyatorsiz ham ishlashi 

mumkin.  Agar  info.bas  faylini  interpretator  qayta  ishlaganda  har  gal  dastur  ishini 

bajarilishi  uchun  interpretator  ishga  tushishi  shart.  Shu  sababli  kompilyator  va 



interpretatorlarning ishlash prinsipi bo‘yicha birmuncha farq qiladi. 


27 

 

Kompililyatsiya  qilingan  dasturlar  tezroq  ishlaydi,  lyokin  interpretatsiya 

qilinayotgan dasturlarga o‘zgartirish kiritish osonroq.  

Har  bir  dasturlash  tili  qaysi  maqsadda  yaratilganligiga  qarab  kompilyatsiya 

yoki interpretatsiyaga mo‘ljallangan bo‘lishi mumkin. Masalan,  Paskal dasturlash 

tili  o‘ta  murakkab  masalalar  dasturini  to‘zishga  mo‘ljallangan  bo‘lib,  bunday 

masalalarni  yechish  uchun  esa  dastur  bajarilishi  tezligi  yuqori  bo‘lishi  talab 

qilinadi.  



Beysik  dasturlash  tili  esa  dasturlashni  o‘rganuvchi  va  bu  sohaga  ilk  qadam 

bosayotganlar  uchun  mo‘ljallangan  bo‘lib,  bu  tilda  dasturni  bajarish  satrma-satr 

amalga oshirilganligi sababli boshlovchilar uchun juda katta qulayliklar yaratadi.  

Ba‘zida  bitta  dasturlash  tili  uchun  ham  kompilyator,  ham  interpretator 

mavjud.  Bunday  holda  dasturni  yaratish  va  sozlashda  interpretatordan 

foydalaniladi, so‘ng esa dastur ishini tezlashtirish uchun esa bu fayl kompilyatsiya 

qilinadi. 


Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling