O’zbekiston respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo’mitasi


Intersub’ekt ta’limda internet texnologiyalari


Download 179.22 Kb.
bet63/74
Sana09.02.2023
Hajmi179.22 Kb.
#1182551
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   74
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommuni

Intersub’ekt ta’limda internet texnologiyalari


Bir necha yillar avval Rossiyaning Bolon jarayoniga qo‗shilishi, Rossiya ta‘limining Evropa ta‘limiga integratsiyasida yordam berishi kerak. SHu sababli oliy ta‘lim mafkurasi butunlay o‗zgaradi. Butun xaet davomida axborot va kommkunikatsiya texnologiyalarini faol qo‗llab aksent mustaqil «o‗lja» bilim olishga yo‗naltirilib, qo‗shilib kelgan. Bilim kreativlik, qo‗shma dissiplinar orasidagi tadqiqotlar va boshqa asosiy ahamiyatga egadir.
SHaxsning shaxsiy qiziqishlari va maqsadi chegarasida ushbu ideologiya doirasida muallimning asosiy vazifasi kisman erdam berishdir Ilmiy nuqtai nazardan kelib chiqadiki, o‗rganuvchilar, sub‘ektlar darajasi oshadi.
Ta‘lim rivojlanuvchi soha sifatida ko‗riladiyu, ta‘lim muassasalarini internet bilan ta‘minlash milliy «ta‘lim» loyihasini ta‘minlovchi qismi hisoblanadi. SHunda global internet tarmog‗ini qo‗llashni ahamiyati katta, chunki global tarmoqsiz inetrenet resurslarini foydalanish foyda olishdan ko‗ra zarar etkazishi mumkin.
«AKT» aloqa sohasida «interfaol» termini ko‗p ishlatiladi. Hozirgi kunga kelib, interfaol ta‘lim, qatnashchilarning birgalikda o‗quv muhitida, shuningdek tajribaga almashishlari orqali ish olib borishga asosan ko‗rilgan. An‘anaviy ta‘limga nisbatan interfaol ta‘limda o‗qituvchi va qatnashchi o‗rtasidagi aloqa o‗zgaradi: qatnashchilar tashabbuslari amalga oshirish o‗qutuvchilarni vazifasi bo‗lib, o‗qituvchsi faolligi qatnashchi faolligiga yon beradi. Interfaol texnogologiyalarni qo‗llab, ta‘lim berishda foydalanuvchining kompyuter bilan aloqasi dolzarb va an‘anaviy ta‘limni progressiv rivojlanadi. Bu borada interfaol kommunikatsiyalarni yangi ko‗rinishlari, ya‘ni internet televidenie (IP TV) hozirda u Rossiyada ham joriy qilinmoqda, Skype, Sipnet va shunga o‗xshash boshqa dasturiy ta‘minotlar mavjuddir.
Mavjud bo‗lgan va ta‘lim borasidagi keyingi tassavvurlarni rivojlanishi uchun oxirgi o‗n yillikda «sub‘ekt» darajasi chuqur o‗rganib kelinmoqda. «Sub‘ekt» darajasining qisqa shakli quyidagi ko‗rinishga ega, masalan: I. A. Zimnda [3]: 1) sub‘ekt ob‘ektni tahmin qiladi; 2) sub‘ekt o‗zining ish harakatlari darajasida jamoaviy; 3) jamoaviy sub‘ekt o‗zining yakka tartib va aniq amalga oshirish darajasiga ega; jamoaviy sub‘ekt har bir shaxsda va aksda taqdim etilgan ; 4) ongli ravishda boshqariluvchi ish doim sub‘ektli, va unda sub‘ektning o‗zi ham shakllanadi; 5) sub‘ekt shaxs faoliyati – ongli harakatlanuvchi shaxs; 6) sub‘ektlik boshqa insonlar bilan muloqotda aniqlanadi— bu faollik, g‗arazguylikdir; 7) sub‘ektlik yaxlit muloqot, faoliyat, o‗z mohiyatini tushunish va borliq demakdir; 8) sub‘ektlik bu dinamik boshlanish bo‗lib, paydo bo‗luvchi va yuq buluvchidir; 9) sub‘ektlikni interpsixik darajasi mavjud va boshqalar.
Hozirgi kunda soddalashgan qarashi mavjud bo‗lib unda ish harakati o‗qituvchi sub‘ekti bo‗lib fakatgina o‗qituvchi, muallim, ta‘lim, bilish sub‘ekti bo‗lib esa faqatgina qatnashchi va talaba bo‗lishi mumkin. Ta‘lim darajasida qatnashchilarni turmush tarzi, o‗zini anglash, munosabat, ish faoliyatini infokommunikatsiya texnologiyalari tashkil qiladi, va bu tubdan o‗zgartirish vositasidir.
Sub‘ektlik bilan nafakat faollik kolaversa fundamental shaxsiy parametrlari bilan boglik, xudi iunaltirilganlik,ishkibozlik, intellektual tassavvur, sotsiallik, ishchanliklar kabi. bu shaxsiy psixologik nazariyasidan kelib chikadi
Intersub‘ekt ta‘lim bulib, shaxsan muljallangan, maxsus ta‘limni rivojlantirish xizmat kiladi.
Intersub‘ektiv ta‘limda o‗qituvchi va o‗quvchining faolligi simmetrik bo‗lishi lozim. O‗qituvchi sub‘ekt misolida namoyon bo‗lar ekan, bunda u ta‘lim jarayoni qatnashchilarining shaxsiy fundamental parametrlarini rivojlantirish uchun hizmat qiladigan sharoitlarni intersub‘ekt darajasida yaratadi. Zamonaviy axborot tarmog‗i olamida bunday sharoitlarga o‗quvchi va o‗qituvchilarning birgalikdagi tizimli
izlanish va tadqiqot faoliyatlarini ta‘lim tarkibini rivojlantiruvchi Internet kommunikatsiyalar vositasida tashkillashtirish misol bo‗la oladi. Ushbu tarkib minimumi uchun belgilangan ta‘lablar davlat ta‘lim standartlarida ko‗rsatilgan.
Endi zamonaviy Internet kommunikatsiyalar qo‗llanilishining yangi imkoniyatlarini ko‗rib chiqamiz. Samarali ish jarayonini tashkillashtirish uchun kamida tovush kartasi, eng sodda telefon garnitura (naushnik va mikrofon), qimmat bo‗lmagan veb-kamera va tezligi 64 kbit/sdan kam bo‗lmagan ajratilgan liniyali (ADSL) Internetga ulanish huquqiga ega bitta kompyuter kerak bo‗ladi. Bundan tashqari kompyuterga yagona interfeys orqali bir necha kommunikatsiya turlaridan (telefoniya, elektron pochta, chat, video-konferens aloqa va xokazo) foydalanish imkonini beruvchi bepul dasturiy ta‘minotni Tarmoqdan o‗rnatish lozim. Ushbu kommunikatsiya dasturlariga misol tariqasida Google Talk, Skype, Yahoo Messenger, Sipnet va boshqalarni keltirish mumkin. Qoidaga ko‗ra, ularning barchasi foydalanuvchilarning o‗zlari tomonidan shakllantirilgan IP- telefoniya (internet-protokol asosidagi telefoniya) tarmoqlarini namoyon etadilar. Aloqa dunyoning Internet bor ixtiyoriy nuqtasida ishlaydi. Kommunikatsiyalar (jumladan, ovozli) elektron yon daftarchadagi (xuddi o‗sha interfeysda mavjud) abonent ismiga sichqoncha tugmasini bosish bilan amalga oshiriladi, bunda telefon raqamlari va boshqa rekvizitlarni terish talab etilmaydi. SHunisi ham ahamiyatliki, Internet kommunikatsiyalar (ovozli aloqa, chat, video-konferens aloqa) bunday tarmoqlar foydalanuvchilari orasida abonentlar turar joyidan qat‘i nazar bepul*, oddiy statsionar va mobil telefonlarga shaxarlararo va xalqaro ovozli aloqa an‘anaviysiga nisbatan sezilarli darajada arzonroq. Bundan tashqari, foydalanuvchilarga shaxsiylashtirilgan individual xizmatlar to‗plami va ularni oson boshqarish imkoniyati beriladi. Xususan, Skype abonentlari bepul telefon va video konferensiyalar, qiziqarli mavzularni muxokama qilish uchun va xattoki ma‘ruzalarni o‗qish, hamda auditoriya savollarini (100 ta odamgacha) olish va ularga javob berish imkonini beruvchi Internet-jamiyatlar (skypecasts) tashkil etish huquqiga egalar. Kelajakda to‗laqonli yaxshi sifatga ega videotelefoniya va videokonferens aloqa, interaktiv televidenie mobil variantda ham mavjud bo‗ladi, bu esa masofaviy muloqotni yangi pog‗onaga olib chiqadi. Yuqorida sanab o‗tilgan universal kommunikatsiya dasturlarini intersub‘ektiv jismoniy ta‘limda qo‗llanilishiga misol keltirimiz. Ta‘lim standartlariga ko‗ra, maktab o‗quvchilari va oliy o‗quv yurti talabalari fizika fani bo‗yicha ―Mexanika‖ bo‗limi, xususan dinamikaning asosiy qonunlarini o‗zlashtirishlari kerak. SHunisi ayonki, buni an‘anaviy ta‘lim metodlari yordamida amalga oshirish mumkin, ammo tajriba shuni ko‗rsatmoqdaki, bu metodlarning samarasi kamayib ketmoqda. SHu bilan bir qatorda, Internet-texnologiyalar fizikaning amaliy jixatdan xattoki XVII asrda shakllangan bo‗limlari bo‗yicha bilim olish imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytirish imkoniga egadirlar. Masalan, kosmik uchishlar bilan qiziquvchi o‗quvchilardan biri Internetda (www.sciam.ru. 2006.) qiziqarli axborot –
―Xisoblashish lozim bo‗lgan kuch‖, bilan to‗qnash keldi. Bunda gap fizika topishmoqlarining biri – ―Pionerlar‖ anomaliyasi, ya‘ni noma‘lum kuchga ega ikkita kosmik apparat xarakatining sekinlashishi haqida ketmoqda. Ushbu apparatlar Amerikada 1972 va 1973 yillarda uchirilgan edi va ular birinchi marta
YUpiter va Saturnning aniq tasvirlarini uzatganlar. Ayni vaqtda ular Quyosh sistemasi atrofida joylashgan. 1980 yilning o‗zida apparatlar 43 ming km. soatiga uchganlarida yuqorida aytib o‗tilgan anomaliya kuzatilgan edi. Fiziklar anomaliyani keltirib chiqaruvchi sirli kuch haqida turli gipotezalarni olib chiqdilar. Gipotezalar orasida: 1) agar kuch Quyoshga yo‗naltirilgan bo‗lsa, ko‗rib chiqilayotgan sekinlashishni Nyuton mexanikasidan chetlashib, modifikatsiyalashtirilgan Nyuton dinamikasi (MOND) orqali tushuntirish; 2) agar kuch Erga yo‗naltirilgan bo‗lsa, anomaliya yorug‗lik tezligi o‗zgarishi bilan bog‗liq deb tushuntirish mumkin, kabilari bor edi.
O‗quvchi topib olgan qiziqarli ma‘lumot bilan birga ―Pionerlar‖ harakati sxemasini o‗zida aks ettirgan multimedia faylini mavjud kommunikatsiya kanallari vositasida (elektron pochta, guruxli chat, telefoniya) boshqa o‗quvchilar va o‗qituvchiga uzatadi. U o‗z ta‘surotlari va hissiyotlarini nafaqat matn, balki ovoz, hamda video aloqa orqali mimika va qo‗l harakatlari bilan etkazib berish imkoniyatigi ega (tadqiqotlarga ko‗ra axborotning katta qismi aynan noverbal yo‗l bilan uzatiladi). O‗quvchi murojaatiga javoban yangi ma‘lumotlarga ega bo‗lishi mumkin. Barcha hohlovchilar MOND haqidagi axborotni izlaydilar, Nyuton mexanikasi bilan solishtiradilar, ilmiy asosga ega shaxsiy gipotezalarini shakllantirishga harakat qiladilar. Bundan tashqari o‗quvchi berilgan mavzuga oid Internet-jamiyat (forum) tuzishi va muloqot chegaralarini yanada kengaytirishi mumkin.
Natijada Nyuton mexanikasi yaxshiroq o‗zlashtirilishi va klassik nazariya rivojlanishining yana bir yo‗nalishi yuzaga kelishi mumkin. Bularning bari o‗quvchilarning ichki motivatsiyasini o‗quv predmeti yordamida kuchaytirish imkonini beradi. Talabalar Internet orqali ma‘lumot izlab, Internetda ko‗p tarqalgan ―keraksiz axborotlar chiqindixonalari‖ da vaqtlarini sarflamaydilar, ularning qiziqishlari ta‘lim tarkibini boyitish, yangi info-komunikatsion texnologiyalarni o‗zlashtirish va shaxslarini rivojlantirish uchun yo‗naltiriladi.
Ushbu misoldan ko‗rinib turibdiki, intersub‘ektiv ta‘lim o‗qituvchi, o‗quv guruxi yoki sinf, o‗quvchilar kitobi bilan chegaralanib qolmagan. Tarmoqning ixtiyoriy qiziqqan abonenti bilan kommunikatsion dasturlar vositasida muloqot qilish imkoniyati mavjud. Internet orqali ma‘lum bir o‗quv yurti talabasi turli davlatlar talabalari bilan tanishishi, o‗z bilim saviyasini boyitishi, kelajakdagi izlanishlariga poydevor yaratishi mumkin.
Internet-texnologiyalarning boshqa salbiy tomonlari ham yo‗q emas. Masalan, hozirda Tarmoqda ilmga qarshi va ilm atrofidagi tasavvurlar (misol uchun, http://anomalia.kulichki.ru, http:// lc.kubagro.ra, prometheus.al.ra) tarqalgan, shunga ko‗ra intersub‘ektiv ta‘limda alternativ gipotezalarni kritik ravishda taxlil qilish, ular orasida konstruktiv g‗oyalarni aniqlash imkoniyatlarini taxlil qilish dolzarb masala hisoblanadi.

Download 179.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling